5.2. O’rnatish elementlari-tirgaklar. Ularni payvandlash uzelining detallarini yig’ma moslamalarda aniq o’rnatish uchun qo’llaniladi. Tirgaklarning konstruktsiyasi moslamaga detalni qo’lay o’rnatish, payvandlash chokiga yetish, buyumni payvandlashdan so’ng olish imkonini berishi kerak. Tirgaklarning mustahkamligi va bikrligi buyumning payvandlash jarayonida deformatsiyalanishining oldini olishi kerak.
Tirgaklar doimiy, olinuvchan, ochiluvchan, qayriluvchan va buriluvchan bo’ladi. Doimiy tirgaklar eng ko’p tarqalgan bo’lib, ishlov berilgan tekis yuza, ustun, burchakliklar, ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Tirgaklar moslama asosiga payvandlanadi yoki shtiftlar bilan burib qotiriladi. Olinuvchan hamda doimiy tirgaklar detalni moslama erkin o’rnatish yoki payvand uzelini qiyinlashtiradigan hollarda qo’llaniladi. Ochiluvchan, qayriluvchan, buriluvchan tirgaklarni olinuvchan tirgaklarga nisbatan ishlatilishi oson va qulay hisoblanadi. SHuning uchun yuqoridagi holda bu tirgaklarni qo’llash maqsadga muvofiqroq.
Detallarning bir vaqtning o’zida ikki tekislik bo’ylab o’rnatish uchun burchakli tirgaklardan foydalaniladi. Tirgaklar kuch va yo’naltiruvchi tirgaklarga bo’linadi. Kuch tirgaklari detallarni mahkamlash va ularni payvandlash jarayonida yuzaga keladigan asosiy kuchlar ta’siri yo’nalishida joylashgan bo’ladi. Tirgaklarga tushayotgan yukning (ayniqsa payvandlash vaqtida yuzaga keladi) aniq hisobini olish qiyin bo’lganligi sababli, kuch tirgaklarining konstruktsiyalari sezilarli darajada mustahkamlik zahirasiga ega bo’ladi. Gorizontal tekislikda joylashgan tirgaklarni, odatda, tayanchlar deb ataladi.
5.1- Rasm tirgak. 5.3. Qisish (mahkamlash) elementlari Qisish (mahkamlash) elementlari (bularga qisma va bosmalar kiradi) payvandlanayotgan buyum detallarini moslamaga o’rnatilgandan keyingi payvandlash va yig’ish jarayonlarida, mahkamlash uchun mo’ljallangan.
Qisma va bosmalar quyidagilarni ta’minlashi kerak;
o’rnatilayotgan bazaga nisbatan, detallarni siljimaydigan qilib mahkamlash uchun bosish kuchini to’g’ri yo’naltirishi;
yig’ish va payvandlashning butun jarayonida detallarning mustahkam, bikr o’rnatilishi;
harakatning tezkorligi;
detallarni moslamaga qulay o’rnatish imkoniyati, payvandlashning qulayligi hamda payvandlashdan keyin buyumni moslamadan olish imkoniyati;
ularni harakatga keltirish uchun (qo’l moslamalariga) bora olishning qulayligi;
ishdagi havfsizlik.
Qisma va bosmalar ponali, vintli, ekstsentrikli, richagli, bayonetli, prujinali bo’ladi. Ular doimiy ochiluvchan, qayriluvchan va buriluvchan bo’ladi. Bosmalar qismalardan shu bilan farqlanadiki, ularning kuch bilan ta’siri bir tomonlama bo’ladi, ya’ni ular detallarni yo tirgaklarga yoki boshqa detallar tomon bosadi. Qismalar esa detallarni ikkita qarama –qarshi tomondan qisadi. Ular ikkita ishchi sirtiga ega va ular bir-biriga qarama-qarshi joylashgan bo’ladi (masalan tiskidagi kabi).