Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
36
«Bas, ularni mudhish zilzila tutdi va o‘z yurtlarida o‘tirganlaricha gum bo‘ldilar».(A’rof. 78.)
Samud qabilasi ana shunday dahshatli bir qichqiriq bilan halok bo‘ldi. Solih (a.s.)
ularga achinib,
hasrat
bilan:
ﱠﻟَﻮَﺘَﻓ
َنﻮﱡﺒِﺤُﺗ ﻻ ْﻦِﻜَﻟَو ْﻢُﻜَﻟ ُﺖْﺤَﺼَﻧَو ﻲِّﺑَر َﺔَﻟﺎَﺳِر ْﻢُﻜُﺘْﻐَﻠْﺑَأ ْﺪَﻘَﻟ ِمْﻮَﻗ ﺎَﻳ َلﺎَﻗَو ْﻢُﻬْﻨَﻋ ﻰ
َﻦﻴِﺤِﺻﺎﱠﻨﻟا
)
٧٩
(
«Ey qavmim, sizlarga Robbimning elchiligini, shubhasiz yetkazdim va sizlarga nasihat ham qildim.
Lekin sizlar nasihat qilguvchilarni yaxshi ko‘rmaysizlar-da!»,
(A’rof. 79.)
– dedilar.
Yahudiylar Od, Samud qabilalari va ularning payg‘ambarlari Hud (a.s.) va Solih (a.s.) haqlarida Tavrotda
hech qanday xabar yo‘qligini da’vo qiladilar.
Halokatdan keyin Solih (a.s.) musulmon qavmlarini olib Falastinning Ar-Ramla nohiyasiga
kelib umrlarining
oxirigacha yashadilar. Solih (a.s.) vafot etganlarida yoshlari ellik sakkizda edi.
Hazramavtliklar aytadilar: «Solih (a.s.)ning qavmlari aslida shu yerdan bo‘lganlari uchun, halokatdan so‘ng
ular yana Hazramavtga ko‘chib keldilar. Hazramavtda bir qabr bo‘lib, u qabrni Solih (a.s.)ga nisbat beradilar.
Ba’zi
olimlarning fikrlaricha, Solih (a.s.) imon keltirganlarni o‘zlari bilan birga Makkaga olib keldilar
va qolgan umrlarini
shu yerda o‘tkazdilar. Ularning qabrlari Ka’baning g‘arbida joylashgan.
(Ad-Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlasul-Qur’on.
Damashq. 2001. 36-bet.)
Dostları ilə paylaş: