O`zlashtirish uchun savollar.
1. Chigitli paxtadan namuna olishdan maqsad nima?
2. Boshlang'ich namuna deganda nimani tushinasiz?
3. Buntlardan namuna olish tartibini tushintirib bering?
4. Yuk mashinalaridan namuna olish tartibini tushintirib bering?
2- mavzu. Qo’lda va mashinada terilgan paxtaning davlat standartlari bilan
tanishish (2-soat)
Darsning maqsadi: Qo’lda va mashinada terilgan chigitli paxtaning davlat
standartlari talablari bilan tanishish. Bunga asos qilib O’zRST 615-94 standarti
olinadi.
1. Mashg’ulotni o’tkazish joyi, bu mashg’ulot o’quv xonasida o’tkaziladi.
2. Mashg’ulot uchun kerakli uskunalar:
3. Davlat standarti, Andoza (etalon) lar;
4. Chigitli paxta namunasi;
5. Paxtaning iflosligi va namligi bo’yicha jadval.
6. Talabalarning mustaqil ish bajarish qismi. Qo’lda va mashinada terilgan o’rta va
ingichka tolali g’o’za navlarini tashqi ko’rinishiga qarab chigitli paxtaning
ma’lumotnomasi bilan tanishtirish.
Paxta tolasining fizik-mexanik ko’rsatkichlari: shtapel vazn uzunligi, chiziqli
zichlik va solishtirma uzilish kuchiga (1 va 2 nav), ko’ra 1 – jadvaldagi me’yorlarga
muvofiq to’qqizta – 1
a
, 1
b
, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 - tiplarga bo’linadi. Bunda paxtadagi
paxta tolasining tipi shtapel vazn uzunligi yoki chiziqli zichlikning eng yomon
ko’rsatkichi bo’yicha aniqlanadi. 1
a
, 1
b
, 1, 2, 3 tipdagi tolalarga ega bo’lgan paxta
uzun (yoki ipak) tolali, 4, 5, 6, 7 – tipdagi tolalarga ega bo’lgan paxta esa o’rta tolali
g’o’za navlari tolasi deb hisoblanadi.
Har bir tipdagi paxta rangi, tashqi ko’rinishi, pishib etilganlik koeffisienti
bo’yicha jadvaldagi talablarga va belgilangan tartibda tasdiqlangan namunalarga
muvofiq beshti sanoat naviga bo’linadi: I, II, III, IV va V.
Paxta navi, rangi va pishib etilganlik koeffisienti eng yomon ko’rsatkichlari
bo’yicha aniqlanadi. Paxta navi iflos aralashmalarining miqdori va namligiga qarab
jadvaldagi ko’rsatilgan talablarga muvofiq sinflarga bo’linadi:
1-sinf qo’lda terilgan paxta.
2-sinf mashina terimi paxtasi.
3-sinf erdan terib olingan (turli aralash, iflos paxtalar).
7
1-jadval
Dostları ilə paylaş: |