Parvoz toshkent — 023 yuksak parvozlar sari!



Yüklə 316,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/25
tarix03.06.2023
ölçüsü316,41 Kb.
#124612
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
sherlar

O‘ZBEKISTON ISHONCHI
Insonning oldida turar ikki yo`l,
Doimo tanlagin – adashmay bir yo`l.
Diniy oqimlarga qo`shilma zinhor,
Seni o`zga yurtda qilishar xor, zor.
Yo`lingdan adashma hali ham kechmas,
Yurtingga ishonchli, sodiq farzand bo`l.
Zararli oqimning sen quli emas,
Porloq O`zbekiston gul­ chechagi bo`l.
K
arimova Nurhayot G’ulomjon qizi 2006-yil 
4-noyabrda Sirdaryo viloyati Boyovut tu-
manida tavallud topgan. Hozirda tumandagi 37-mak-
tabning 10-sinf o‘quvchisi. She’rlari tuman va viloyat 
gazetalarida chop etilgan.
BAHOR KELGANDA...
Nozik allalaydi oy yulduzlarin,
Chechakni ohista silaydi shamol. 
Togʻ oʻpar samoning yuz­u koʻzlarin,
Maysalar shiviri meni etar lol.
Misoli kelinchak chiroyli koʻklam,
Tabiat bahorni olqishlar bu kun.
Adirga toʻshalgan qip­qizil gilam
Rangidan rang olgan yuzlarim gulgun.
Quyosh taratadi zarrin nurlarin,
Oq­oppoq bulutlar suzib kelarlar.
Gullar kapalakka aytar sirlarin,
Xush yoqar sabolar mayin yelarlar.
EʼTIROF
Choʻldan asar qolmagan
Yashnagan chaman bordir.
Sirdaryo yoqasida
Bir ajib maskan bordir.


32
33
Hur istiqlol tufayli,
Har bir goʻsha oboddir.
Vohaning ravnaqini
Koʻrib, koʻngillar shoddir.
Yangi­yangi “siti”lar
Quvnatadi koʻzlarni.
Shukronalik aks etar,
Qarang, gulgun yuzlarni.
Men tugʻilgan shu zamin
Ajdodlardan merosdir.
Tuprogʻin eʼzozlashim
Asli ularga xosdir.
Y
oqubov Og‘abek Hakimjon o‘g‘li 2010-yil 
15-oktabrda Sirdaryo viloyati Shirin shahrida 
tavallud topgan. Hozirda Boyovut tumanidagi 51-sonli 
umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi.
JANNATIM ONAM
Dunyoga keldim­u ko‘zlarim,
Mehringizdan quvonib ketdi.
Issiq bag’ringizdan yuragim,
Tez urdi va to‘lg’onib ketdi.
Onajon, jannatning farishtasi siz,
Oilamizning baxti, sarishtasi siz.
Bizlarni deb doim joningiz halak,
Tarbiya qilyapsiz bir o‘g’il, bir qiz.
Barcha onajonlar farzandlarin deb,
Mehnatdan qo‘llari qavarib ketgan.
Sira qiynalmasin dilbandlarim deb,
Qirqqa kirmay sochi oqarib ketgan.
Bu hayot o‘tkinchi, berilar bir bor,
Onangiz ranjitmang, ko‘nglini oling.
Ikta issiq nonmi yoki bir ro‘mol,
Oling­u onangiz ko‘rgani boring.
FASLLAR
Birinchi kelar bahor,
Bo‘larmiz ishda ilg’or.
Kamalak chiqar qirdan,
Yomg’ir yog’adi har dam.
So‘ngra kelar issiq yoz,
Suvda suzar o‘rdak, g’oz.
Men yomg’irdan qutildim,
Eh, quyoshga tutildim.
Mevalar g’arq pishganda,
Yerga yaproq tushganda.
Maktab tomon choparmiz,
Kelganida oltin kuz.
Kirib kelar kumush qish,
Dalalarda tugar ish.
Buni nazaringga il,
Qishda kelar Yangi yil.


34
35

Yüklə 316,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin