3-ilova AQLIY HUJUM SAVOLLARI! 1. Tеmuriylar davrida bibliografiya qanday rivoj topgan?
2. Tеmuriylar davrida ilm, fan va madaniyatning rivojlanishi qay yo’sinda bo’lgan.
“Aqliy xujum”ning asosiy qoidalari:
Ilgari surilgan fikr va g`oyalar tanqid ostiga olinmaydi va baholanmaydi;
Taklif qilinayotgan fikr va g`oyalar qanchalik fantastik va antiqa bo`lmasa ham, uni baholashdan o`zingizni tiying!
Tanqid qilmang – hamma bildirilgan fikrlar bir hilda bebahodir.
Fikr bildirilayotganda bo`lmang!
Maqsad – fikr va g`oyalar sonini ko`paytirish.
Qanchalik ko`p fikr va g`oyalar bildirisa shunchalik yaxshi. Yangi va bebaho fikr va g`oyaning paydo bo`lishi extimoli paydo bo`ladi.
Agar fikrlar qaytarilsa asabiylashmang va hayron bo`lmang.
Tazkira oʻrta asrlar nasrining muhim janrlaridan hisoblanadi. Tazkira soʻzi arab tilidan olingan boʻlib, zikr etmoq, eslamoq maʼnolarini anglatadi. Ammo tazkira mualliflari oʻz asarlarida adiblar nomini eslash bilan cheklanmasdan ularning tarjimai holi boʻyicha muhim maʼlumotlar berganlar, ularning asarlaridan namunalar keltirganlar. Boshqacha qilib aytganda, tazkiralar oʻrta asrlarda adabiyot tarixi vazifasini oʻtagan. Shunisi ham diqqatga sazovorki, ayrim hollarda shoirlar, yozuvchilarga oid maʼlumotlar, ularning asarlari namunalari faqatgina tazkiralarda saqlanib qolgan va ular yagona manba boʻlib xizmat qiladi.
Tazkiralarning yana bir muhim jihati shundan iboratki, ularda adabiy hayot, adabiy doiralar faoliyati maʼlum davr va oʻlka miqyosida umumlashtirilgan shaklda beriladi, bu esa, keyingi avlodlar uchun oʻrta asrlardagi adabiy jarayonni oʻrganishda katta qulaylik tugʻdiradi. Afgʻoniston dariyzabon adabiyoti tarixi uchun ham tazkiralarning ahamiyati juda katta.
Afgʻoniston dariyzabon adiblari haqidagi maʼlumotlar mamlakatdan tashqarida bitilgan tazkiralarda ham oʻz ifodasini topgani haqida yuqorida aytib oʻtgan edik. Shunday tazkiralar Afgʻonistonning oʻzida ham yozilgani shubhasizdir. Ularning koʻpchiligi kam tadqiq etilgan yoki umuman oʻrganilmagan. Hanuzgacha topilmagan va ilmiy muomilaga kiritilmagan tazkiralar ham boʻlishi ehtimoldan xoli emas. Baxtli tasodif tufayli Badaxshon adabiy adabiy hayotiga oid yozilgan tazkiralar bundan mustasnodir. Ulardan birinchisi Munhammad Ismoilxon Nozim Badaxshiyning 1805 — 1810 yillar orasida yozib tugatgan „Tazkiraye Nozim“ („Nozim tazkirasi“) asaridir.
„Nozim tazkirasi“ faqat Badaxshonda emas, balki Afgʻonistonning Balx viloyati, Eron va Buxoro xonligi hududida yashab ijod etgan adiblarga oid maʼlumotlarni ham qamrab oladi. XIX asr boshida yozilgan bu tazkirada Eron va Buxoro shoirlari haqidagi maʼlumotlarning kiritilishi bu davrda koʻrsatilgan hududlardagi adabiy doiralar oʻzaro aloqada boʻlganini koʻrsatadi.
Muhammad Ibrohim Ahqar 1845 yilda yozib tugatgan tazkirasi „Takmilat ur-riyoz“ („Bogʻlarga qoʻshimcha“) da dastlab sheʼriyat paydo boʻlganidan beri arab va fors tillarida ijod etgan buyuk shoirlar haqida maʼlumot bergan, undan keyin esa, Badaxshon adiblari boʻyicha batafsil maʼlumot keltirgan. Muallif oʻz asarini Badaxshon hokimi Yusufalixonga bagʻishlagani eʼtiborga olinsa, bu tazkira ham shu oʻlkada yozilgan, deb taxmin qilish mumkin.
Badaxshonda yaratilgan tazkiralardan yana biri Mir Yorbekxon qalamiga mansub „Laʼli Badaxshon“ („Badaxshon laʼli“) asari boʻlib, muallif uni 1873 yilda yozgan. Tazkira tugallanmagan, unda boshqa adabiy faktlar bilan birga Badaxshon adiblari haqida ham muhim maʼlumotlar keltirilgan.