ْﻢُآَﺬُﺧْﺄَﻴَﻓ ٍءﻮُﺴِﺑ ﺎَهﻮﱡﺴَﻤَﺗ ﻻَو ِﻪﱠﻠﻟا ِضْرَأ ﻲِﻓ ْﻞُآْﺄَﺗ ﺎَهوُرَﺬَﻓ ًﺔَﻳﺁ ْﻢُﻜَﻟ ِﻪﱠﻠﻟا ُﺔَﻗﺎَﻧ ِﻩِﺬَه ِمْﻮَﻗ ﺎَﻳَو ٌﺐﻳِﺮَﻗ ٌباَﺬَﻋ ) ٦٤ ( «Ey qavmim, mana bu Alloh yuborgan tuya sizlar uchun oyat-mo‘‘jiza bo‘lib keldi. Bas, uni Allohning yerida yeb-ichib yurgan holida qo‘yib yuboringlar va unga biron yomonlik yetkazmanglar, aks holda sizlarni yaqin azob ushlar».(Hud, 64.) Bu mo‘‘jizaviy tuyaning oralarida yurishi qavmga yoqmadi, birinchidan, har kun ichish mumkin bo‘lgan
suvdan bir tuya uchun mahrum bo‘lish yoqmagan bo‘lsa, ikkinchidan, tuya sababli Solih (a.s.)ga imon
keltiruvchilar ko‘payib borardi. Shuning uchun Solihga imon keltirmagan kishilar tuyani o‘ldirishga qasd qildilar.
Ammo Solih (a.s.)ning «umumiy azob» to‘g‘risidagi so‘zlaridan qo‘rqib, jur’atlari yetmas edi. Nihoyat, jinoyat
uchun qiziqtirishga ayollar yordamga keldilar. Qabilada eng go‘zal va boy ayol bo‘lgan Ziy Saduq binti
Muhayyo o‘zini Misda’ ibn Maxrajga garovga qo‘yib, agar Solihning tuyasini so‘ysa, unga xotin bo‘lishga va’da
berdi. Unayza ismli kofira kampir bo‘lsa, Qudor ibn Solifni chaqirib, agar Solihning tuyasini so‘ysa, qizlaridan
birini Qudorga tekinga hadya qilishga va’da berdi. Chunki Solih (a.s.)ning tuyalaridan kampirning tuyalari doim
hurkar, shuning uchun u tuyadan qutulishni mo‘ljallagan edi.
Misda’ bilan Qudor yana yettita bebosh yigitlarni olib, Solih (a.s.)ning endigina suv ichib qaytib kelgan
tuyalarini avval kamon bilan urib, keyin qilich bilan chopib o‘ldirishdi.
ِﺮْﻣَأ ْﻦَﻋ اْﻮَﺘَﻋَو َﺔَﻗﺎﱠﻨﻟا اوُﺮَﻘَﻌَﻓ َﻦﻴِﻠَﺳْﺮُﻤْﻟا َﻦِﻣ َﺖْﻨُآ ْنِإ ﺎَﻧُﺪِﻌَﺗ ﺎَﻤِﺑ ﺎَﻨِﺘْﺋا ُﺢِﻟﺎَﺻ ﺎَﻳ اﻮُﻟﺎَﻗَو ْﻢِﻬِّﺑَر ) ٧٧ ( «Shunday qilib tuyani so‘yib yubordilar va Parvardigorlarining amridan bosh tortdilar hamda aytdilar: «Ey, Solih! Agar yuborilgan elchilardan bo‘lsang, bizga va’da qilgan narsa (azobni) keltir!».(A’rof, 77.) Solih (a.s.) bu voqe’adan qattiq ranjidilar va qavmlariga: «Uch kecha-kunduz yayrab olinglar, keyin sizlarga
azob keladi», - dedilar.
Solih (a.s.): «Shoyad uch kun ichida qavmlarim tavba qilib qolishsa», - deb umid hilgan edilar. Ammo ular
azobning kelishiga ishonishmagan edi, hatto azobdan qutulib qolish uchun Solihning o‘zini va oilasini shu
kecha o‘ldiramiz, deb qasd qilishdi. Lekin Alloh taolo Solihni, oilasi va unga imon keltirgan kishilarni saqlab
qoldi.
Oradan va’da qilingan uch kun o‘tgach, Samud qabilasi boshiga birdan azob keldi va dahshatli hodisa sodir
bo‘ldi: