Parvoz toshkent — 023 yuksak parvozlar sari!


Z aripova Zarnigor Bobonazar qizi 2006-yil-



Yüklə 316,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/25
tarix03.06.2023
ölçüsü316,41 Kb.
#124612
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
sherlar

Z
aripova Zarnigor Bobonazar qizi 2006-yil-
da Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida taval-
lud topgan. Hozirda tumandagi 7-maktabning 10-sinf 
o‘quvchisi.
ONAM XASTA QILMAGIN, ALLOH
Nurididam, mehribon onam,
G‘amxo‘rginam doim parvonam,
Ko‘rmagayman u bilan alam,
Onam xasta qilmagin, Olloh.
Tun. Uyqu yo‘q beshik qoshida,
Qora tola yo‘qdir boshida,
Dunyo g‘ami tomchi yoshida,
Onam xasta qilmagin, Olloh.
U ila yorug‘ qorong‘u tunim,
Taqdir aslo qilmasin zulm,
Ona degan ilk bora tilim,
Onam xasta qilmagin, Olloh.
Men­la tuysin faxr va g‘urur,
Ko‘ngli topsin taskin va surur,
O‘zingsan­ku har neni bilur,
Onam xasta qilmagin, Olloh.
T
o‘rabekova Sevinch G’ayrat qizi 2006-yil 
Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida taval-
lud topgan. Hozirda tumandagi 7-maktabning 10-sinf 
o‘quvchisi.
O‘ZBEKISTONIM
O‘zbekistonim,
Obod bo‘stonim
Senga fidodir,
Ming bitta jonim.
Xizmatga shaymiz,
Biz o‘g’il­qizlar.
Yorug’ kelajak,
Yorqin yulduzlar.
Yuzimda quvonch,
Qalbimda faxr.
Jondan sevaman,
Men seni axir. 
X
oliqberdiyev Og’abek 2009-yilda Sirdaryo 
viloyati Boyovut tumanida tavallud topgan. 
Hozirda tumandagi 24-maktabning 7-sinf o‘quvchisi.
QOMUSIMIZ
Haqiqat ziyosi unda mujassam,
Ezgulik barq urgan, nurafshon olam
Zalolatga qarshi eng keskir olmos,
Ta’rifin bitish­chun qo‘limda qalam.


38
39
Konstitutsiya bizning bosh qomusimiz,
Nurafshon kunlarga eltgaydir har on.
Dunyo ahli boqar doim xavasda,
Yurtimda e’zozda har bitta inson.
OMAD
Ishlarim yurishmay bezib yuribman,
Do‘stlarim orqamdan pinhon kuladi.
Ko‘nglim negadir to‘q sezib turibman, 
Menga ham bir kuni omad keladi.

Yüklə 316,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin