45
Oiladagi
mavjud
an'analar,
urf-odatlar
rasm-rusmlar
va
marosimlarning ijobiy ta'sirida yigit qizlar asta-sekin kamol topib boradilar.
Yoshlarni turmush qurishga muvaffaqiyatli tayyorlashni ko'zlab ish
tutish uchun o'spirin yigit va qizlarning jinsiy tarbiyasini to'g'ri yo'lga qo'yish,
oilaviy turmushning quvonchlari va tashvishlariga doir muayyan darajada
ma'lumot berish ularga bardoshli va matonatli bo'lish hamda qiyinchiliklarni
mardonavor yengish yo'llarini tushuntirish maqsadga muvofiqdir.
Oila – ijtimoiy zarurat.
Ma'lumki tabiatdagi butun mavjudod
yirik organizmlar borki
barchasining juftlikda yashashi hayotiy qonuniyatlardir. Shunday ekan,
insoniyat tabiat sarvari sifatida kishi-shaxs tariqasida shakllanib chiqishiga
qadar ham shunday tabiiy zaruratga ehtiyoj sezgan.
Nikoxdan o'tishga qadar shaxslar o'zlarti tanlagan kishining irsiyatini
bilishlari lozim. Afsuski, shunday kasalliklar borki,
ular nasldan-naslga
o'tadi. qarindosh Urug'dan qiz olish yoki qiz berish odati qat'iy qoralanish va
undan butunlay voz kechish kerak. Chunki ayrim ota onalar shunday
nikoxlarga rozilik berib, natijada nogiron va kasalmand farzand dunyoga
kelishiga sababchi bo'ladilar. Psixogigiyenaninng
eng muhim vazifalaridan
biri har tomonlama to'la to'kis jinsiy hayotni qaror toptirishga yordam
berishdan iboratdir. Bu sohadagi buzilishlar ko'pincha ancha-muncha ruhiy
jaroxatlar va asab buzilishlarga olib keladi.
Noto'g'ri olib borilgan jinsiy hayot ko'pincha kishini og'ir iztirobga
solib u ko'pgina kelishmovchiliklarning sababchisi hisoblanadi.
Ayniqsa
jinsiy hayotdagi chekinishlar va bu hayotning estetik jixatlarini bilmaslik
zamirida erkakda va ayolda jinsiy sovuqlik kabi buzilishlar kuzatiladi. Ayrim
shaxslarda jinsiy moyillik ustunlik qilishi natijasida u jinsiy hayotga ko'proq
e'tibor beradi.bunday holat shaxsda potologik rivojlanish belgisi borligini
ko'rsatadi.
Jinsiy hayot faqat turmush qurgandan keyin boshlanishi kerak. Jinsiy
ortiqchaliklar va seksual buzuqliklar nerv sistemasini holdan toydiradigan
omil hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: