bo‘lsalar».(Hud, 117.)
Hazramavt aholisining aytishicha, Hud (a.s.)ning qabrlari mamlakatning sharqida Barhut vodiysidagi Taryam
shahridadir. Ba’zilar Falastindagi bir qabrni Hud (a.s.)ga nisbat beradilar, bu nisbat haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.(Ad-Doktor
Shavqiy Abu Xalil. Atlasul-Qur’on. Damashq. 2001. 31-b.)
2.6. SOLIH (A.S.)
Solih payg‘ambarning nomlari Qur’oni karimda to‘rt suraning to‘qqiz oyatida zikr etilgan.
Solih payg‘ambar Samud qabilasini hidoyatga chaqirish uchun yuborilgan, millati arab bo‘lgan
payg‘ambardirlar. U kishining to‘liq nomlari Solih ibn Asaf ibn Koshij ibn Eram ibn Samud ibn Josir ibn Eram
ibn Som ibn Nuh (as)dirlar. Ba’zi rivoyatda Solih (as)ning nasablarida boshqacharoq nomlar uchraydi.
Samud qabilasi Shom (Suriya) bilan Hijoz (Saudiya) orasidagi Hijr degan joyda yashagan qavm edi.
Ularning yashagan joyi aksar tog‘lik joylar bo‘lgani uchun, baland tog‘larni yo‘nib, teshib, g‘oyat baland uylar
qurib, shaharlar bunyod etishgan. Alloh taolo ular haqida shunday xabar bergan:
ِداَﻮْﻟﺎِﺑ َﺮْﺨﱠﺼﻟا اﻮُﺑﺎَﺟ َﻦﻳِﺬﱠﻟا َدﻮُﻤَﺛَو
)
٩
(
«Samud qabilasi vodiyda uy solish uchun xarsang toshlarni kesardilar».(Fajr, 9.)
Bu qabila ahli ham uzoq vaqt farovon hayot kechirganlariga qaramay, ularga ne’mat bergan Zot-Allohni
unutib, unga shirk keltirib, butparast bo‘lib ketishdi. Ular ham o‘zlariga butlar yasab, ularga Vad, Jadhad,
Shams, Manof, Manot va Lot degan nomlar qo‘yib, o‘sha butlarga sig‘inardilar.
Alloh ularga Solih (a.s.)ni payg‘ambar qilib yubordi. Bu haqda Alloh taolo shunday deydi:
َﻦِﻣ ْﻢُآَﺄَﺸْﻧَأ َﻮُه ُﻩُﺮْﻴَﻏ ٍﻪَﻟِإ ْﻦِﻣ ْﻢُﻜَﻟ ﺎَﻣ َﻪﱠﻠﻟا اوُﺪُﺒْﻋا ِمْﻮَﻗ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ ﺎًﺤِﻟﺎَﺻ ْﻢُهﺎَﺧَأ َدﻮُﻤَﺛ ﻰَﻟِإَو
ٌﺐﻴِﺠُﻣ ٌﺐﻳِﺮَﻗ ﻲِّﺑَر ﱠنِإ ِﻪْﻴَﻟِإ اﻮُﺑﻮُﺗ ﱠﻢُﺛ ُﻩوُﺮِﻔْﻐَﺘْﺳﺎَﻓ ﺎَﻬﻴِﻓ ْﻢُآَﺮَﻤْﻌَﺘْﺳاَو ِضْرﻷا
Dostları ilə paylaş: |