42
bilan ilmiy-uslubiyot bo'yicha ta'minlashga, insonning shaxsiy va intellektual
(aqliy) jixatdan rivojlanishini
diagnostika qilishga, ta'lim va tarbiyadagi
psixologik nuqsonlarni aniqlashga, eng
muhim mavjud kamchilik va
buzilishlarning oldini olish (psixoprofiaktika)ga yo'naltirilgan bo'lishi lozim.
Psixoprofilaktikaning asosiy vazifalari bo'lib: 1. har bir yosh
bosqichida insonning shaxs sifatida shakllanishi aqlan barkamollikni
ta'minlashning oqiloni shart-sharoitlarini yaratish. 2.
shaxs kamoloti va
intellektual taraqqiyoti bo'sag'asida vujudga kelishi mumkin bo'lgan
psixologik buzili shva nuqsonlarning o'z vaqtida oldini olish hisoblanadi.
Psixogigiyena psixoprofilaktika bilan ya'ni nerv – psixik kasalliklarini
oldini olish bilan mustahkam bog'langandir.
Psixoprofilaktikaning asosiy maqsadi quyidagilar
a)
kasallik
qo'zg'atadigan
sabablarning
organizmga
ta'sirini
kamaytirish va yo'qotish
b) kasallik rivojlanishiga yo'l qo'yilmaslik uchun unga erta tashxis
qo'yish va
samarali davolash
B) to'la-to'kis davolash va kasallik qaytalanishi va uning surunkali
turlarga o'tib ketishining oldini olishga qaratilgan choralar ko'rish.
Psixoprofilaktika va psixogigiyena uzoq davrlardan buyon mavjud
bo'lib, ularning negizlari eski tibbiy adabiyotlarda bayon etilgan.
Sog'lom psixikani tarbiyalash psixogigiyena
va psixoprofilaktika
fanlarining muhim vazifasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: