َﻦﻴِﺑِذﺎَﻜْﻟا َﻦِﻣ َﻚﱡﻨُﻈَﻨَﻟ ﺎﱠﻧِإَو ٍﺔَهﺎَﻔَﺳ ﻲِﻓ َكاَﺮَﻨَﻟ ﺎﱠﻧِإ ِﻪِﻣْﻮَﻗ ْﻦِﻣ اوُﺮَﻔَآ َﻦﻳِﺬﱠﻟا ﻸَﻤْﻟا َلﺎَﻗ ) ٦٦ ( َلﺎَﻗ َو ٌﺔَهﺎَﻔَﺳ ﻲِﺑ َﺲْﻴَﻟ ِمْﻮَﻗ ﺎَﻳ َﻦﻴِﻤَﻟﺎَﻌْﻟا ِّبَر ْﻦِﻣ ٌلﻮُﺳَر ﻲِّﻨِﻜَﻟ ) ٦٧ ( ﺎَﻧَأَو ﻲِّﺑَر ِتﻻﺎَﺳِر ْﻢُﻜُﻐِّﻠَﺑُأ ٌﻦﻴِﻣَأ ٌﺢِﺻﺎَﻧ ْﻢُﻜَﻟ ) ٦٨ ( «Qavmining kofir bo‘lgan zodagonlari aytdilar: «Biz seni nodonlikda ekaningni ko‘rayapmiz. Biz seni yolg‘onchilardanmikan, deb gumon qilyapmiz». (U) aytdi: Ey, qavmim! Menda nodonlik yo‘q. Lekin, men olamlar Robbidan yuborilgan elchidirman. Sizlarga Robbimning topshiriqlarini yetkazurman va men sizlarga ishonchli nasihatgo‘yman».(A’rof, 66-68.) ِﺮْﺟَأ ْنِإ ٍﺮْﺟَأ ْﻦِﻣ ِﻪْﻴَﻠَﻋ ْﻢُﻜُﻟَﺄْﺳَأ ﺎَﻣَو َﻦﻴِﻤَﻟﺎَﻌْﻟا ِّبَر ﻰَﻠَﻋ ﻻِإ َي ) ١٢٧ ( ًﺔَﻳﺁ ٍﻊﻳِر ِّﻞُﻜِﺑ َنﻮُﻨْﺒَﺗَأ َنﻮُﺜَﺒْﻌَﺗ ) ١٢٨ ( َنوُﺪُﻠْﺨَﺗ ْﻢُﻜﱠﻠَﻌَﻟ َﻊِﻧﺎَﺼَﻣ َنوُﺬِﺨﱠﺘَﺗَو ) ١٢٩ ( َﻦﻳِرﺎﱠﺒَﺟ ْﻢُﺘْﺸَﻄَﺑ ْﻢُﺘْﺸَﻄَﺑ اَذِإَو ) ١٣٠ ( ِنﻮُﻌﻴِﻃَأَو َﻪﱠﻠﻟا اﻮُﻘﱠﺗﺎَﻓ ) ١٣١ ( «Men bu da’vatim uchun sizlardan mukofot so‘ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Parvardigori zimmasidadir. Sizlar har bir tepalikka o‘yin-kulgi uchun bir belgi (baland imoratlar) quraverasizlarmi?! Go‘yo mangu yashaymiz, deb qasrlarni solaverasizlarmi?! Qachon biror kishini jazoga tutsangizlar, berahmlarcha tutasizlarmi?! Bas, Allohdan qo‘rqinglar va menga itoat etinglar!».(Shuaro, 127-131.) Hud (a.s.) ularga: «Sizlar bilan qancha vaqt birga yashagan bo‘lsam, biror marta mening aqlim pastligini
sezgan emasdinglar, biror marta sizlarga noto‘g‘ri maslahat bermagan edim. Agar Alloh taolo meni
payg‘ambarlikka tanlagan, sizlarni hidoyatga chorlagan bo‘lsa, bu Allohning marhamati-ku! Agar Yaratgan
payg‘ambar yubormaganda, sizlar bilan ishi bo‘lmay o‘z hollaringga tashlab qo‘yganida bundan yomon
dahshat bo‘lmasdi-ku! Aqllaringni ishlatinglar, haqiqatni ko‘ringlar, gunohlaringga tavba qilib, imon keltiringlar,
shunda Alloh hayotingizni yanada farovon qilib, molu-dunyoingizni ziyoda qiladi, quvvatlaringizni oshiradi, aks
holda Allohning azobiga giriftor bo‘lasizlar», - dedilar.