Patologik-anatomik tadqiqotlar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom



Yüklə 18,81 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü18,81 Kb.
#186651
  1   2
jonibek


Patologik-anatomik tadqiqotlar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq patologik-anatomik tadqiqotlar o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
patologoanatom — patologik-anatomik tadqiqotlarni o‘tkazuvchi mutaxassis;
biopsiya — odam hayotligida undagi kasallikka tashxis qo‘yish maqsadida patologik-anatomik tadqiqotlar o‘tkazish;
autopsiya — davolash-profilaktika muassasalarida vafot etgan shaxslarning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida patologik-anatomik tadqiqotlar o‘tkazish.
2. Patologik-anatomik tadqiqotlar faqat patologoanatom tomonidan o‘tkaziladi.
3. Patologik-anatomik tadqiqotlar biopsiya va autopsiya usullarida amalga oshiriladi.
2-bob. Biopsiya usulida patologik-anatomik tadqiqotlar o‘tkazish
4. Davolash-profilaktika muassasasida ambulator va statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va ularni samarali davolash maqsadida tegishliligi bo‘yicha Respublika patologik-anatomiya markazi, patologik-anatomiya bo‘limlari hamda hududiy patologik-anatomiya byurolarida (bundan buyon matnda patologik-anatomiya xizmati deb yuritiladi) biopsiya usulida patologik-anatomik tadqiqotlar o‘tkaziladi.
5. Davolash-profilaktika muassasalarida ambulator va statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlardan olingan biopsiya materiali yoki jarrohlik amaliyoti jarayonida olingan to‘qima tegishli patologik-anatomiya xizmatiga kasallikni hujayraviy darajada aniqlash uchun yo‘llanma asosida taqdim qilinganda uni patologik-anatomiya xizmatining mas’ul xodimi qabul qilib oladi.
6. Mas’ul xodim qabul qilib olingan biopsiya materiali yoki jarrohlik amaliyoti jarayonida olingan to‘qima haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilingan yo‘llanmaning tegishli qismiga yozib qo‘yadi. Ushbu ma’lumotlar laborant tomonidan yuritiladigan daftarga ham qayd qilinadi.
7. Patologoanatom patologik-anatomik tadqiqot o‘tkazish uchun taqdim etilgan biopsiya materiali yoki jarrohlik amaliyoti jarayonida olingan to‘qimadan mikropreparat tayyorlash uchun kesma oladi.
8. Patologoanatom olingan kesmani mikropreparat tayyorlash uchun yo‘llanma asosida laboratoriyaga topshiradi.
9. Laboratoriyaning mas’ul xodimi topshirilgan kesmadan 10 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda mikropreparat tayyorlaydi. Agar topshirilgan kesmadan mikropreparat tayyorlash 10 kundan ko‘p bo‘lgan muddatni talab qilsa, u holda mikropreparatni tayyorlayotgan mas’ul xodim patologoanatomni bu haqda xabardor qilishi zarur.
10. Laboratoriyaning mas’ul xodimi tayyorlangan mikropreparatni shu kunning o‘zida patologoanatomga topshirishi lozim.
11. Patologoanatom tayyorlangan mikropreparatni mikroskop yordamida tahlil qiladi va gistologik tashxis qo‘yadi.
12. Patologoanatom tomonidan qo‘yilgan tashxis va unga tegishli boshqa ma’lumotlar haqida yo‘llanmaning tegishli qismiga yozuv kiritiladi.
13. Yo‘llanmada ko‘rsatilgan tashxis va boshqa ma’lumotlar laborant tomonidan yuritiladigan daftarga qayd etiladi va yo‘llanma tegishli davolash-profilaktika muassasasiga yuboriladi.

Yüklə 18,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin