Nizolarning ijtimoiy psixologik tavsifi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix16.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#98988
  1   2
Rayimqulov Baxtiyor Farhod o\'g\'li



Международный научный журнал № 4 (100), часть 2 
«Научный импульс» Ноябрь, 202
1163 
NIZOLARNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK TAVSIFI 
 
Rayimqulov Baxtiyor Farhod o'g'li 
Sirdaryo viloyati Guliston tumani
8-maktab amaliyotchi psixolog 
 
Annotatsiya: “Nizo” tushunchasi ta’rifi asosida yetarlicha Y.Shepanskiy taklif 
qilgan tasnif bor, ya’ni u nizoni “aniq predmet yoki vaziyat sababli vujudga keluvchi 
maqsad va imkoniyatning qarama-qarshi yo’naltirishni chaqiruvchi to’qnashuvi” deb 
izohlaydi. Shular haqida ushbu maqolada soʻz yuritilgan.
 
KIRISH 
Hozirgi zamon ilm-fani bashariyat tarixining qaysi bir davriga murojaat qilmasin, 
ularning barchasida nizolarning mavjud ekanligiga duch keladi. Aniqroq qilib 
aytganda, nizo jamiyat rivojining doimiy hamrohi bo‘lganligiga amin bo‘lamiz. 
Nizolarning jamiyat hayotidagi o‘rni qadimdan e’tiborga molik bo‘lib kelgan. Ha, 
insoniyat nizolar bilan "bilag’on odam"lar yashagan davrdan buyon hamnafasdir. 
Shuning uchun bo‘lsa kerak ilmiy doiralarga nizo haqidagi ilk qarashlar afsonalar 
orqali kirib kelgan. 
Nizo – bu ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi nizolarning sabablarini, negizini, 
ularning dinamikasi va shaklini o’rganuvchi hamda ularni hal etish vositalari va 
nizolarning boshqarish haqidagi fandir. 
Nizoning predmeti – bu nizoning asosida yotuvchi qarama-qarshilikdir. 
Qay darajadaligidan qat’i nazar nizoning tushuna olish, F.Bekon ta’rifi bo‘yicha, - 
norozilar orasida ularni birlashtira oladigan bosh bo‘lmasligiga erishish eng "go‘zal 
fikrdir". Ikkinchi tomonlan esa, xalq qo‘zgolonlari va tartibsizliklarini bosa oladigan 
bitta, yaxshirog’i bir nechta bunday shaxslarning bo‘lishlari vaqti kelib olomon xalqqa 
aylanganda ular qanday asosiy sifatga ega bo‘lajagini dastlabki ehtimollarini beradi. 
Shuning uchun "... harbiy boshliklar va xalq fidoyilari ishonarli va obro‘li kishilar 
bo‘lishi, ajralishlar taraflori va shuhratparast bo‘lmasliklari, shuningdek, davlatdagi 
asosiy amaldorlar bilan har qanday lahzada til topisha oladigan shaxs bo‘lishi zarur. 
Aks holda lahzalik malham og’ir kasallikdan ham xavfliroq bo‘lishi mumkin",- deb 
yozali Bekon. 
“Nizoda hech qanday farqli jihat yo’q, qarama-qarshilikning sinonimi emas, 
qarama-qarshilik va cheklanishni yo’qotish usuli, og’ir tizimlarning o’zaro 
harakatlanish uslubi”. 
Nizo – har doim qiyin va ko’p rejali sotsial fenomen hisoblangan. Unda juda ko’p 
taraflar ishtirok etadi: shaxslar, ijtimoiy guruhlar, milli-etnik birliklar, har turli maqsad 
va qiziqishlar birashtirgan davlat va davlatlar guruhi. Nizolar har xil sabab vajlar 
tufayli vujudga keladi: psixologik, iqtisodiy, siyosiy, diniy va boshqalar. 


Международный научный журнал № 4 (100), часть 2 
«Научный импульс» Ноябрь, 202
1164 
Tomas Gobbs ijtimoiy kelishuv nazariyasining shakllaridan birini batafsil qayta 
ishlab chiqdi. Birinchi navbatda, tabiiy holatda, jamiyatning har bir a’zosining tabiiy 
huquqi, har bir individ cheklanmagan va har bir inson tabiiy huquqiga egalik qiladi. 
“Tabiiy holat” natijada “xaos”ga, ya’ni “hammaning hammaga qarshi urushi”ga 
aylanadi. 
Tomas Gobbs ijtimoiy nizolarning 3 ta asosiy sababini keltiradi: 
Qo’rquv (inson nimaga ega bo’lsa, o’shani yo’qotishdan qo’rqadi); 
Raqobat (inson o’zida nima bo’lsa, shuni saqlashni xohlaydi); 
Shon-shuxratga intilish (inson o’zida nima bo’lsa, uni ko’paytirishga intiladi). 
Nizo – bu qarashlardagi yoki a’loqalardagi qandaydir kelishmovchilik va 
chigallikning yuzaga kelganligidan darak beruvchi bir belgidir. Amaliyot shuni 
ko’rsatadiki, nizo boshqarishning asosiy uchta yo’nalishi mavjud: nizodan qochish, 
nizoga bosim o’tkazish va shaxsan nizoni boshqarish. Nomlari aytib o’tilgan 
yo’nalishlarning har biri maxsus metodlar yordamida izohlanadi. Ulardan ba’zilarini 
ko’rib chiqsak, va hamda nizoviy holatga ta’sir o’tkazish va nizoli holatga a’loqador 
tavsiyalarning umumiy algoritmiga baho bersak. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin