www.ziyouz.com kutubxonasi
32
Ular but va sanamlarni o‘z qo‘llari bilan yasagan bo‘lsalarda, quvonch kelsa, sanamlarga sig‘inib shukr
qilishar, musibatdan ham ularga iltijo qilar edilar. Keyinchalik u yerda fasod qo‘zg‘ab zo‘ravonlar tajovuz
qilishib, zaiflarning ustidan hukmronlik qilishga o‘tdilar.
Alloh ularni hidoyatga chorlash, Xudoni tanitish va sanamlardan voz kechishlari uchun Hud (To‘liq ismlari Hud ibn
Abdulloh ibn Raboh ibn Al-Xalud ibn Od ibn Avs ibn Eram ibn Som ibo Nuhdir. Ba’zi nasab olimlarining aytishlaricha, Hud
Obir ibn Sholix ibn Arfaxshad ibn Som ibn Nuhdir)
(a.s.)ni payg‘ambar qilib yubordi:
َنوُﺮَﺘْﻔُﻣ ﻻِإ ْﻢُﺘْﻧَأ ْنِإ ُﻩُﺮْﻴَﻏ ٍﻪَﻟِإ ْﻦِﻣ ْﻢُﻜَﻟ ﺎَﻣ َﻪﱠﻠﻟا اوُﺪُﺒْﻋا ِمْﻮَﻗ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ اًدﻮُه ْﻢُهﺎَﺧَأ ٍدﺎَﻋ ﻰَﻟِإَو
)
٥٠
(
«Od qabilasiga birodarlari Hudni (payg‘ambar) qilib yubordik. U aytdi: «Ey, Qavmim! Allohga sig‘iningiz!
Sizlarga Undan o‘zga iloh yo‘qdir! Siz (soxta ilohlarni) faqat o‘zlaringiz to‘qib oluvchisizlar».(Hud, 50.)
َنﻮُﻘﱠﺘَﺗ ﻼَﻓَأ ُﻩُﺮْﻴَﻏ ٍﻪَﻟِإ ْﻦِﻣ ْﻢُﻜَﻟ ﺎَﻣ َﻪﱠﻠﻟا اوُﺪُﺒْﻋا ِمْﻮَﻗ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ اًدﻮُه ْﻢُهﺎَﺧَأ ٍدﺎَﻋ ﻰَﻟِإَو
)
٦٥
(
«Od qavmiga ularning birodari Hudni elchi qilib yubordik. U (dedi): «Ey, qavmim! Allohga sig‘iningiz!
Sizlarga undan o‘zga iloh yo‘qdir. Allohdan qo‘rqmaysizlarmi?!»(A’rof, 65.) – deb yolg‘iz Allohga imon
keltirishga chaqirdilar, toshlardan yasalgan haykallar insonga hech nima berolmasligini, ularning qo‘llaridan
foyda ham, zarar ham yetkazish kelmasligini tushuntirdilar. Ammo qabila a’zolari tushunishni istamadilar.
«Sening esing past, fikring sayoz, sen ham biz bilan yursang, biz yegan ovqatni yesang, biz ichgan narsani
ichsang, bizdan nima ortiqliging borki, Xudoying bizni emas, seni payg‘ambarlikka tanlasin», deb gustohlik
qildilar.
Dostları ilə paylaş: |