Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


yolg‘onchiga chiqarishib: «



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

yolg‘onchiga chiqarishib: «(U) bir majnun», - dedilar va u (payg‘ambarlik ijrosidan) to‘sib qo‘yildi. 
Shunda u Parvardigoriga: «Men mag‘lubdirman, yordam qilgin!» - deb duo qildi. Biz osmon 
darvozalarini tinimsiz quyiluvchi suv bilan ochib yubordik. Yana Yerdan buloqlar chiqarib yubordik. 
Bas, (osmon va Yer) suvi taqdir qilib qo‘yilgan bir ish uzra uchrashdilar. Uni (Nuhni) esa taxtalaru mixlar 
yasamasida (kemada) ko‘tardik. U kema bizning «ko‘zlarimiz» o‘ngida suzar. (Bu) inkor qilingan kishi 
(Nuh) uchun mukofotdir».(Qamar, 9-14.)
 
Oyatning ma’nosiga e’tibor berilsa, Alloh taolo agar «osmondan qattiq yomg‘ir yog‘dirdik» yoki «Yerdagi 
buloqlardan suv toshirdik» desa, bu iboralar butun Yer yuziga yoyilgan To‘fon balosi to‘g‘risida to‘liq tasavvur 
bermasdi. To‘fonning to‘xtatilishi haqidagi tasvirda esa balog‘atning eng yuqori darajasidan foydalanilgan, ya’ni 
Alloh o‘zining hamma narsaning egasi, hamma ishga qodir ekanligiga ishora qilish bilan birga, To‘fon balosi 
Uning hukmi va bu albatta sodir etilganiga hech qanday shak-shubha yo‘qligini qisqa va qat’iy ibora bilan 
bayon etgan: 
 ﻰَﻠَﻋ ْتَﻮَﺘْﺳاَو ُﺮْﻣﻷا َﻲِﻀُﻗَو ُءﺎَﻤْﻟا َﺾﻴِﻏَو ﻲِﻌِﻠْﻗَأ ُءﺎَﻤَﺳ ﺎَﻳَو ِكَءﺎَﻣ ﻲِﻌَﻠْﺑا ُضْرَأ ﺎَﻳ َﻞﻴِﻗَو
 َﻦﻴِﻤِﻟﺎﱠﻈﻟا ِمْﻮَﻘْﻠِﻟ اًﺪْﻌُﺑ َﻞﻴِﻗَو ِّيِدﻮُﺠْﻟا
)
٤٤
(
 
«(So‘ngra) aytildi: «Ey Yer! Suvingni yutgin! Ey osmon! O’zingni tutgin (yog‘ishni bas qil)!» Suv quridi, 
buyruq ado etildi va kema Judiy tog‘i uzra qo‘ndi hamda «Zolimlar qavmiga - halokat!» - deyildi.(Hud, 
44.)
Oyatdagi oxirgi jumla esa, halok bo‘lganlarning barchasi shunday jazoga loyiq bo‘lganlarini ko‘rsatadi. 
2. Qur’onning barcha xabarlari ilmiy haqiqatdir. 
Qur’oni karimda shunday xabar va ma’lumotlar borki, ularning barchasini o‘n to‘rt asrdan buyon arablar o‘z 
aql-idroklariga yarasha tushunib keladilar va tasdiq etadilar. Bu ma’lumotlarning rostligini endilikda turli millat 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
olimlari ilmiy tajriba, kuzatish va tahlillar natijasida isbot qilmoqdalar. Ilmiy kashfiyotlar bilan o‘z isbotini topgan 
ma’lumotlar Qur’oni karimda juda ko‘p. Misol tariqasida shulardan ikkitasini ko‘rib chiqamiz. Alloh taolo «Nuh» 
surasida: 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin