16
Nutq odatda tovush, ovoz bilan talaffuz etiladi; ba'zan odam tovushsiz
nutq, shivirlashdan foydalanadi.
Gohida esa ovoz nerv tizimining funksional kamchiliklari tufayli
vaqtincha yo'qolib qoladi. Nutqning shu tariqa izdan chiqishi afoniyalar deb
ataladi.
Yozuv layoqatining buzilishi agrafiya deyiladi. Bu ko'proq bosh miya
turli bo'limlari: optik zona, nutq zonasi, xarakat zonasidagi o'choqli shikastlar
munosabati bilan kelib chiqadi.
Yozish layoqatining o'ziga xos tarzda buzilishi klinikada «yozuv
spazmi» deb ataladigan bo'ldi.
Nutq buzilishi afaziya deyiladi. Odatda afaziya bosh miya
qobig'ininng nutq zonalari kasallik tufayli o'choqli, lokal shikastlanishi
tufayli sodir bo'ladi. Nutq yagona funksional sistema bo'lib, uning barcha
tomonlari bir-biri bilan bog'liqdir.
Afaziyalarning bir necha turlari ajratib ko'rsatiladiki ularda ko'pgina
umumiy va bir-biridan farq qiladigan hususiyatlar bo'ladi.
Afaziyalar motor, sensor, amnestik, semantik afaziyalarga ajratiladi.
Motor afaziya-so'zlarni talaffuz qilishga qobiliyatsizlik yoki bu
qobiliyatning sezilarli ravishda pasayishidir. Bemorlar bir necha so'z yoki
bo'g'inlarnigina ayta oladilar.
Bunday buzilish chap yarimsharning peshona burmasining quyi
bo'lagi shikastlangan o'choqda bo'ladi –Brok markazi.
Sensor afaziyada kasal o'ziga qarata aytilgan nutqni yaxshi tushuna
olmasligi bilan bir qatorda uning mustaqil nutqi izdan chiqadi, lekin eshituv
layoqati bir qator saqlanib qolgan bo'ladi. Sensor afaziya bilan og'rigan
bemorlarda motor afaziya bilan og'rigan bemorlarga nisbatano'zlariga
qaratilgan nutqni tushinish ko'proq yomonlashgan bo'ladi. Sensor afaziya
uchun nutq beqarorligi xarakterlidir.
Amnestik afaziyada asosiy yomonlashuv predmetlarning normalarini
unutib qo'yishdan iborat bo'ladi. (Nutq uchun yetakchi bo'lgan yarim
sharning orqa bo'yin qismi shikastlangan bo'ladi) Bemor suratda
tasvirlanagan qilichni miltiq deb ataydi.
Dostları ilə paylaş: