Bibliografiya ishini tashkil etish Bibliografiya tushunchasi axborotlar infratuzilmasini, ya’ni iste’molchilarning axborot resurslariga kirib borishlarini ta’minlaydigan axborot markazlari, ma’lumotlar bazasi, banki, aloqa tizimi tushunchasi bilan bog‘liq. Buni anglash uchun quyidagi tushunchalarni alohida ko‘rib chiqamiz:
Axborot markazi —axborotni yig‘ish, analitik-sintetik tahlil qilish, qayta ishlash va tarqatish vazifasini bajaruvchi tashkilot.
Axborotni tahlil qilish markazi — aniq bir bilim sohasi bo‘yicha axborotni to ‘plash, yig‘ish, saqlash, baholash, tahlil qilish maqsadida tashkil etilgan tashkilot yoki bo‘lim.
Axborot almashuv markazi— tijorat asosida boshqa markazlar uchun zarur axborotni tarqatish bilan shug'ullanuvchi axborot markazi.
Bibliografik markaz — bibliografik axborotni ishlab chiqish, tokplash, qayta ishlash va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi axborot markazi. Bundan tashqari, axborot agentliklari mavjud, ular u yoki bu yo'nalishda axborotni qidirish, to'plash, tanlash va tarqatish bo‘yicha tijorat asosida ish olib boruvchi tashkilot yoki shaxslar.
Jamiyatning axborotlashib borishi bilan kutubxonalar ham axborot-resurs markazlari va axborot-kutubxona markazlari sifatida mas’uliyatini oshirib bormoqdalar. Chunki asosiy axborot manbalari — turli xil hujjatlaming aynan kutubxonalar fondida yig‘ilishi sir emas.
Axborotlashtirish —axborot resurslariga tezkorlik bilan kirib borishni ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar kompleksidir. Kutubxonalar tajribasida bu butun kutubxonachilik va bibliografik ish jarayonlarini avtomatlashtirish va yangi zamonaviy texnologiyalar asosida axborot markazlarini tuzishdan iborat.
Nazorat savollari .
1. Ma'lumot-bibliografiya xizmati nima?
2. Bibliografik axborot berish- ……
3. Bibliografiya ishi vazifalari nimalardan iborat?
4. Bibliografiya ishini tashkil etish qanday bo’ladi?
5. Axborotni tahlil qilish markazi qanday bo’lim?
6. Bibliografik markaz deb nimaga aytiladi?
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Axundjanov E.A. Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik ishining nazariyasi va tarixi: 0 ‘quv qo‘llanma. — Т.: Ma’naviyat, 2010. - 556 b.
Бахтурина Т. Структура и объект библиографической записи // Библиотековедение. 2014. №3. — с. 49—50
Борисов Б. Технология каталогов: Учеб. пособ. — М.: Книга, 2012. — 224 с.
Воройский Ф.С. Основы проектирования автоматизированных библиотечно-информационних систем / Ф. С. Воройский. — Москва: Физматлит, — 2002. — 216 с
Галман М.А. Реклама каталогов: Технология — М.: Книга, Гелла Принт, 2002. — 40
Ganiyeva В. Kutubxona kataloglari: 0 ‘quv qo‘llanma. — Т.: Fan, 2012. - 116 b.