«Biznes» so‘zi inglizcha bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyatiyoki bosh-qacha so‘z bilan aytganda, kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir.
«Biznesmen» (tadbirkor) atamasi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo‘lib, u «mulk egasi» degan ma’noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta’riflab, uni foyda olish uchun qandaydir tijorat g‘oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir, deb ta’kidlaydi. Тadbirkorning o‘zi, o‘z ishini rejalashtiradi, ishlab chiqarishni tashkil etadi, mahsulotni sotadi va olgan daromadiga o‘zi xo‘jayinlik qiladi.
Tayanch so’zlar: Iqtisodiyot, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, «Biznesmen»
Iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga doir dastlabki tadqiqotlar R. Kontilon, A. Тyurgo, F. Kene, A. Smit va J.B. Sei asarlarida amalga oshirila boshlandi. Biroq hozirga qadar jamoatchilik fikrida
«tadbirkorlik» tushunchasining ko‘p ma’noliligi saqlanib qolmoqda. Ko‘pincha ilmiy adabiyotlarda ushbu tushuncha haqida, bu favqulodda hodisaning iqtisodiy, tashkiliy va ruhiy tavsiflari to‘plamidan iborat, degan tasavvurlar mavjud.
Dastlabki bosqichlarda tadbirkorlikning eng muhim alomati biron-bir shaxs — tadbirkor faoliyatining foydali yoki zararliligini belgilovchi noaniqlik omili sifatida baholangan. Тadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi turli bozorlarda talab bilan taklif orasida muvozanat o‘rnatishga doir takomillik faoliyatidan iborat deb tan olingan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o‘sishi bilan mamlakat tayanchi va suyanchi bo‘lgan mulkdorlar o‘rta sinfini shakllantirish vazifasi bevosita hal etiladi. Umuman aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda aholi bandligini ta’minlaydigan va uning asosiy daromad manbayi bo‘lgan muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Shuning uchun, respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi sharoitida iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘naltirilishini kuchaytirish, ishlab chiqarishni iste’molchilar talablari asosida amalga oshirish va tashkil etish hamda fuqarolarni tadbirkorlik bilan shug’ullanish lariga keng yo‘l ochib berish, ularning mavjud imkoniyatlardan to‘la foydalanishi, yuqori samara, tashabbus va tashkilotchilik asosida tadbirkorlik faoliyatini olib borishlariga katta e’tibor qaratilyapti.
Тadbirkorlarimiz oldilariga qo‘ygan yuksak maqsadlariga erishishda bir qator muammolarga duch kelishmoqda, bular — qonuniyatlarni yetarli darajada to‘la anglamaslik, biznesni tashkil etish, rejalashtirish, moliyalashtirish, soliqqa tortish va boshqarishda kerakli bilim hamda ko‘nikmaga ega emasliklarida namoyon bo‘lmoqda. Bu esa albatta, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimizda sust rivojlanishining asosiy sabablaridan biridir.
Keyinchalik «sarmoya egasi» va «tadbirkor» tushunchalari bir-biridan farqlana boshlandi. Тadbirkor sarmoyani muomalada yuritishni, ko‘payib borishini ta’minlaydi va bu borada u «venchur» sarmoyador, ya’ni jalb qilingan moliyaviy mablag‘larni ustalik bilan tasarruf etuvchi shaxs sifatida ishni yuritib yuborishga o‘z g‘oyalari, bilimi va ko‘nikmalarini tatbiq qilib, ko‘p foyda olish maqsadida o‘sha mablag‘larni tavakkal ishlarga sarflaydi.