VII. Reduktorning birinchi komponovkasi Komponovka ikki bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqich podshipnik tanlash va tayanch reaksiyalarini aniqlashda shesternya va tishli g'ildirakning tayanchlarga nisbatan taxminiy joylashishini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Komponovka chizmasini bitta proyeksiyada 1:1 masshtabda millimetrovka qogo'ziga chizamiz.
Qog'oz markazida gorizontal o'q chiziq chizamiz va ikkala val o'q chiziqlarini markazlararo masofa bo'yicha vertikal holatda chizib olamiz.
Shesternya va tishli g'ildiraklarni sodda qilib, to'rtburchak ko'rinishida chizib olamiz.
Korpusning ichki devorini chizib olamiz:
a) shesternya yoni va korpusning ichki devori orasidagi oraliq deb qabul qilamiz, agar gupchak bo'lsa, oraliq gupchak yonidan olinadi;
b) tishli g'ildirak tishi cho'qqisi aylanasidan korpus ichki devorigacha bo'lgan oraliqni A=d deb qabul qilamiz;
c) yetaklovchi val podshipnigi tashqi halqasi va korpusning ichki devori orasidagi oraliqni ham A=d deb qabul qilamiz, agar shesternya tishlari cho'qqisi aylana diametri podshipnik tashqi diametridan katta bo'lsa, A oraliq shesternyadan boshlab olinadi.
Yetaklovchi va yetaklanuvchi vallar uchun o'rta seriyali bir qatorli radial sharikli podshipniklarni tanlab olamiz:
yetaklovchi val 305 d=25 mm, D=62 mm, B=17 mm, C=22.5 kN, Co=11.4;
yetaklanuvchi val 306 d=30 mm, D=72 mm, B=19 mm, C=28.1 kN, Co=14.6.
Moy qaytargich halqa y=8...12 mm oraliqda o'rnatiladi
VII.Shponkali birikmani mustahkamligini tekshirish Prizmatik shponkalar. Shponka kesimi o’lchamlari, pazlari va uzunliklar standart bo’yicha. Shponkalar materiali - normallashtirilgan po’lat 45.
Ezilish kuchlanishi va mustahkamlik sharti:
Ezilishga ruhsat etilgan kuchlanish po’lat gupchakda , cho’yan gupchakda esa
Yetaklanuvchi val:
tishli g’ildirak osti shponkani tekshiramiz:
VIII. Reduktor chizmasi Reduktor detallari ro’yhati va asoiy yozuvlari bilan birgalikda 1:1 masshtabda A1(594x841)ga ikki proyeksiyada chiziladi.