Darslarda 95 % gacha qatnashgan ,ma’ruza matnini yozgan,o’quv qurollari to’liq bo’lgan adabiyotlardan foydalanishni bilgan.
3
4.
Ta’lim standartilarida belgilangan bilim,ko’nikmalarni 55 % dan kam o’zlashtirgan o’quvchilar.
2
BBB jadvali 4-ilova
Bilaman
Bilishni xoxlayman
Bilib oldim
Yangi mavzu bayoni 5-ilova
Kompyuter ekranida tasvir qanday yaratilishi bilan tanishib chiqamiz. Kompyuteming ma‘lumotlami elektron ko‗rinishda tasvirlash qurilmasi monitor (monitor – kuzatish, nazorat) deb ataladi.
Kompyuterda bo‗layotgan jarayonlami monitor orqali kuzatish mumkin. Monitoming tasvirlar ko‗rsatiladigan qismi, ya‘ni ekrani displey (display – tasvirlamoq) deb ataladi. Hozirgi paytda alohida korpusda yig‗ilgan tasvirlash qurilmalari kompyuter monitori, kompyuter bilan birga joylangan tasvirlash qurilmalari (masalan, noutbuk, planshet hamda telefonlarda) displey deb atalmoqda.
Kompyuter grafikasi uch turga bo‘linadi: rastli grafika, vektorli grafika va fraktal grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog‘ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi. Rastli grafika. Rastli grafikada tasvir nuqtalar (kog‘ozda), piksellar (nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) yordamida hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar soni qancha ko‘p bo‘lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unga asoslangan rasm, shakl, grafik va hokazolar shuncha aniq ko‘rinib turadi. Shu munosabat bilan ekranning ruxsat etish qobiliyati tushunchasi kiritilgan bo‘lib, unda gorizontal va vertikal yo‘nalishlardagi nuqtalar soni muhim ahamiyatga ega va u ekranning ruxsat etish imkoniyati deyiladi.
Displey ekrani satrlarga va ustunlarga ajratib chiqilgan bo‗lib, har bir qator va ustun kesishgan joyda piksel deb ataluvchi juda kichik tasvir bo‗laklari joylashgan. Piksellaming har biri alohida manzilga ega va mustaqil boshqarilishi mumkin. Har bir piksel uchun xotirada bir baytdan to‗rt baytgacha joy ajratilishi mumkin. Demak, har bir piksel 256 tadan 4 milliardgacha bo’lgan ranglardan birida bo‗lishi mumkin.
Ekrandagi har bir pikselning o‗zi uchga bo‗linadi. Ulardan biri qizil, ikkinchisi yashil, uchinchisi ko’k rangda porlaydi. Bu ranglar asosiy ranglar deb ataladi va turli nisbatda qo’shilib, tabiatda uchraydigan ranglaming deyarli barchasini yarata oladi.