4-ilova YANGI O`QUV MATERIALINING SLAYDLI TAQDIMOTI O‘zbek bibliografiyasi uning taraqqiyoti va takomillashib borishida, nazariyasi va amaliyotining metodologiyasini ishlab chiqishda XX asrda yashab ijod etgan ko‘plab sharqshunos, bibliograf va kitobshunos olimlarning xizmati katta.
Yevgeniy Karlovich Betger— 0 ‘zbekistonda kutubxonachilik ishining eng keksa avlodi, vakili sharqshunos, kitobshunos, tarixchi va o‘lkashunos olim edi. U umrini ma’naviyat, madaniyat rivojiga bag‘ishladi. Y. K. Betger 1887-yil 30- iyunda Toshkentda malakali dorixona xodimi oilasida tug‘ildi. 1905-yili Toshkent erkaklar gimnaziyasini tugatadi. Moskva, Gendelberg, 1914-yili Kiyev universitetini 1- darajali diplom bilan tugatdi.
1920 — 1924- yillarda 0 ‘rta Osiyo davlat universitetining sharq fakultetida to‘liq kursini tinglash bilan birga sharq tillarini mukammal o ‘rgandi. 1914-yil kuzidan Toshkent erkaklar gimnaziyasida rus tili va adabiyotidan dars bera boshladi. 1915- yil Betger utubxonachilik sohasida ish boshladi, dastlab Rus Geografiya jamiyatining (keyinchalik Geografik jamiyatning 0 ‘zbekiston bo‘limi) Turkiston bo‘limida kutubxonachi bo‘lib ishladi va bir vaqtning o‘zida jamiyat a ’zosi sifatida, xazinachi vazifalarini bajardi. Uning xizmati bilan kutubxona ishi jonlandi, kitoblarni joylashtirish, ularga kartochkalar yozish, predmet katalogini tuzish ishlarini boshladi.