Mexaniyazatsiyalashgan yuritmali bosmalar,murakkabligi va qimmatbaholigiga qaramay, qo’ldagilarga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega bo’ladi:
sezilarli darajadagi katta bosim kuchlarini hosil qilishi;
harakatning tezkorligi;
ishchini og’ir qo’l mehnatidan xalos etishi va ishlab chiqarish madaniyatining ortishi;
masofadan turib boshqarish imkoniyati;
bosmalarni qiyin joylarga qo’yish imkoniyati;
bir necha bosmalarni bir vaqtda qo’llash imkoniyati.
Mexanizatsiyalashgan bosmalar yuritmasiga qarab pnevmatik, gidravlik, pnevmagidravlik, elektromagnit va doimiy magnitli bosmalar bo’ladi.
5.4. Payvandlash ta’minlash manbalari
Umumiy talablar
Payvandlash tokining quyi kuchlanishi (15 dan 100 Vol’tgacha)
Tok qiymatining yuqori kattaligi (15 dan 400 Ampergacha)
Payvandlash tokini boshqarish
Payvandlash zanjirini qisqa tutashuvdan himoya qilish
Payvandlash jarayonida tok qiymatining sezilar-sezilmas tebranishlari
Turi
Payvandlash transformatori, Payvandlash to’g’riligichi, Payvandlash almashtirgichi
Tarmoq toki, Tokning payvandlash manbai, Payvandlash toki;
Payvandlash transformatori
Konstruktiv uzellari: 1. Tarmoq ajratkichi; 2. Yoqib o’chirgich-o’chirib yoqqich; 3. Transformator (bir fazali). Vazifasi: tarmoq kuchlanishini payvandlash kuchlanishiga aylantiradi; 4. Payvandlash tokini boshqaruvchi. U shkala va boshqaruv dastasiga ega; 5. Elektrodga ulangan payvandlash kabeli uchun ajralma; 6. Payvandlanayotgan buyumga ulangan payvandlash kabeli uchun ajratkich.
Payvandlash to’g’rilagichi
Konstruktiv uzellar: 1. Tarmoq ajratkichi; 2. Yoqib-o’chirgich-o’chirib yoqqich; 3. transformator (uch fazali) Vazifasi: tarmoqning yuqori kuchlanishini payvandlashning quyi kuchlanishiga aylantirish; tarmoqning kichik qiymatli tokini payvandlashning katta qiymatli tokiga almashtirish; 4. To’g’rilagich 5. Boshqaruv tumbleri va shkalali payvandlash toki boshqaruvchisi; 6. Ventilyator, vazifasi: sovutish; 7. sovutish bazalari; 8.Ulanish ajralmalari; 9.Payvandlash kabelini payvandlash buyumiga ulash uchun ajralma.
Payvandlash almashtirgichi
Payvandlash almashtirgichi payvandlash yoyining eng eski ta’minlash manbalaridan hisoblanadi. Almashtirgich yuritmali motor va payvandlash tokini ishlab chiqaruvchi generatordan tashkil topgan. Yuritmali motor vazifasini elektr motor yoki benzin yo dizelь motorlari bajarishi mumkin. Bu holda so’z payvandlash apparatlari haqida boradi. Payvand almashtirgichi sifatli payvandlash uchun o’zgarmas tok ishlab chiqaradi. Biroq uni ishlatish qiyin va tannarxi qimmatga tushadi.
Dostları ilə paylaş: |