3 -ilova A SALARI GALAGI Muammo bitta guruhda yoki ikki kichik guruhlarda muhokama qilinadi. Bunda topshiriqlar xar hil yoki butun guruhga bitta bo’lishi mumkun. Guruhlar qo’yilgan muammoni ma’lum muddat muhokama etib, natijani boshqalarga ma’lum qilishadi. Muammo yechimining eng yahshi variant tanlab olinadi.
Nashriyotlar haqida ma'lumot bering.
Nashriyot nima?
O’zbekistondagi nashriyotlar haqida ma'lumot bering.
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi nima vazifani bajaradi.
"Nashriyotchi" bu ……..
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi boshqaruvining tashkiliy tuzilmasida qaysi nashriyotlar kirgan?
4-ilova "OʻZBEKISTON" NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI — Oʻzbekiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi tizimidagi muassasa. 1925-yilda Oʻrta Osiyo Davlat nashriyoti negizida Oʻzbekiston Davlat nashriyoti (Oʻzdavnashr) nomi bilan tashkil etilgan. Respublikada 30-yillarning 2-yarmiga qadar barcha turdagi adabiyotlar Oʻzdavnashrda chop qilingan. Ikkinchi jahon urushi yillari respublikadagi mustaqil nashriyotlar Oʻzdavnashrga birlashtirilgan, matbaa korxonalari, kitob savdosi ishlari ham uning ixtiyoriga berilgan. Oʻzdavnashr boʻlimlari negizida "Oʻqituvchi" (1949), Davlat badiiy adabiyot nashriyoti (1957), "Meditsina" (1958), "Yosh gvardiya" (1960) nashriyotlari tashkil etilgan. 1964-yildan Oʻzdavnashr "Oʻzbekiston" nashriyoti deb atala boshlagan. 2004-yilda "Oʻzbekiston", "Mehnat", "Oʻzblanknashr" nashriyotlari, Toshkent matbaa k-ti birlashtirilib, "Oʻ."n.m.i.u.ga aylantirildi. Uning tarkibiga bolalar nashrlari: "Gulxan", "Gʻuncha" jur.lari, "Tong yulduzi", "Klass!" gaz. lari, "Sogʻlom avlod", "Zerkalo XXI veka" gaz. lari tahririyatlari kiritildi (nashriyot tarixi haqida yana q. Noshirlik). "Oʻ" n.m.i.u. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Respublika hukumati qarorlarini va boshqalar rasmiy materiallarni, turli meʼyoriy hujjatlarni nashrga tayyorlab, chop etadi.