PASTDARG‘OM TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BO‘LIMI BOSHLIG‘INING BUYRUG‘I 2023-2024-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-son qaroriga muvofiq, 1-sinfiga qabul qilishda ota-onalarga qulaylik yaratish uchun bolalarni davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatini joriy etish va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 28-apreldagi 109-sonli va Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2023-yil 8-maydagi 2023-yildagi 01-8B-97-son buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 28-apreldagi 109- sonli va Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2023-yil 8-maydagi 2023- yil 01-8B-97-sonli buyruqlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295- son qarori bilan:
-bolalarni davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga qabul qilish hamda o‘quvchilarni bir umumiy o‘rta ta‘lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanganligi;
-2023-2024-o‘quv yilida bolalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati (keying o‘rinlarda 1-sinfga qabul bo‘yicha davlat xizmati) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining electron davlat xizmatlari portali (my.maktab.uz) orqali amalga oshirilishi;
-har yili 20-iyundan - 31-iyulga qadar biriktirilgan mikrohudud doirasida hamda 1-15-avgustga qadar mikrohududdan tashqari hududlardan 1-sinfga qabul bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishi inobatga olinsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
11.5.2023 yil 336-7-97-XT/2023-sonli O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 1-sinfiga bolalar ular yeti yoshga to‘ladigan (2023-2024-o‘quv yilida 2016-yilning 31-dekabr kunigacha tug‘ilgan) yilda qabul qilinadi;
-davlat xizmati joriy etilmagan tumanlardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablariga 1-sinfga qabul jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 15-martdagi 140-son qarorida belgilangan tartibda umumiy o‘rta ta'lim maktablari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi (keying o‘rinlarda - an'anaviy shaklda) hamda maktabga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlikning electron tizimi (