Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi


Ingichka tolali paxta chigitining qoldiq tolaligini aniqlash



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/42
tarix27.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#200703
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42
Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash tex

 
Ingichka tolali paxta chigitining qoldiq tolaligini aniqlash 
- bunday paxta 
navlari chigiti tuksiz va chala tuksiz bo’lganligi uchun uning chigitida faqat birikkan 
tolalar bo’lib, ozod-birikkan tolalar bo’lmaydi. 
Chigitda qoldiq tola miqdoriga qarab jinlarning ishi tekshiriladi. Chigitning 
qoldiq tolaligi standart talabida belgilangan normadan oshmasligi kerak. Standart 
talabi bo’yicha agar chigit arrali jindan chiqqan bo’lsa, unda 200 dona chigitdagi 
birikkan tolalarning miqdori, gr hisobida: o’rta tolali navlar uchun
I - nav paxtada 0,10-0,11 gacha. 
II - nav paxtada 0,11-0,12 gacha 
III - nav paxtada 0,12-0,14 gacha 
IV - nav paxtada 0,14-0,17 gacha va 
V - nav paxtada bundan kam ko’rsatkichda bo’lishi kerak. 
Xuddi shu tartibda ingichka tolali navlar uchun ham quyidagi ko’rinishda 
bo’ladi: 
I - nav paxtada 0,13-0,15 gacha 
II - nav paxtada 0,16-0,19 gacha 
III - nav paxtada 0,22-0,25 gacha 
IV - nav paxtada 0,23-0,27 gacha va 


23 
V - nav paxtada bundan kam ko’rsatkichda bo’lishi kerak.
 
 
Urug’lik chigitning tukliligini aniqlash - 
linterdan chiqqan chigitlarda qolgan 
qisqa tolalar yig’indisining chigit dastlabki og’irligiga nisbatan foyiz ifodasi urug’lik 
chigitning 
tukliligi 
deb ataladi. 
Urug’lik chigitning tukliligini aniqlash uchun o’rtacha namunadan ikkita kichik 
namunalar olinadi. Buning uchun o’rtacha namunani aralashtirib to’g’ri to’rtburchak 
shaklida stol ustiga tekis qilib yoyiladi va 20 joyidan 0,5 gr (taxminan 5 dona chigitga 
to’g’ri keladi) dan jami 10 gr namuna olish kerak. 
3-rasm.
Namuna olish tartibi.
Namunadagi chigitlar tortilgandan so’ng chigitda qolgan hamma qisqa tolalar 
qo’l bilan ajratib olinadi. Tolalarni ajratishda chigitdagi tuk va tukchalarga tegmaslik 
kerak. 
Ajratib olingan tolalar 0,01 gr aniqlikda va natijani 10 ga ko’paytirib chigitning 
tukliligi foyiz hisobida topiladi. 
Agar ikki namunachadan olingan tolalar og’irligining farqi 0,01 gr (0,01 %) 
dan ortiq bo’lsa, tahlil qaytadan takrorlanadi. 
Tuklilik o’rtacha 0,1 % gacha yaxlitlanadi. 
Urug’lik chigitning tuklilik darajasi me’yori quyidagicha bo’lishi kerak. 
7-jadval
Urug’lik chigitning 
tuklilik darajasi 
Chigitdagi qolgan tolalar og’irligi, % 
O’rta tolali g’o’za navi 
uchun 
Ingichka tolali g’o’za navi 
uchun 
Me’yorda 
0,8 va undan kam 
0,4 va undan kam 
Me’yordan ortiq 
0,9 va undan ko’p 
0,5 va undan ko’p 
Chigitning to’la tukliligini xlorid kislota bug’ida ishlash yo’li bilan aniqlash –
jinlash va linterdan chiqqan chigitda qolgan tolalar va tuklar yig’indisi chigitning 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin