«TASDIQLAYMAN»
27- maktab direktori:
__________K.Sa’dinov
“13” .04.2023 yil
Paxtachi tumani maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli 27- umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilgan maktabning 1-4 sinflarida 13- aprel 2023 –yil sinf ota-onalar yig`ilish
BAYONNOMASI
2023 yil “13”-aprel
Yig`ilish raisi: K.Sa’dinov - 27-umumiy o’rta maktab direktori
Yig`ilish kotibasi: G.Adizova
Qatnashdi: 40 - nafar ota-onalar ishtirok etdi.
Yig`ilish kun tartibidagi masalalar:
Maktabda bugungi kundagi ta`lim tizimidagi yangilanishlar, joriy yili yakuni va yangi o`quv yiliga tayyorgarlik ko`rish.
Besh tashabbus dasturi ijrosini kuchaytirish, musiqa, rassomchilik, kitobxonlik, sport turlari bo`yicha yosh toifalarini hisobga olib, musobaqalar tashkil qilish, maktab o`quvchilarini bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.
Maktabning sport zali, kutubxonasi doim ochiq bo`lishi haqida.
Eshitildi: 1-masala yuzasidan o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari O.Ochilov so`zga chiqdi.Ma`ruzachi bugungi kundagi ta`lim tizimidagi yangiliklar, kundalik kom tizimidagi o`zgarishlar, joriy yildagi o`quvchilarning o`zlashtirishi va yangi o`quv yiliga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha ota-onalarga tushunchalar berdi.
2-masala yuzasidan ma`naviy marifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari M.Melanova so`zga chiqdi. Ma`ruzachi 2019-yil 19-mart kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o`tkazilgan videoselektor yig`ilishidagi “Yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish to`g`risida”gi ma`ruzasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta`minlash bo`yicha ishchi guruh tashkil etilganligini aytib o`tdi.. Bu ishchi
guruhning vazifasi besh tashabbus ijrosini kuchaytirish,
musiqa, rassomchilik, kitobxonlik, sport turlari bo`yicha musobaqalar tashkil qilish, maktab o`quvchilarini bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish to`g`risida gapirdi. Ma`ruzachi maktabda barcha fanlardan to`garaklar tashkil etilganligi aytib o`tildi.
3-masala bo`yicha Jurayeva Feruza so`zga chiqdi. Ma`ruzachi o`quvchilarni bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida maktab kutubxonasi doimiy belgilangan vaqtda ochiq turushi.
Maktab sport zali ham doimiy bolalar bilan gavjum bo`lishi kerakligini aytib o`tildi.
Yig`ilish qarori:
Maktabda bugungi kundagi ta`lim tizimidagi yangilanishlar, joriy yili yakuni va yangi o`quv yiliga tayyorgarlik ko`rish to`g`risidagi O`IBDO` O.Ochilovning ma`ruzasi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
Besh tashabbus dasturi ijrosini kuchaytirish, musiqa, rassomchilik, kitobxonlik, sport turlari bo`yicha yosh toifalarini hisobga olib, musobaqalar tashkil qilish, maktab o`quvchilarini bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish to`g`risidagi MMIBDO` M.Melanovaning ma`ruzasi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
Maktabning sport zali, kutubxonasi doim ochiq bo`lishi haqidagi 1-4 – sinf rahbarlaridan Jurayeva Feruzaning ma`ruzasi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilangan qaror va topshiriqlarning ijrosini ta`minlash barcha sinf rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Yig`ilish raisi: K.Sa`dinov
Yig`ilish kotibasi: G.Adizova
1 -4 SINF(BOSHLANG’ICH SINF)LAR OTA ONALAR MAJLISIDAN FOTO LAVHALAR
1-4 SINF(BOSHLANG’ICH SINF)LAR OTA ONALAR MAJLISIDAN FOTO LAVHALAR
1 -4 SINF(BOSHLANG’ICH SINF)LAR OTA ONALAR MAJLISIDAN FOTO LAVHALAR
Dostları ilə paylaş: |