24
stol ustiga to’kiladi va yaxshilab aralashtirib so’ngra uni to’g’ri to’rtburchak
(yuqoridagi rasmdagidek) shaklida tekis qilib yoyiladi. Shundan keyin uning 20
joyidan og’irligi 1,5-1,6
gr dan chigit olinib, 30 gr dan ikkita o’rtacha namuna
tuziladi.
Shundan so’ng sopol idishga xlorid kislota to’ldirib qo’yiladi va 15-20
daqiqadan (yangi idish bo’lsa 20-30 daqiqadan) keyin, ya’ni
sopol idish kislotani
shimib bo’lgandan so’ng idish bo’shatiladi. Shundan keyin 5 daqiqadan so’ng, sopol
idish qurigandan keyin, unga tayyorlangan namunachalar
zich qilinmasdan solinib,
idishning og’zini oyna bilan yopib qo’yiladi. So’ngra harorati 120-130
0
C bo’lgan
quritish shkafiga chigit eksikatorga solingan holda 30 daqiqa qoldiriladi.
30 daqiqadan so’ng quritilgan chigit eksikator bilan birga uy harorati
darajasigacha quritiladi va pallalari shishadan qilingan tarozida 0,01
gr aniqlikda
tortiladi. Xar qaysi chigit namunasini xaltachaga solib, 2-3
daqiqa davomida asta
ishqalash yo’li bilan kislota ta’sirida kuygan tolalar va tuklar chigit sirtidan ajratiladi.
Shundan so’ng xaltachadagi namunachani toza qog’oz ustiga to’kib, chigitdan va
po’stloqlardan ajralgan tola hamda tuklar olinadi, so’ng yana tortiladi. Chigitni xlorid
kislota bug’i bilan tahlil qilishda havosi tortib olinadigan shkafda ishlash kerak.
Xlorid kislota bilan ishlangan chigit og’irligidan yalang’ochlangan
chigit
og’irligini ayirsak, tolachalar va tukchalar og’irligi kelib chiqadi. Chigitning tukliligi
(U) esa quyidagi formula bo’yicha topiladi:
U=
(𝐺
𝑇1−
𝐺
𝑇2
)
𝐺
𝑇
x 1,06
Bunda: G
T1
– kislota bilan ishlangan tolali va tukli chigitning og’irligi, gr.
G
T2
– tuksizlantirilgan chigitning og’irligi, gr.
1,06 – kislota bilan ishlashda tolacha va tukchalar yo’qotgan namlikni
hisobga oluvchi koeffisient.
G
T
– namunachaning dastlabki og’irligi, gr hisobida (ikkita namunacha
og’irligining o’rtacha qiymati olinadi).
Dostları ilə paylaş: