33
Tarkibida narkotik moddalar bo'ladigan o'simliklar, masalan: opiy,
qoradori bo'ladigan ko'knori yokt nasha singari o'simliklar shirin hayollar
surib kayf qilish va og'riqni qoldirish uchun ichilgan hamda chekilgan.
Qadimdan choy, kofe koka o'simligining barglari qo'zg'atadigan va
tetiklantiradigan moddalar o'rniga ishlatib kelingan. Kayfu ruhiyatni
yaxshilash maqsadida ichkilik ichilishi barchaga ma'lum.
Yuqorida aytilgan moddalarning ijobiy ta'sirigina
emas balki ular uzoq
iste'mol qilinadigan bo'lsa, psixikaga halokatli ta'sir ko'rsatishi ham ma'lum.
Ichkilik, narkotik moddalarga xaddan tashqarii xirs qo'yib, shu
moddalarni tobora ko'proq miqdorda iste'mol qilib turushga ruju qo'yish og'ir
jismoniy va ruxiy kasalliklarga olib keladi.
Bir qancha moddalarning narkotik ta'siridan xirurgiyada narkoz uchun
keng foydalaniladi.
Narkoz yunoncha uyqu demakdir. Biroq narkotik moddalar ta'siri
bilan dori berib vujudga keltiriladigan uyqu shu qadar qattiq bo'ladiki,
murakkab va uzoq davom etadigan operasiyalarni qilishga imkon beradi.
Psixofarmokologik
vositalar
guruxini
narkotik
moddalar,
trankvilizator, antidepresantlar,simpatomimetik moddalar tashkil etadi.
Xozirgi kunda tibbiyotda narkotik moddalar, avvalo, oliy preparatlari
(morfin, kodein, pantopan va boshqalar) tinchlantiruvchi xloralgidrat,
shuningdek barbiturat kislota unumlari (lyuminal, medinal, nembutal, amital-
natriy va boshqalar) «barbituratmas» uxlatadigan dorilar noksiron, dimerin
ishlatiladigan bo'ldi.
Trankvilizatorlar
(tinchlantiruvchilar)
ya'ni
psixofarmakologik
moddalardan keyingi yillarda keng foydalinilmoqda.
Bular markaziy nerv tizimi qo'zg'atuvchanligini susaytirib,
ruhiy
qo'zg'alishni bartaraf etib yengil mudroqqa sabab bo'ladi va uxlatadigan
dorilar bilan birga qo'llaniladi.
Trankvilizatorga aminazin, rezerpin, meprobamat, librium va
boshqalarni kiritish mumkin.
Psixofarmakologik moddalarning yana bir
guruhini antidepressantlar
tashkil etadi.
Bular kayfu ruxiyat pasayganda, xususan ichki shart-sharoitlar
munosabati bilan kelib chiqadigan ya'ni endogen degan depressiyalarda
yaxshi kor qiladi. Antidepressantlar aqliy va emosional
tormozlanish bilan
34
birga davom etadigan somatik kasalliklarda ham muvaffaqiyat bilan
qo'llanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: