Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


ْﻢُآَﺬُﺧْﺄَﻴَﻓ ٍءﻮُﺴِﺑ ﺎَهﻮﱡﺴَﻤَﺗ ﻻَو ِﻪﱠﻠﻟا ِضْرَأ ﻲِﻓ ْﻞُآْﺄَﺗ ﺎَهوُرَﺬَﻓ ًﺔَﻳﺁ ْﻢُﻜَﻟ ِﻪﱠﻠﻟا ُﺔَﻗﺎَﻧ ِﻩِﺬَه ِمْﻮَﻗ ﺎَﻳَو



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

 ْﻢُآَﺬُﺧْﺄَﻴَﻓ ٍءﻮُﺴِﺑ ﺎَهﻮﱡﺴَﻤَﺗ ﻻَو ِﻪﱠﻠﻟا ِضْرَأ ﻲِﻓ ْﻞُآْﺄَﺗ ﺎَهوُرَﺬَﻓ ًﺔَﻳﺁ ْﻢُﻜَﻟ ِﻪﱠﻠﻟا ُﺔَﻗﺎَﻧ ِﻩِﺬَه ِمْﻮَﻗ ﺎَﻳَو
 ٌﺐﻳِﺮَﻗ ٌباَﺬَﻋ
)
٦٤
(
 
«Ey qavmim, mana bu Alloh yuborgan tuya sizlar uchun oyat-mo‘‘jiza bo‘lib keldi. Bas, uni 
Allohning yerida yeb-ichib yurgan holida qo‘yib yuboringlar va unga biron yomonlik yetkazmanglar, 
aks holda sizlarni yaqin azob ushlar».(Hud, 64.)
Bu mo‘‘jizaviy tuyaning oralarida yurishi qavmga yoqmadi, birinchidan, har kun ichish mumkin bo‘lgan 
suvdan bir tuya uchun mahrum bo‘lish yoqmagan bo‘lsa, ikkinchidan, tuya sababli Solih (a.s.)ga imon 
keltiruvchilar ko‘payib borardi. Shuning uchun Solihga imon keltirmagan kishilar tuyani o‘ldirishga qasd qildilar. 
Ammo Solih (a.s.)ning «umumiy azob» to‘g‘risidagi so‘zlaridan qo‘rqib, jur’atlari yetmas edi. Nihoyat, jinoyat 
uchun qiziqtirishga ayollar yordamga keldilar. Qabilada eng go‘zal va boy ayol bo‘lgan Ziy Saduq binti 
Muhayyo o‘zini Misda’ ibn Maxrajga garovga qo‘yib, agar Solihning tuyasini so‘ysa, unga xotin bo‘lishga va’da 
berdi. Unayza ismli kofira kampir bo‘lsa, Qudor ibn Solifni chaqirib, agar Solihning tuyasini so‘ysa, qizlaridan 
birini Qudorga tekinga hadya qilishga va’da berdi. Chunki Solih (a.s.)ning tuyalaridan kampirning tuyalari doim 
hurkar, shuning uchun u tuyadan qutulishni mo‘ljallagan edi. 
Misda’ bilan Qudor yana yettita bebosh yigitlarni olib, Solih (a.s.)ning endigina suv ichib qaytib kelgan 
tuyalarini avval kamon bilan urib, keyin qilich bilan chopib o‘ldirishdi. 
ِﺮْﻣَأ ْﻦَﻋ اْﻮَﺘَﻋَو َﺔَﻗﺎﱠﻨﻟا اوُﺮَﻘَﻌَﻓ
 َﻦﻴِﻠَﺳْﺮُﻤْﻟا َﻦِﻣ َﺖْﻨُآ ْنِإ ﺎَﻧُﺪِﻌَﺗ ﺎَﻤِﺑ ﺎَﻨِﺘْﺋا ُﺢِﻟﺎَﺻ ﺎَﻳ اﻮُﻟﺎَﻗَو ْﻢِﻬِّﺑَر 
)
٧٧
(
 
«Shunday qilib tuyani so‘yib yubordilar va Parvardigorlarining amridan bosh tortdilar hamda 
aytdilar: «Ey, Solih! Agar yuborilgan elchilardan bo‘lsang, bizga va’da qilgan narsa (azobni) 
keltir!».(A’rof, 77.)
Solih (a.s.) bu voqe’adan qattiq ranjidilar va qavmlariga: «Uch kecha-kunduz yayrab olinglar, keyin sizlarga 
azob keladi», - dedilar. 
Solih (a.s.): «Shoyad uch kun ichida qavmlarim tavba qilib qolishsa», - deb umid hilgan edilar. Ammo ular 
azobning kelishiga ishonishmagan edi, hatto azobdan qutulib qolish uchun Solihning o‘zini va oilasini shu 
kecha o‘ldiramiz, deb qasd qilishdi. Lekin Alloh taolo Solihni, oilasi va unga imon keltirgan kishilarni saqlab 
qoldi. 
Oradan va’da qilingan uch kun o‘tgach, Samud qabilasi boshiga birdan azob keldi va dahshatli hodisa sodir 
bo‘ldi: 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin