6-ilova Tezkor so’rov savollari 1. lmiy-ommabop- ?
2 Ilmiy-ommabop jurnallar xaqida ma’lumot bering.
3. Vaqtli matbuot nashrlarining turlari qaysilar?
4. Vaqtli matbuot nashrlarining iste’molchilari kimlar?
.
7-ilova
Kelgusi mashg’ulot: Adabiy, ijtimoiy, madaniy – ma’rifiy gazetalar sharhi
Mavzu yuzasidan test savollari tuzib kelish.
Uyga vazifa
14-Mavzu: Ilmiy–ommabop va adabiy-badiiy jurnallar sharhi Reja: 1. Ilmiy-ommabop jurnallar xaqida
2. Vaqtli matbuot nashrlarining turlari
3. Vaqtli matbuot nashrlarining iste’molchilari
lmiy-ommabop (shuningdek, non-fantastik deb yoziladi) — bu mavzu boʻyicha real hayotdagi aniq maʼlumotni beradigan har qanday hujjat yoki media kontentdir. U real hayot haqidagi faktlar yoki fikrlarni yetkazish uchun yoziladi.[1] Ilmiy-ommabop kontentlar obyektiv yoki subyektiv ravishda taqdim etilishi mumkin. Ilmiy-ommabop adabiyot narrativ hikoya yozishning asosiy boʻlimlaridan biri (xususan, nasriy)- badiiy adabiyotdan farqli oʻlaroq, bunda xayoliy personaj va voqealar aytarli boʻlmaydi, lekin baʼzida uning voqelikda noaniq koʻrinishda tavsiflanishi mumkin.
Ilmiy-ommabop asardagi oʻziga xos talablar notoʻgʻri boʻlishi mumkin boʻlsa-da, odatda muallif tarixiy yoki empirik faktlar haqida maʼlumot bera turib, oʻqituvchiga voqelikni toʻlaqonligicha koʻrsatishni maqsad qiladi. Boshqalarning ishongan narsalari toʻgʻrisida ilmiy-ommabop formatda asar yaratish - bu barcha aytib oʻtilgan narsalarning toʻgʻriligini tasdiqlash emas, balki mavzuni toʻliq ifodalash uchun urinish. Audio yoki videoda mavzu boʻyicha asosli maʼlumotlarni taqdim etish imkoniyati paydo boʻlgandan beri, ilmiy-ommabop asarlar faqat yozma matn bilan cheklanmay qolgan.
Badiiy adabiyotda qoʻllaniladigan koʻplab adabiy va ijodiy vositalar, odatda, ilmiy-ommabop adabiyotlarda foydalanish uchun tavsiya etilmaydi. Qizigʻi ular baʼzi eski ilmiy-ommabop asarlarda ham mavjud, biroq ular asar ichidagi maʼlumotlarga soya solmaslik uchun koʻpincha oʻchiriladi. Oddiylik, ravshanlik va aniqlik - ilmiy-ommabop adabiyotlarni yaratishda eng muhim omillar sanaladilar. Auditoriya har qanday badiiy yoki tasviriy ishda muhim deb koʻrilsa-da, ehtimol, bu ilmiy-ommabop adabiyotda eng muhim boʻlishi mumkin. Badiiy adabiyotda yozuvchi shunga ishonadiki, oʻquvchilar mavzuni bilvosita yoki mavhum ravishda taqdim etilgan rivojlanishini kuzatish va talqin qilishga harakat qiladilar, ammo ilmiy-ommabop adabiyotlar koʻproq maʼlumotni aniq berish bilan bogʻliq. Oʻquvchilarning asardan potensial foydalana olishi va mavzu boʻyicha mavjud bilimlari samarali ilmiy-ommabop adabiyot uchun muhim narsadir. Ilmiy-ommabop adabiyotlarning haqiqatga daʼvo qilishiga qaramay, koʻp hollarda oʻquvchini asardagi gʻoyalarga ishontirish kerak, va, shuning uchun ham ilmiy-ommabop asarda muvozanatli, izchil va asosli dalillar juda ahamiyatli. Biroq, badiiy va ilmiy-ommabop adabiyot oʻrtasidagi chegaralar, ayniqsa, biografiya sohasida muammo boʻlib keladi;Virjiniya Vulf aytganidek: „Agar biz haqiqatni granit toshiga oʻxshash qattiq jism va shaxsiyatni kamalakdek ushlab boʻlmas narsa deb hisoblasak, hamda tarjimai holning maqsadi bu ikkalasini bir butunga birlashtirish ekanligini hisobga olsak, biz shuni tan olishimiz kerak: muammo ancha murakkab va shu sababli, biografiyachilar tez-tez bu muammoni yechishda muvaffaqiyatsizlikka uchrab turishsa, hayron boʻlishimiz shart emas“[5] Yarim fantastika - juda koʻp ilmiy-ommabop adabiyotlarni oʻziga qamrab oladigan adabiyot, masalan, bir real voqeaga asoslangan badiiy asar.
Ilmiy-ommabop adabiyotning keng tarqalgan adabiy namunalari orasida izohlovchi, bahslashuvchi va funktsional asarlar; sanʼat yoki adabiyot boʻyicha esseylar; biografiyalar; memuarlar; jurnalistika; va tarixiy, ilmiy, texnik yoki iqtisodiy yozilmalar (shu jumladan elektron yozilmalar) bor.
Jurnallar, fotosuratlar, darsliklar, broshyuralar, chizmalar va diagrammalar ham koʻpincha ilmiy-ommabop deb hisoblanadi. Muallif ushbu asarlarning birortasida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotni kiritishi odatda notoʻgʻri deyiladi. Qolgan asarlar mantiqiy ravishda ham badiiy yoki ham ilmiy-ommabop boʻlishi mumkin, misol uchun, oʻzini tasvirlaydigan jurnallar, xatlar, jurnal maqolalari. Bunday asarlar asosan bir yoʻnalishga daxldor boʻlsa-da, gohida bir necha yoʻnalishning aralashmasi ham boʻlishi mumkin. Baʼzi badiiy adabiyotlar ilmiy-ommabop elementlarini oʻz ichiga olishi mumkin. Baʼzi ilmiy-ommabop adabiyotlar hikoyani izchillash maqsadida tasdiqlanmagan taxmin, deduksiya yoki tasavvur elementlarini oʻz ichiga olishi mumkin, ammo ochiq yolgʻonlarning kiritilishi uni ilmiy-ommabop asar sifatida obroʻsizlantiradi. Nashriyot va kitob savdosida baʼzan “ adabiy jurnalistika ” iborasidan adabiy yoki ilmiy mavzudagi asarlarni farqlash uchun foydalanadilar.
Ilmiy jurnallar turli bilim sohasidagi ilmiy ishlar, ilmiy tadqiqot ishlari natijalari haqidagi asosiy axborot beruvchi manba bo‘lib, mutaxassislar va olimlarga, ilmiy xodimlarga bag‘ishlanadi. „Òafakkur“, „Ijtimoiy fikr“, „Fan va turmush“ jurnali ilmiy jurnallardir. „Fan va turmush“ O‘zFAning ilmiyma’rifiy, ommabop jurnali bo‘lib, turli davrlar vazifasidan kelib chiqqan holda turlicha nomlangan. 1933 —1935- yillar „Sotsialistik ilm va texnika“, 1939—1941- yillarda „Sotsialistik Fan va turmush“ deb nashr etilgan. 1941- yil iyulidan 1957yil fevraligacha ma’lum bir sabablarga ko‘ra nashr etilmagan. 1957- yildan „Fan va turmush“ deb nashr etiladi. Jurnalga dastlab ko‘zga ko‘ringan olimlar, ijodkorlar, birinchi jurnalistlar, ya’ni Otajon Hoshim, Q. Niyoziy, I. Islomov, I. Mo‘minov, M. O‘rozboyev, Y. Òo‘raqulovlar muharrirlik qilganlar. Jurnal rangli illustratsiyalangan holda nashr etiladi. „Ibn Sino“ (Avitsenna) —Ibn Sino Xalqaro jamg‘armasining ilmiy-amaliy jurnali 2000- yildan boshlab Òoshkentda bir yilda 4 marta o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etiladi. Jurnalning vazifasi— Ibn Sino shaxsiga oid, uning mashaqqatli hayot yo‘li, ilmiyijtimoiy faoliyati, sermazmun va ko‘pqirrali ijodi, sinoshunoslik sohasidagi ishlar, izlanishlar, ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari bilan jurnalxonlarni tanishtirib borish. Jurnal 1000 nusxada nashr etiladi. „O‘zbekiston tarixi“ O‘zbekiston FA Òarix institutining ilmiy-tarixiy jurnali bo‘lib, 1998- yili asos solingan. Uning 1- soni 1999- yil yanvarda chiqdi. Har uch oyda 1 marta rus va o‘zbek tilidagi materiallar nashr etiladi. Jurnal tarixchi mutaxassislar, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, talabalari va O‘zbekiston tarixi bilan qiziquvchi kitobxonlarga mo‘ljallangan. „O‘zbekiston davlatchiligi tarixidan“, „Tarixiy shaxslar“, „Tarixiy atamalar“, „Tarixshunoslik“ kabi ruknlarda ilmiy maqolalar berib boriladi.
Kasbiy ishlab chiqarishga oid jurnallar mutaxassis amaliyotchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, shu kasb doirasidagi materiallar haqida axborot beradi. „O‘zbekiston matbuoti“, „Kitob dunyosi“, „Ibn Sino“, „Biblioteka“, „Bibliografiya“, „Klub“, „KPR“ kabi jurnallar maxsus jurnallardir.
„Inson va qonun“ —O‘zbekiston respublikasining huquqiy, ijtimoiy ommabop jurnali Adliya vazirligi tomonidan 1996- yil yanvardan boshlab nashr etiladi. Avval oyda bir marta, 1998yil yanvaridan mustaqil haftalik gazeta sifatida nashr etilgan. Asosiy vazifasi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish, aholini O‘zbekiston va jahon qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan tanishtirib, tushuntirib, sharhlab borish, jinoyatchilik ildizlarini ochish va bu ishga keng jamoatchilikni jalb etishdan iborat.
„O‘zbekiston matbuoti“—O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi ta’sis etgan 2 oyda bir marta chiqadigan ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-siyosiy jurnal. Dastlab „Turkiston matbaachisi“nomi bilan o‘zbek va rus tillarida yaxlit holda oyda 2 marta, 1928 — 38-yillarda uning o‘rniga o‘zbek tilida „Muxbirlar yo‘ldoshi“, 1939—1941- yillarda „Bolshevistik matbuot“, 1924—
„O‘zbekiston tibbiyot jurnali“ —O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar bo‘limlari, Òoshkent shahar Sog‘liqni saqlash Bosh boshqarmasi bir yilda 6 marta o‘zbek va rus tillarida nashr qiladigan ilmiy-amaliy jurnal. 1922- yildan „Turkiston tibbiyot jurnali“, „O‘rta Osiyo tibbiyot jurnali“, 1926-yildan „O‘zbekiston tibbiyot jurnali“ nomi bilan chiqqan. 1941—53-yillarda vaqtincha nashr etilmagan. Jurnalning vazifasi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni, ilmiy-amaliy yutuqlarni targ‘ib qilish, epidemiologiya, sanitariya, ekologiya, dorishunoslik masalalari va sog‘lom turmush tarzini yoritib, targ‘ib qilish „O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi“ning 1- soni 1922- yil „Yangi qishloq“ nomi bilan Òurkiston Maorif xalq komissarligining organi sifatida nashr etilgan. 1925 —71- yillarda „Dehqon“, „Qishloq xo‘jaligi turmushi“, „Paxta uchun kurash“, „O‘zbekiston sotsialistik qishloq xo‘jaligi“, „O‘zbekiston kolxoz-sovxozlar ishlab chiqarishi“ nomi bilan o‘zbek va rus tillarida nashr etilgan. 1971-yildan hozirgi nomda nashr etiladi. Unda qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlari, fermer xo‘jaliklari faoliyati, qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnologiyalar bilan takomillashtirish, qishloq turmush tarziga oid materiallar berib boriladi. 1991- yildan O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligining agrar-iqtisodiy, ilmiy-ommabop jurnali hisoblanadi. „O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar“ („Îáùåñòâåííûå íàóêè â Óçáåêèñòàíå“) — O‘zFAning ijtimoiy-gumanitar fanlar masalalarini yorituvchi ilmiy jurnali. Bir yilda 6 marta o‘zbek va rus tillarida yaxlit holda nashr etiladi. 1957 —60- yillar „O‘zbekiston FA axboroti. Ijtimoiy fanlar seriyasi“, 1960- yil oktabridan hozirgi nomda nashr etiladi. Unda iqtisodiyot, falsafa, huquq, sharqshunoslik va tarix fanlari bo‘yicha materiallar e’lon qilinadi. „Ilmiy axborot“, „Fan yangiliklari“, „Tarix sahifalari“, „Tarixnavislik“, „Manbashunoslik“ rukni ostida ilmiy maqolalar berib boradi. Yilning eng oxirgi sonida yil davomida nashr etilgan maqolalarning mavzular va sohalar bo‘yicha ro‘yxati beriladi.
Adabiy-badiiy, adabiy-ijtimoiy jurnallar turli-tuman mavzularga oid materiallardan tashkil topadi va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallanadi. Ular kitobxonlarni mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlar mualliflarining eng yangi asarlari, tarjima asarlari bilan tanishtiradi. „Sharq yulduzi“, „Guliston“, „Teatr“, „Sanam“, „Saodat“, „Jahon adabiyoti“ kabi jurnallar shular jumlasidandir.
„Muloqot“ jurnali—O‘zXDP Markaziy kengashiga qarashli milliy, ijtimoiy-siyosiy va tarixiy-badiiy jurnal. 1991- yil yanvardan nashr etiladi. Jurnal sahifalarida ijtimoiy-siyosiy, siyosiy-madaniy, iqtisodiy-ma’naviy-ma’rifiy hayot yoritiladi. „Sharq yulduzi“ — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy-badiiy va ijtimoiy jurnali. 1932- yil iyun-iyul oyida „O‘zbekiston sho‘ro adabiyoti“, 1935- yil yanvardan „Sovet adabiyoti“, „O‘zbekiston adabiyoti va san’ati“ nomi bilan chiqqan. Ikkinchi jahon urushi yillarida moddiy imkoniyat bo‘lmaganligi sababli nashr etish to‘xtatilgan.1946- yildan boshlab „Sharq yulduzi“ nomi bilan chiqa boshlagan. Unda o‘zbek, qardosh xalqlar, xorijiy adabiyot namunalari, adabiyotshunoslikka oid materiallar nashr etiladi. Jurnalga Oybek, A. Qahhor, Uyg‘un, A. Muxtor, H. G‘ulom, Mirmuhsin, O‘. Hoshimov, O.Muxtorlar muharrirlik qilganlar. 2005-yildan Minhojiddin Mirzo muharrirlik qilmoqda.
Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari ishiga alohida e’tibor bilan qaraladi, chunki ayni shu to‘rtinchi hokimiyat deb yuritiluvchi vositalar ommani dunyo miqyosidagi va mamlakatimiz ichidagi siyosiy ahvol, madaniy-ma’rifiy yangiliklar, voqealar, fan, texnika taraqqiyoti, kashfiyot va ixtirolar bilan tanishtiradi, kishilarni ularda faol ishtirok etishga jalb qiladi, badiiy, estetik didining shakllanishiga yordam beradi. Vaqtli matbuot nashrlari ommaviy axborot vositalari va, umuman, axborot resurslari orasida alohida o ‘rin tutadi. Mamlakatimizda 120 dan ortiq nomda o‘zbek, qozoq, tojik, rus tillarida gazeta va jurnallar turli yoshdagi iste’molchilarga mo‘ljallanib nashr etiladi. Nashrning har bir chiqishida uning nomi, qachondan boshlab chiqa boshlagani, sanasi, tartib raqami, ta ’sischi tashkilot nomi, muharrir ism-sharifi, bosishga ruxsat etilgan sana, har bir chiqish soni uchun javobgar shaxs, nashrning indeks raqami,
Jurna/lar— universal va ixtisoslashgan mazmunga ega bo4adi. Jurnallar kitobxonlar guruhi, maqsadi va boshqa belgilariga kokra turlanadi. Ular ilmiy, kasbiy, ishlab-chiqarish, ilmiy-ommabop, adabiy-badiiy deb ham ajratiladi. Ilmiy jurnallar turli bilim sohasidagi ilmiy ishlar, ilmiy tadqiqot ishlari natijalari haqidagi asosiy axborot beruvchi manba b o iib , mutaxassislar va olimlarga, ilmiy xodimlarga bagishlanadi. ,,Tafakkur“ , „Ijtimoiy fikr“ , „Fan va turm ush“ jurnali ilmiy jurnallardir. „Fan va turmushu 0 ‘zFAning ilmiym a’rifiy, ommabop jurnali bo'lib, turli davrlar vazifasidan kelib chiqqan holda turlicha nomlangan. 1933 - 1935- yillar „Sotsialistik ilm va texnika", 1939— 1941- yillarda „Sotsialistik Fan va turmush“ deb nashr etilgan. 1941- yil iyulidan 1957- yil fevraligacha m a’lum bir sabablarga ko‘ra nashr etilmagan. 1957- yildan „Fan va turmush“ deb nashr etiladi. Jurnalga dastlab ko‘zga ko‘ringan olimlar, ijodkorlar, birinchi jurnalistlar, ya’ni Otajon Hoshim, Q. Niyoziy, I. Islomov, I. M o‘- minov, M. 0 ‘rozboyev, Y. To‘raqulovlar muharrirlik qilganlar. Jurnal rangli illustratsiyalangan holda nashr etiladi. „Ibn Sino“ (Avitsenna) — Ibn. Sino Xalqaro jamg‘armasining ilmiy-amaliy jurnali 2000- yildan boshlab Toshkentda bir yilda 4 marta o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etiladi. Jurnalning vazifasi — Ibn Sino shaxsiga oid, uning mashaqqatli hayot yo‘li, ilmiyijtimoiy faoliyati, sermazmun va ko‘pqirrali ijodi, sinoshunoslik sohasidagi ishlar, izlanishlar, ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari bilan jurnalxonlarni tanishtirib borish. Jurnal 1000 nusxada nashr etiladi. ,,0 ‘zbekiston tarixi“ 0 ‘zbekiston FA Tarix institutining ilmiy-tarixiy jurnali boMib, 1998- yili asos solingan. Uning 1- soni 1999- yil yanvarda chiqdi. Har uch oyda 1 marta rus va o‘zbek tilidagi materiallar nashr etiladi.
Nazorat savollari
1. lmiy-ommabop- ?
2 Ilmiy-ommabop jurnallar xaqida ma’lumot bering.
3. Vaqtli matbuot nashrlarining turlari qaysilar?
4. Vaqtli matbuot nashrlarining iste’molchilari kimlar?