Paxtaobod pedagogika kolleji


YANGI MASHG’ULOTNING SLAYDLI TAQDIMOTI



Yüklə 13,8 Mb.
səhifə161/240
tarix18.09.2023
ölçüsü13,8 Mb.
#145136
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   240
biblografiya Xudoyberdiyeva 08.02

YANGI MASHG’ULOTNING SLAYDLI TAQDIMOTI.

„Hind falsafasi“da ko‘rsatilgan boblar o‘ziga xos bibliografik sharh bo‘lib, Hindistonning falsafasi va dinshunosligi, astronomik va tilshunoslik masalalariga bag‘ishlangan. Beruniyning bibliografik faoliyati ancha mashhur bo‘lib, hayotining so‘ngi 10 yilida unga yaxshigina muvaffaqiyatlar keltirdi. Uning „Geodeziya“, „Hindiston“, „Mas’ud qonuni“ va boshqa ko‘pgina ishlari va 1036-yilda tugatgan „Biobibliografiya“ (arabcha „Fixrist“) bizgacha yetib kelgan. Beruniy bibliografik ro‘yxatni tuzishda Abu Bakr Muhammad Ibn Zakariyo ArRoziy asarlariga to‘xtaldi. Ar-Roziyni o‘zining buyuk o‘tmishdoshi, yirik Eron filosofi, ximik, vrach va tabiiy sinovchi, o‘rta asr Sharqi va G‘arbining mashhur olimi sifatida tan olardi.



Beruniy Ar-Roziyning asarlarini eng ishonchli va obro‘li manba sifatida bilar va undan faoliyatida va asarlarida foydalanar edi va bu Ar-Roziy asarlarining ko‘rsatkichini tuzishga turtki bo‘ldi. Bu ishni Beruniy ko‘rsatkichni tuzishdan ancha oldin boshlagan edi. U Eronning uzoq bir qishlog‘ida yashab turgan vaqtida ArRoziy haqidagi materiallarini yig‘a boshlagan va keyinchalik uni to‘ldirib borgan. Vaqti kelib uni to‘la bibliografik ishga aylantirdi. Bu bibliografik ko‘rsatkichda avval Ar-Roziyning tarjimayi holi, undan so‘ng esa uning 184 ta asari haqida ma’lumot beradi. Unga ko‘ra Ar-Roziy 865-yili 28-avgustda Rey shahrida tug‘ilgan. Uning otasi savdogar bo‘lgan, Roziy yoshligida falsafa, matematika, astronomiya, kimyo fanlarini katta qiziqish bilan o‘rganadi, 30 yoshlarida tibbiyot fanini chuqur o‘rganadi va keyinchalik tibbiyot uning asosiy kasbiga aylanadi.



Beruniydan bizga meros bo‘lib qolgan bibliografik ishlar o‘zining ko‘lami, hajmi, manbalarning xronologiyasi va hududiy chegarasi, tilining xilma-xilligi bilan kishini hayratga soladi. Manbalar Hindiston, Yaqin Sharq va Gretsiyagacha antik davrdan to XI asrgacha bo‘lgan davrda yaratilgan arab, fors, grek va boshqa tillardagi adabiyotlardan iborat. Bu bilan Beruniy bizga ming yillar davomida, hatto bizgacha yetib kelmagan ko‘plab mualliflarning asarlari, hayoti va ijodi haqida ma’lumot beradi. Uning bibliografik ishlari O‘rta Osiyoda yaratilgan dastlabki bibliografik ishlardir, o‘zi esa O‘rta Osiyoning birinchi bibliografi deb tan olinishga loyiq.






Yüklə 13,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin