Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, yuridik adabiyotlarni, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlari uchun darsliklar, oʻquv va metodik qoʻllanmalar hamda boshqa adabiyotlarni nashr qiladi. Taʼlim oʻzbek, rus, tojik, turkman, qirgʻiz va qozoq tillarida olib boriladigan umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar chiqaradi.
Oʻzbek, qardosh va xorijiy tillarda ilmiyommabop, badiiy adabiyotlar, maʼlumotnomalar, lugʻatlar, tasviriy sanʼat mahsulotlari, fotoalbomlar, bukletlar, prospektlar, kalendarlar, plakatlar, koʻrgazmali qurollar, gazetajurnallar, shuningdek, xalq isteʼmoli mollari bosma mahsulotlari, idora hujjatlari, sinf jurnallari, dasturlar, turli ish qogʻozlari (blanklar) ni ham chop etadi.
Soʻnggi yillarda "Oʻ." n.m.i.u. Respublika Prezidenti I. Karimov asarlarining 12 jildini (oʻzbek va rus tillarida), oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun Yo. Toʻraqulovning "Bioximiya", T.A.Sarimsoqovning "Haqiqiy oʻzgaruvchining funksiyalari nazariyasi", 3. Salimovning "Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari"ning 1 va 2 jiddlari, M.Salohiddinovning "Matematik fizika tenglamalari", N.A.Parpiyevning "Anorganik kimyo", T. Joʻrayev va boshqalarning "Oliy matematika asoslari" kabi fundamental darsliklarni, bank tizimi faoliyati bilan bogʻliq koʻp jildli meʼyoriy hujjatlar toʻplamlarini nashr etdi. "O’zbekiston" nashriyot matbaa ijodiy uyi aholiga, tashkilot hamda muassasalarga noshirlikmatbaa xizmatini koʻrsatadi.
Bosmaxonasida 2003-yilda zamonaviy rangli gaz.larni chop etish sexi ishga tushirildi. Hozirgi kunda (2005) bu sexda 20 dan ortiq gaz. va jur. chop etilmoqda. Ularning bir gallik tiraji 500 ming nusxani tashkil etadi.
CHOʻLPON NOMIDAGI NASHRIYOTMATBAA IJODIY UYI — Oʻzbekistonmatbuot va axborot agentligi tizimiga kiradi. 2004-y. iyunda «Choʻlpon» nashriyoti (1986-y. dan faoliyat koʻrsatgan), «Ijod dunyosi» (2000-y. dan faoliyat koʻrsatgan) nashriyot uyi hamda bosmaxona birlashtirilib, ularning vorisi sifatida Choʻlpon nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi tashkil etilgan. Asosiy faoliyat yoʻnalishi quyidagilardan iborat: bolalar va oʻsmirlar uchun turli badiiyadabiy, sanʼat asarlari, ilmiyommabop, ijtimoiysiyosiy adabiyotlar nashr etish; yoshlarni mumtoz va hoz. zamon oʻzbek adabiyoti, jahon adabiyoti va sanʼati durdonalari bilan tanishtirish; oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimi, umumtaʼlim maktablari uchun darslik va oʻquvuslubiy qoʻllanmalar chop etish.
\
Mustaqil respublikamiz yosh avlodini milliy va umumbashariy qadriyatlarga sodiq holda barkamol inson qilib tarbiyalashga hissa qoʻshish Choʻlpon nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Choʻlpon nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi 2004-y. da 212 nomda 3200 ming nusxada kitob nashr etdi.