www.ziyouz.com kutubxonasi
31
ْﻢُآﺎَﻘْﺗَأ ِﻪﱠﻠﻟا َﺪْﻨِﻋ ْﻢُﻜَﻣَﺮْآَأ ﱠنِإ «Albatta, Alloh nazdida (eng azizu) mukarramrog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir».(Hujurot, 13.) Alloh taolo «Nuh» surasidagi oyati karimada shundan ogohlantiradiki, agar boy va kiborlar Alloh
payg‘ambarining haq da’vatiga quloq osganlarida, insonlar orasida tabaqalanish paydo bo‘lmas edi.
4. Inson jasoratli va qat’iyatli bo‘lishi kerak. Nuh (a.s.) qissalaridan yana bir dars shuki, inson sifatlari
orasida jasorat va qat’iyat juda katta fazilatdir. Bu fazilat bilan har qanday muammoni hal etish, har qanday
qiyinchilikdan qutulib ketish mumkin.
Alloh taolo Nuh (a.s.)ga ana shu fazilatni bergan edi. Qavm uni jinni deb masxara qildi, toshbo‘ron qilamiz
deb qo‘rqitdi:
ٍﻦﻴِﺣ ﻰﱠﺘَﺣ ِﻪِﺑ اﻮُﺼﱠﺑَﺮَﺘَﻓ ٌﺔﱠﻨِﺟ ِﻪِﺑ ٌﻞُﺟَر ﻻِإ َﻮُه ْنِإ ) ٢٥ ( «(Zodagonlar): «U (ya’ni Nuh) faqat bir jinni odamdir. Bas, uni biroz vaqtgacha kuzatib turinglar», - dedilar».(Mu’minun, 25.) َﻦِﻣ ﱠﻦَﻧﻮُﻜَﺘَﻟ ُحﻮُﻧ ﺎَﻳ ِﻪَﺘْﻨَﺗ ْﻢَﻟ ْﻦِﺌَﻟ اﻮُﻟﺎَﻗ َﻦﻴِﻣﻮُﺟْﺮَﻤْﻟا ) ١١٦ ( «Ular dedilar: «Qasamki, agar (da’vatingdan) to‘xtamasang, ey Nuh, albatta, toshbo‘ron qilinuvchilardan bo‘lursan!».(Shuaro, 116.) Nuh (a.s.)dagi ana shu jasorat va qat’iyatlik Allohga bo‘lgan imonlarining mustahkamligida, yaxshilik ham,
yomonlik ham Uning xohish-irodasisiz amalga oshmaslikka ishonishlarida edi.
2.5. HUD (A.S.) Hud payg‘ambarning qissalari Qur’oni karimda uch suraning yetti oyatida kelgan.
Arabiston yarim oroli-Jaziradagi bir tog‘ vodiysida(Yaman bilan Ummon orasida joylashgan Ahqof tog‘i yonidagi Hazramaut vodiysi) Od qabilasi bo‘lib, ular nihoyatda baquvvat, sog‘lom, yeyish-ichishdan serob, ob-havosi yoqimli joyda
farovon hayot kechirishardi. Hamma yerda buloqlardan suvlar oqib yotar, yerlari dehqonchilikka moslangan fayzli joy edi.
Od qabilasining kelib chiqish tarixida Ibn Jarir Tabariy Vahb ibn Munabbahdan shunday nasab bayon etadi:
«Som ibn Nuhning xotini Saliyb binti Batoviyl ibn Mahvil ibn Xanux ibn Qaynon ibn Odam (a.s.) edi. Undan bir
necha o‘g‘il dunyoga keldi: Afxashz ibn Som, Ashvaz ibn Som, Lovaz ibn Som, Uvaylam ibn Som. Som ibn Nuhning yana bir Eram ibn Som nomli o‘g‘li ham bo‘lgan, lekin uning onasi Somning boshqa
o‘g‘illarining onasi bilan birmi yoki boshqami ekanligi noma’lumdir. Nasab bilimdonlarining aytishlaricha, Od va
Samud qabilalari Eram ibn Somdan tarqalgan zurriyotdir.
Somning o‘g‘li Lovaz ibn Som amakisi Yofasning Shabaka ismli qiziga uylangan va undan Fors, Jurjon,
Tasm, Amliyq ismli o‘g‘illar tug‘ilgan edi.
Amliyq ibn Lovaz ibn Som avlodlariga «Amoliyqa» deb nom berilgan va ular juda ko‘p bo‘lib, turli yerlarga
tarqalib ketgan edilar. Mashriqliklar, hijozliklar, shomliklar, misrliklar, kan’onliklar va Misr fir’avnlari
amoliyqalardan edi.
Bahraynliklar, ummonliklar Josim deb nomlanardi. Ular shaharlarda yashar edilar.
Lovazning Fors nomli o‘g‘lidan forslar tarqaldi lar. Uning Tasm, Amliyq, Umaym va Josim nomli o‘g‘illaridan
esa arablar tarqalib, ular tabiiy arab tilida gaplashardilar. Ularni «haqiqiy arablar» deyiladi. Ismoil
payg‘ambarga nisbat beriladigan arablarni esa «arablashgan arablar» deyiladi. Chunki avval boshqa tilda
so‘zlashadigan Jurhum qabilasi arablarga aralashgandan keyingina arab tiliga o‘tishgan.
Somning o‘g‘li Eram ibn Som Avs nomli o‘g‘il ko‘rdi. Avs ibn Eram esa uch o‘g‘il ko‘rdi: G’osir, Od va Ubayl.
G’osir esa Samud, Judays nomli ikki o‘g‘il ko‘rdi.
Od, Samud, Amoliyqa, Umaym, Josim, Judays, Tasm avlodlarining barchasi arablar edi.
Od qabilasi Arab dengizi va Adan qo‘ltig‘i sohillari bo‘ylab cho‘zilib ketgan Xazramavtdan Yamangacha
bo‘lgan yerlarning hammasini egallagan edi.
Od qabilasining hukmdori Shaddod ismli kishi bo‘lib, xalqqa o‘zini Alloh deb tanitgan edi. Jannatga qiyos qilib bir
shahar qurdirib, unga «Bog‘i Eram»(Ibn Xaldun o‘zining tarix kitobida shunday yozadi: «Bu yerda (Hazramavtda) Eram nomli hech qanday shahar yo‘q. Bu napca xurofiy qissalardan bo‘lib, mufassirlarning zaiflari o‘z tafsirlarida rivoyat qilganlar. Ammo oyatda zikr etilgan «Eram» so‘zi qabila nomini bildiradi. (Afif Abdulfattoh Tabbora. Ma’al-anbiyo fil Qur’onil Karim. Lubnon. 86-bet.) Ba’zi olimlarning fikrlaricha, Eram Yer yuzida aylanib yuradi: ba’zida Shomda, ba’zida Yamanda, ba’zi vaqtda esa Hijozda. (Ibn Kasir. Qisasul anbiyo. Qohira. 74-75-betlar.)) deb nom bergan edi.
Qabila odamlari ularga shunday ne’mat va farovon hayotni muhayyo qilib bergan Allohga emas, balki,
butlarga, sanamlarga va hukmdor Shaddodga sig‘inardilar.(Z -102 .1988 (Talxis...)) Tarixchilarning xabarlariga qaraganda, Od qavmining uchta butlari bo‘lib, ular: Sado, Samud va Al-Habo(Ibn Kasirning “Qisasul-anbiyo» kitobida Od qavmi butlarining nomlari Samad, Samud va Haro deb keltirilgan. 75-bet.) deb nomlanardi.
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)