Kelgusi mashg’ulot: Maxsus bibliografik qo‘llanmalar.
35-mavzu: Milliy va davlat bibliografiyasi haqida tushuncha, uning taraqqiyoti
Reja:
1. Milliy bibliografiyasi haqida tushuncha.
2. Davlat bibliografiyasi haqida tushuncha
3. Milliy va davlat bibliografiyasi taraqqiyoti.
Ijtimoiy tashkilotlar hujjatlar va iste’molchilar o‘rtasidagi vosita sifatida avvaldan faoliyat ko‘rsatadi. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng kitob ishi, nashriyotchilik ishi tubdan qayta tashkil etildi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Telegraf Agentligi
O‘zbekiston Respublikasining Milliy agentligiga, Davlat kitob palatasi 1994-yili Milliy kitob palatasiga aylantirildi. Ularning nomi bilan birga vazifalari ham o‘zgardi. Chunki ,,Milliy“ va ,,Davlat“ tushunchalari bir-biridan farq qiladi. 1991-yil bibliograf olim G. A. Levin „Национальная библиография в многонациональном государстве41 nomli maqolasida milliy bibliografiya tushunchasiga alohida to‘xtaladi va qat’iy talablar qo‘yadi. Milliy bibliografiyaga quyidagi nashrlarni kiritish lozim deydi.
1. Aynan olingan mamlakat hududida nashr etilgan asarlar.
2. Nashr joyidan qat’i nazar, shu mamlakat haqidagi adabiyotlar.
3. Nashr joyidan qat’i nazar, shu davlat tilida nashr etilgan asarlar.
4. Yashash joyidan qat’i nazar, shu davlat fuqarolari tomonidan nashr etilgan asarlar.
5. Tug‘ilgan va yashash joyidan qat’i nazar, shu davlat tub aholisi vakillarining asarlari.
6. Shu davlat hududidan tashqarida aynan shu davlat uchun nashr etilgan asarlar.
Universal bibliografik hisobga olish joriy etilgandan so‘ng davlat bibliografiyasida 1-guruh nashrlarini hisobga ola boshladi. Ammo bu doim ham keng imkoniyat bera olmaydi, shuning uchun 2- guruh nashrlari ham hisobga olinadi. Levinning fikricha,bibliografiyalash obyekti bo‘lib elektron nashrlar, videomahsulotlar, fotomateriallar kabilar ham xizmat qila oladi, demak, bosma
mahsulotlar bilan birga bu hujjatlarni ham hisobga olish zarur. Davlat bibliografiyasi uchun nashrlarni tanlayotganda quyidagi belgilarga asoslaniladi:
Dostları ilə paylaş: |