37
Psixoterapiyaning xajmi va metodikasi kasallarning yoshiga,
kasallikning xarakteri, shaxsiyat xususiyatlariga, davo olib borilayotgan
muassasaning xususiyatlariga qarab har xil bo'ladi.
Har bir usulning o'ziga hos tomoni nimada?
Psixoterapevtik
metodikalarning
hammasini
shartli
ravishda
inontirish, ishonch hosil qilish va faollashtiruvchi psixoteperapiyaga bo'lish
mumkin.
Bundan tashqari, individual va jamoa psixoterapiya tafovut qilinadi.
Inontirish
– bir odamning ikkinchi odamga psixologik yo'l bilan
o'ziga xos tarzda ta'sir qilishdir. Inontirish bosh miya po'stlog'ida
konsentrlangan ta'sirlanish o'chog'idir, bu o'chog' manfiy induksiya tufayli o'z
atrofida tormozlanish zonasini hosil qiladi. Inontirishning gipnoz holatida
inontirish, tabiiy uyqu holatida inontirish, uxlatadigan yoki narkotik dorilar
berilgandan keyingi inontirish (narkogipnoz) uyg'oqlik vaqtida inontirish va
o'z-o'zini inontirish kabi turlari tafovut qilinadi.
Dostları ilə paylaş: