Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
29
Imom Tabaroniyning hadis kitobida Abdulloh ibn Amrning rivoyat qilishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar:
«Nuh payg‘ambarning o‘g‘lilariga qilgan vasiyatlarida: «Seni ikki narsadan qaytaraman va ikki narsaga
buyuraman» - dedilar va «shirk» bilan «kibr»dan saqlanishga,
«La ilaha illalloh» bilan
«Subhanallohi va
bihamdihi subhanallohil azim»ni ko‘p aytishga buyurdilar».
Vahb ibn Munabbahning aytishicha, Nuh (a.s.)ning o‘g‘illari: Som ibn Nuh – arablarning, forslarning va
rumliklarning otasidir; Hom ibn Nuh – sudanlik va boshqa afrikalik qora tanlilarning otasidir; Yofas ibn Nuh esa
turklar, ya’juj – ma’jujlar va boshqa osiyolik qavmlarning otasidir.
Yer yuzidagi insonlar shu uch o‘g‘ildan tarqalgani uchun Nuh (a.s.)ni ikkinchi Odam ham deyiladi. Nuh
payg‘ambar 1000 yil umr ko‘rib vafot etganlaridan keyin Makkada dafn etilganlar.
Ibn Jarir Tabariyning rivoyatlariga ko‘ra, Nuh (a.s.)ning qabrlari Masjid ul-harom ichidadir.
Dostları ilə paylaş: