Pdf-faylidagi rasmiy manba



Yüklə 100 Kb.
səhifə2/6
tarix02.01.2022
ölçüsü100 Kb.
#38142
1   2   3   4   5   6
2005 15.09.2009

RO‘YXATI

I. 1 yil muddatga nogironlik belgilanadigan kasalliklarning nomlari va ularning klinik ko‘rinishlari



Kasalliklarning nomlari va patologik holatlari

Klinik ko‘rinishlar va funksional holatlarning tavsifi

1. Bosh va orqa miya jarohatlari hamda tug‘ruq jarohatlari oqibati, bosh va orqa miya qon aylanishining og‘ir buzilishlari, periventrikulyar leykomalatsiya, markaziy nerv sistemasining virusli infeksiyalari, tug‘ma nuqsonlar oqibati, aqliy-nutqiy rivojlanishdan orqada qolishi, gidrotsefaliyani dekompensatsiya davri.

Harakat, ruhiy va nutq buzilishlarining aniq klinik ko‘rinishlarida harakatning (chuqur parez, plegiya, paraparez, paraplegiya, triparez, triplegiya, gemiplegiya, gemiparez, tetraparez, tetraplegiya, afaziya, dizartriya, porsial va generallashgan epileptik xuruji, xotirani) buzilishi.
Spastik tetraparez, gemiparez, kontraktura, aqliy rivojlanishning orqada qolishi, tutqanoq xurujlari, g‘ilaylik, yutinishni buzilishi, nutqni kuchli buzilishi.
Subdural, subaraxnoidal, parenximatoz, qorinchalar ichiga va boshqa qon quyilishlar, yelka pleksiti va boshqa pleksitlar, miyelit. Qo‘l va oyoqlarda parez, falajlik, mushak gipotrofiyasi, tutqanoq xuruji, aqliy va nutqiy rivojlanishda orqada qolish, g‘ilaylik, disfagiya, dizartriya, chanoq a’zolari funksiyasining buzilishi.
Tez-tez (oyda 4 va undan ko‘proq) tutqanoq xuruji, giperkinez, gemiparezlar, parezlar, aqliy hamda harakat rivojlanishining orqada qolishi.
Kuchli miya qutisi gipertenziyasi, tez-tez (2-3 xuruj bir hafta davomida) takrorlanuvchi talvasa xurujlari, ko‘z tubidagi asoratlar, parezlar, plegiyalar, aqliy, nutqiy va harakat rivojlanishida orqada qolishlar.

2. Xirurgik amaliyotidan keyingi holatlar: ichki a’zolarida, suyak-mushak tizimida, miya qutisida, quloq-tomoq-burun a’zolarida va suyak-mushak tizimini tug‘ma anomaliyasi (rivojlanish nuqsonlari va deformatsiyalari) bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda uzoq nazoratni va korreksiyani talab qiladigan holatlari.

Operatsiyadan keyingi davrda uzoq qayta tiklash va reabilitatsion muolajalarni talab qiladig�n holatlar, deformatsiyani gips bog‘lami yordamida bosqichma-bosqich davolash holati.

3. Siydik tanosil sistemasi kasalliklari.

Buyrak funksiyasi buzilishining yaqqol klinik ko‘rinishlari, buyrak to‘qimasida patologik jarayonning yuqori faollik darajasi (jarayon 6 oydan uzoq davom etsa). Har yili 2 oydan ko‘proq qaytalanadigan patologik holatlar (buyrak yetishmovchiligining II-III darajasi, bitta buyrak yo‘qligida ikkinchi buyrakning piyelonefrit bilan kasallanishi).

4. Trombotsitopenik Purpura va boshqa gemorragik holatlar.

Koagulopatiya va trombotsitopatiya, trombotsitopenik purpura og‘ir asorat bilan 2 oy va ortiq har yili bitta yoki undan ortiq xurujlar bilan kechishi. Trombotsitlarning soni 50000 dan kam bo‘lishi, trombotsitlar funksiyasini keskin pasayishi hamda gemorragik toshmalar va qon ketish (burun, og‘iz bo‘shlig‘i, bachadon, oshqozon-ichak va boshqalar) holatlari.

5. Oshqozon yara kasalligi. 12 barmoqli ichak yarasi.

Asoratli kechishi. Kasallik xurujining bir yilda ikki va undan ortiq qaytalanishi, qon ketishi.

6. Bachadondan disfunksional qon ketish.

Kasallikning asoratli kechishi. Anemiya (NV 60 g/l dan past bo‘lishi), surunkali kechishi (6 oydan ortiq).

7. Biriktiruvchi to‘qimaning sistem shikastlanishi (sistem qizil yuguruk, dermatopolimiozit), yoshlar revmatoid artriti va tugunchali periarteritning og‘ir turlari.

Har yili 3 oydan ko‘proq qaytalanadigan patologik holatlarning yuqori faollik darajasi, funksional yetishmovchilik yoki buzilishining II-III darajasi.

8. Yurak va qon aylanish sistemasi tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari: ochiq arterial yo‘li, bo‘lmachalararo tug‘ma nuqsoni, qorinchalararo tug‘ma nuqsoni) operatsiyadan keyingi holati.

O‘pka gipertenziyasi va gipoksemiya bilan asoratlangan holatlarda bo‘lishi.

9. Uzoq vaqt davom etadigan kasalliklarda, 3 oydan ko‘proq kuchli ta’sir qiluvchi preparatlar qo‘llanilganda vujudga keladigan holatlar.

Terapevtik yondoshishni talab qiladigan modda almashuvi, immun tizimi, qon tomirlar devorining buzilishi, periferik qonda patologik o‘zgarishl�ri (umumiy oqsilni pasayishi, gemoglobinni 60 gr/ldan kamayishi, anizotsitoz).

10. Gepatit V, S va Delta-Agentli turlari.

Periferik qonda giperfermentemiya (2-3 faollik darajasida — AST, ALT 1 mmol/l, TIMOL miqdorining 7 mmol/l, va bilirubinning 20,5 mmol/l dan yuqori bo‘lishi), gepatosplenomegaliya natijasida dispeptik va astenik buzilishlar.

11. Irsiy modda almashinuvi kasalliklari (fenilketonuriya, galaktozemiya, tseliakiya va boshqalar).

Tashxis qo‘yilgan vaqtidan boshlab maxsus parxezni zarurlik davridan to maxsus parxezni tugatilish davriga qadar.

12. Xavfli o‘smalar.

Xirurgik va boshqa davolash usullari hamda ximioterapiya va nur bilan davolashdan so‘ng hamda “II-III bosqichda”gi holatlar.

13. Tug‘ma gidrotsefaliya.

Belgilari: kuchli miya qutisi gipertenziyasi, tez-tez takrorlanuvchi talvasa xurujlari, ko‘z tubidagi asoratlar, parezlar, plegiyalar, aqliy, nutqiy, motor rivojlanishida orqada qolishlar.

14. Ko‘krak qafasi a’zolari sili: Ko‘krak ichi limfa tugunlar sili, birlamchi sil kompleksi, o‘pka sili, sil plevriti.

Yuqori darajali intoksikatsiya. O‘pka, yurak faoliyati yetishmovchiligining II darajasi.

II. 2 yil muddatga nogironlik belgilanadigan kasalliklarning nomlari va ularning klinik ko‘rinishlari

A. Asab tizimi faoliyatining buzilishi

1. Tug‘ma va orttirilgan asab tizimi markaziy va periferik shikastlanishlarining oqibatlari (travmatik, perinatal, infeksion, intoksikatsion, orttirilgan tug‘ma-degenerativ va boshqa ko‘rinishlar). Epilepsiya.

Doimiy yaqqol ko‘rinishidagi o‘rtacha harakat buzilishlari: monoparez, monoplegiya, paraparez, paraplegiya, triparez, triplegiya, gemiparez, gemiplegiya, tetraparez, tetraplegiya, giperkinezlar, boshqaruvning buzilishi, nutq, ko‘rish, chanoq a’zolarining, orqa miya faoliyatining buzilishlari; Tez-tez qaytalanuvchi davolanishga rezistent tutqanoqlar shaxs o‘zgarishi bilan (oyda 4 va undan ortiq katta yoki kunda tez-tez kichik yoki talvasasiz tutqanoqlar);
6 oy va undan ko‘proq davom etadigan og‘ir ruhiy holatlar.

2. Bolalar tserebral falaji, pereventrikular leykomalatsiya, ensefalit, ikki tomonlama konduktiv va neyrosensor karlik.

Turg‘un alaliya, afaziyaning umumlashmagan shakli, og‘ir darajadagi dizartriya.

3. Aqliy zaiflik.

Aqliy zaiflikning o‘rta darajasi, ko‘rish, eshitish, nutq, xulq-atvorning buzilishlari, tayanch-harakat apparati, chanoq a’zolari faoliyatining buzilishlari bilan kechishi.
Aqliy zaiflik (chuqur yoki og‘ir darajasiga mos keladigan holatlar).

B. Ichki a’zolar va tizimlarning buzilishi

1. Hiqildoq va traxeyaning tug‘ma va orttirilgan kasalliklari.

Traxeostomiyasiz mustaqil nafas olmaslik.

2. Qon va qon yaratuvchi organlar kasalliklari va immun mexanizmni jalb etuvchi ayrim buzilishlar.

Yilida 1-marta anemik krizlar, periferik qonda gemoglobin miqdorining 60 g/ldan pasayishi, eritrotsit, leykotsit, trombotsitlar sonining kamayishi (eritrotsitlar — 2,5 mln.dan, leykotsitlar — 3 mingdan, trombotsitlar — 100 mingdan pasayishi), anizotsitoz, poykilotsitoz, mikrotsitoz.

3. Astma.

O‘rta va og‘ir kechishi (yilda 4 va undan ortiq qaytalanishi, gormonlarga moyilligi). Nafas yetishmovchiligining II-III darajasi.

4. Oshqozon, 12 barmoqli ichak yara kasalligi. Ichakning boshqa kasalliklari. Seliakiya. Jigar (jigar fibrozi va tsirrozi, surunkali virusli gepatit), o‘t pufagi, o‘t yo‘llari va oshqozon osti bezi kasalliklari va tug‘ma rivojlanish nuqsonlari.

Ovqat hazm qilish va jigar funksiyasining yaqqol buzilishi darajasida (giperfermentemiya, ikkilamchi jigar belgilari).
Ovqat hazm qilish jarayonining yaqqol buzilishi: surunkali diareya, oqsilsiz shishlar, steatoreya, glyukozatolerantlik sinamasida yassi qand egriligi, teridagi xloridlar sinamasida S1-60mmol/ldan yuqori bo‘lishi. Maxsus parxezning zarurligi, jismoniy rivojlanishdan ortda qolishi.

5. Qon aylanish sistemasi tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari, ma’lum bir yoshgacha operatsiya qilib bo‘lmaydigan holatlar, yurak va yirik qon tomirlarida o‘tkazilgan xirurgik amaliyotidan keyingi holatlar).

Turg‘un yurak va qon aylanishi yetishmovchiligining II-III darajasi, yaqqol surunkali gipoksemiya, sinkopal holat, yurak ritmining buzilishi, jumladan kardiostimulyator implantatsiyasidan so‘ngi holati.

6. Teri va teri osti kletchatkasi, shilliq parda kasalliklari:

Teri va shilliq pardaning tarqoq shikastlanishi (yaralangan, eritrodermiya va boshqalar).

tug‘ma bullez epidermoliz;

Qo‘l va oyoqlarning yoziluvchi sohalarida, barmoqlarining ustki yuzalarida pufaklar, eroziyalar, ularni o‘rnida chandiqli atrofiya hosil bo‘lishi. Mutilatsiya va kontrakturalar bilan kechishi. Toshmalar doimo arzimagan shikastlar (mikrotravma) natijasida qaytalanib turishi.

po‘rsildoq (puzirchatka);

Badanda, og‘iz shilliq qavatlarida qobig‘i bo‘sh pufaklar, yuzalari namlanib turadigan og‘riqli eroziyalarni hosil bo‘lishi, kasallikni surunkali kechishi, sezilmas sabab natijasida qaytalanishi.

tug‘ma ixtioz;

Tug‘ilgandan boshlab bolaning teri qalinlashib, tangachalar hosil bo‘lishi (baliq tangachasi) hamda teri elastikligi kamayib, yorilish bilan kechishi.

sklerodermiya, qizil yuguruk (krasnaya volchanka);

Teri va shilliq pardaning tarqoq shikastlanishi (eritrodermiya, atrofiya va uning natijasida badanda assimetrik o‘zgarishlar). ko‘pincha yuzni yonoq sohasida burun terisida kapalak shaklidagi qizarish so‘ng qalinlashuv va atrofiya paydo bo‘lishi, sistemali klinik shaklida ichki a’zolarda o‘zgarishlar va kasallik belgilari doimo kuchayib borishi bilan kechishi.

entropatik akrodermatit;

Tabiiy teshiklar atrofidagi terining shikastlanishi (eritrodermiya, shilinishi, tangacha va qatqaloqlar bilan qoplanishi) va ich ketishi bilan kechishi.

tug‘ma porfiriya;

Quyosh nuri tushgan sohalarda teri qizarishi, pufakchalar, eroziya yaralar va pigmentatsiyalar hosil bo‘lishi hamda tirnoq va sochlarni atrofiyasi bilan kechishi. Siydik va qonda porfirinlar miqdori ko‘payishi.

Dyuringni uchiqsimon dermatiti.

Teri va shilliq pardaning tarqoq shikastlanishi (yaralangan, eritrodermiya, qichishi).

7. Tug‘ma va irsiy kasalliklar va sindromlar, shu qatorda mitoxondrial kasalliklar hamda modda almashuvi buzilishlari kasalliklari.
Miopatiyalar, nevral amiotrofiyalar, irsiy neyrodegenerativ kasalliklar — leykodistrofiya, gepatolentikulyar degeneratsiya va boshqalar.
Irsiy raxitsimon kasalliklar, mukopolisaxaridozlar, tugallanmagan osteogenez, Marfan sindromi, Elers-Danlo sindromi va boshqalar.
Xromosoma buzilishlari: Daun sindromi, Klaynfelter sindromi, Shershevskiy-Terner sindromi, Patau sindromi, Edvards sindromi va boshqalar.

Doimiy yaqqol ko‘rinishidagi o‘rtacha harakat buzilishlari: paraparez, paraplegiya, triparez, triplegiya, gemiparez, gemiplegiya, tetraparez, tetraplegiya, giperkinezlar, boshqaruvning buzilishi, nutq, ko‘rish, chanoq a’zolarining, orqa miya faoliyatining buzilishlari.
Hayotiy faoliyatining hamda tayanch-harakat tizimining kuchli buzilishi. Giperkinezlar, boshqaruvning hamda nutqning buzilishi.
Tez-tez (4 xuruj bir oy davomida) qaytalanuvchi davolanishga rezistent tutqanoqlar.
6 oy va undan ko‘proq davom etadigan og‘ir ruhiy holatlar.
Yaqqol aqliy zaiflik (aqliy zaiflikning chuqur va og‘ir darajasiga mos keladigan holatlar). Doimiy yaqqol ko‘rinishidagi o‘rtacha harakat (generallashgan gipo- va gipertoniyalar) buzilishlari: paraparez, paraplegiya, triparez, triplegiya, gemiparez, gemiplegiya, tetraparez, tetraplegiya, giperkinezlar, boshqaruvning buzilishi, nutq, ko‘rish, chanoq a’zolarining, orqa miya faoliyatining buzilishlari.
Genetik tekshiruv har bir kasallikka xos tekshirish natijalari asos bo‘lib xizmat qiladi.

V. Ortopedik va xirurgik kasalliklar

1. Suyak-mushak sistemasi va biriktiruvchi to‘qima kasalliklari, (etiologiyaga bog‘liq bo‘lmagan poliartritlar, kollagenozlar, osteomiyelitlarning og‘ir shakllari va ularning asoratlari, mutilatsiya, tug‘ma anatomik nuqsonlar, kontraktura, sindaktiliya, polidaktiliya, artropatiya. Suyak-bo‘g‘im tizimida og‘ir operatsiyalardan so‘nggi holatlar. Kuyishdan keyingi kelloid chandiqli kontrakturalar.

a) Suyak to‘qimasining yaqqol destruksiyasi (osteoporoz, tog‘ay bilan uzviyligi), mushaklardagi patologik o‘zgarishlar, mushak va suyaklarning nuqsoniga olib keladigan, ya’ni qaytalanuvchi patologik sinishlar, bo‘g‘imlar faoliyatining II-III darajali funksional yetishmovchiligi.
b) Umurtqa pog‘onasi va ko‘krak qafasining III-IV darajali deformatsiyasi natijasida tayanch-harakat apparatining va nafas olish faoliyatining II-III darajali funksional yetishmovchiligi. Bir yoki bir nechta bo‘g‘imlarning kontrakturalari va ankilozlari, katta naysimon suyaklarning yolg‘on bo‘g‘imlari.
v) bir oyoq-qo‘l yoki uning segmentida tug‘ma nuqsonlar bo‘lishi natijasida oyoq-qo‘llar funksiyasining III-IV darajali buzilishlari.
g) bir yoki ikkala oyoq va qo‘llardagi deformatsiyaga olib kelgan holatlar.

2. Lab va tanglay yorig‘i (quyon lab va bo‘ri tanglay), til, og‘iz va halqumning boshqa tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari).

Qattiq va yumshoq tanglayning tug‘ma defekti, manqalanish, ovqatning nafas yo‘llariga o‘tishi va nutq defekti bilan kechishi.

3. Qizilo‘ngach, ovqat hazm qilish va siydik-tanosil sistemasi kasalliklari (buyrakning bujmayishi, uretropiyeloplastika, tsistoplastika operatsiyalari va qayta plastik operatsiyalaridan keyingi holat), jarohatlanishi va nuqsonlari, oshqozon va yo‘g‘on ichakning total rezeksiyasi yoki ingichka ichakning 2/3 qismini kesilishi — kalta ichak sindromi, ichakning oqmalari (iliostoma, kolostoma) qorin oraliq proktoplastikasi, yarali chandiqli torayishlar tufayli me’daga gastrostoma qo‘yish, sun’iy qizilo‘ngach plastikasi.

Ovqat hazm qilish funksiyasining turg‘un buzilishi, siydik va axlat tutaolmaslik, ichak, siydik va siydik-tanosil oqmalari, xirurgik aralashuvga yoki vaqtiga qarab xirurgik davolash mumkin bo‘lmagan ichak, siydik va siydik-tanosil oqmalari.

G. Ko‘z kasalliklari

1. Ko‘ruv a’zolarining ikki tomonlama tug‘ma va orttirilgan shikastlanishlari.

Ko‘rish o‘tkirligining yaxshi ko‘radigan ko‘zdan 0,2 (korreksiyadan so‘ng) aniq pasayishi yoki ko‘rish maydonining bog‘lanish nuqtasida hamma yo‘nalish bo‘yicha 25 gradusgacha torayishiga olib keladigan patologik holatlar.

III. 16 yoshgacha bo‘lgan muddatga nogironlik belgilanadigan kasalliklarning nomi va ularning patologik holatlari

A. Asab tizimining kasalliklari va ruhiy buzilishlar

1. Serebral falaj va boshqa falajli sindromlar (qo‘l-oyoqlarning uzoq vaqt falajligi yoki chuqur parezlari, turg‘un ikkilamchi tarqoq atetoz tipidagi giperkinezlar, xoreoatetoz, koordinatsiyaning yaqqol buzilishi).

2. 2 yil va undan ortiq doimiy ravishda davolashga qaramay davom etayotgan tez-tez qaytalanuvchi epilepsiyaning shaxs o‘zgarishi va aqliy pastligi bilan kechishi (oyiga 4 va undan ortiq katta yoki kunda tez-tez kichik yoki tutqanoqsiz kechuvchi).

3. Tashxisi tasdiqlangan nasl-genetik va degenerativ kasalliklar (stabil va zo‘rayuvchi turlari).

4. Kelib chiqishi har xil bo‘lgan aqliy zaiflikning chuqur va og‘ir turi.

5. 6 oy davom etadigan (surunkali) og‘ir shizofreniya va boshqa ruhiy buzilishlar va xulq-atvor buzilishlari.

6. Meningoensefalitning (ensefalitning) 2 yil va undan ortiq doimiy ravishda davolashga qaramay tiklanmagan (chuqur parez, plegiya, paraparez, paraplegiya, triparez, triplegiya, gemiplegiya, gemiparez, tetraparez, tetraplegiya, afaziya, dizartriya, parsial va generallashgan epileptik xuruji, ruhiy, aqliy zaiflikning o‘rta, chuqur va og‘ir holatlari) turg‘un asoratlari.

B. Ko‘z va uning qo‘shimcha apparati kasalliklari va jarohatlari

1. Ko‘rish o‘tkirligining yaxshi ko‘radigan ko‘zda 0,04 - 0,08 (korreksiya bilan)ga pasayishi yoki ko‘rish maydonining bog‘lanish nuqtasidan hamma yo‘nalish bo‘yicha 15 gradusgacha torayishiga olib keladigan ikki tomonlama orqaga qaytmaydigan turg‘un va davolab bo‘lmaydigan tug‘ma va orttirilgan ko‘rish a’zosi shikastlanishlari.

2. Ko‘rish o‘tkirligining yaxshi ko‘radigan ko‘zda 0,2 (korreksiya bilan)ga pasayishi yoki ko‘rish maydonining bog‘lanish nuqtasidan hamma yo‘nalish bo‘yicha 25 gradusgacha torayishiga olib keladigan ikki tomonlama orqaga qaytmaydigan turg‘un va davolab bo‘lmaydigan tug‘ma va orttirilgan ko‘rish a’zosi shikastlanishlari.

3. Bir tomonlama ko‘z soqqasini yo‘qligi (anoftalm) yoki bir tomonlama ko‘zni ko‘rligi (0 dan 0,02 gacha qamrab olingan).

V. Ichki a’zolar kasalliklari

1. Bronx-o‘pka tizimining tug‘ma va irsiy kasalliklari (aniqlanmagan kistozli fibroz-mukovissidoz, alveolit surunkali kechishi bilan va o‘pka tug‘ma anomaliyalari) nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligining II darajasi.

2. Tug‘ma va orttirilgan xarakterdagi bronx — o‘pka kasalliklarida II-III darajali turg‘un nafas yetishmovchiligi. Astmaning garmonga bog‘liq turi.

3. Lokal formasi bilan dispanser hisobida turadigan sil kasalliklari: o‘pkaning o‘choqli sili yallig‘lanish va emirilish davri BK+, o‘pkaning infiltrativ sili emirilish va tarqalish davri BK+, kavernali va fibrozli-kavernali shakli turg‘un nafas yetishmovchiligi II-III daraja, tsirrotik o‘pka sili. O‘pkadan tashqari organlar sili surunkali kechishi (suyak va bo‘g‘imlar sili, siydik-tanosil organlari sili, sil meningoensefalitlari asoratlari bilan va boshqalar).

4. Yurakning inoperabel fonida qon aylanishining turg‘un yetishmovchiligi.

5. Jigarning tug‘ma, irsiy, orttirilgan kasalliklarida kuchli turg‘un qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlari.

6. Surunkali buyrak yetishmovchiligining III -bosqichi.

7. Birlamchi arterial gipertoniya (gipertoniya kasalligi), buyraklar shikastlanishi ustunligi bilan.

8. Diabetik nefroskleroz.

G. O‘sma kasalliklar

Inkurabel yomon sifatli o‘smalarning og‘ir shakli. A’zolar funksiyasining kuchli buzilishi kuzatilganda xirurgik muolajalar mumkin bo‘lmagan holatdagi xavfsiz sifatli o‘smalar.

D. Xirurgik kasalliklar va anatomik nuqsonlar hamda deformatsiyalar

1. Bir necha bor operativ rekonstruktiv amaliyotidan keyin tuzatib bo‘lmaydigan doimiy najas va siydikni tutaolmaslik, yo‘g‘on, to‘g‘ri ichak va orqa chiqaruv teshigining tug‘ma va orttirilgan oqmalari, siydik tanosil a’zolari oqmalari.

2. Muhim a’zolar: o‘pka, jigar, ichaklar va anorektal sohasining, o‘t yo‘llarining atreziyasi, buyrak, siydik pufagining yo‘qligi, yaqqol rivojlanmaganligi tufayli patologik asoratlarda muhim a’zolarning turg‘un funksional buzilishlari.

3. Suyak-mushak sistema va biriktiruvchi to‘qima kasalliklarida yaqqol qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlari:

a) bir yoki ikkala oyoq va qo‘llarda tug‘ma va orttirilgan og‘ir darajadagi deformatsiyalar va amputatsion cho‘ltoqlar;

b) ankiloz, kontraktura, patologik sinish, skelet deformatsiyasiga olib keladigan umurtqa pog‘onasining tizimli zararlanishi;

v) tayanch-harakat apparatining rivojlanish nuqsonlari tufayli mustaqil harakat va o‘z-o‘ziga xizmat qilish imkoniyati yo‘qligi.

E. Endokrin tizimi kasalliklari

Ichki sekretsiya bezlari funksiyasining yetishmovchiligi:

qandli diabet (insulinga bog‘liq qandli diabet);

qandsiz diabet (pitiutrin-rezistent shakli), Itsengo-Kushinga sindromi, surunkali buyrak usti bezlarining boshqa buzilishlari (Adisson krizi), total adrenoektomiyadan keyingi holati, buyrak usti bezi po‘stlog‘ining og‘ir tug‘ma disfunksiyasi, og‘ir tug‘ma yod yetishmovchiligi sindromi, gipofizar nanizm, tug‘ma va orttirilgan gipotireozning og‘ir shakli, gipoparatireoz, tireotoksikoz.

J. Qon va qon yaratuvchi organlar kasalliklari

1. Leykozlar, gemoblastozlar, Xodjkin kasalligi (limfogranulomatoz), xavfli gistiotsitoz.

2. Qon ishlab chiqarishning tug‘ma va orttirilgan aplastik anemiyalar.

3. Idiopatik trombotsitopenik purpura, koagulopatiya nasliy va surunkali shakllari.

4. Og‘ir gemorragik kriz bilan kechuvchi doimo qaytalanib turuvchi surunkali trombotsitopatiyalar, irsiy va orttirilgan shakllari, yilida 3 marotabadan ortiq gemorragik krizlar.

5. Gemolitik anemiya irsiy, orttirilgan shakllari, yilida 3 marotabadan ortiq gemolitik krizlar.

6. Gemofiliyaning hamma turlari.

Z. Immun mexanizmini jalb etuvchi ayrim buzilishlar

1. Tug‘ma immun tizim tanqislik holatlari:

a) og‘ir mujassamlashtirilgan antitelalar (antitanachalar) yetishmovchiligi ustun bo‘lgan immunodefitsit holatlar, polimorfyadroli neytrofillar funksional buzilishlari, septik granulamatoz — jigar, o‘pka, limfa tugunlari va boshqa a’zolarning qaytalanib turuvchi bakterial shikastlanishi bilan kechishi;

b) qon zardobida immunoglobulin “E” ning konsentratsiyasi 1000 KED/l.dan yuqori bo‘lishi bilan jigarda, o‘pkada, teri ostida “sovuq” abssesslarning qaytalanishi bilan kechuvchi giperimmunoglobulin “E” sindromi.

2. Orttirilgan immuntanqislik holatlari:

a) OIV infeksiyasining III-IV darajasi.

b) OITS — odam immuntanqisligi sindromi.

I. Quloq, tomoq va burun kasalliklari

1. Ikki tomonlama konduktiv va neyrosensor karlik III-IV daraja yoki eshitish qobiliyatining to‘la yo‘qotilishi. Nutq buzilishi.

2. Eshitishning buzilishiga olib keluvchi quloq tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari). Ikki tomonlama quloqning tug‘ma rivojlanmasligi yoki tuzatib bo‘lmas anomaliyasi (quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘lining bo‘lmasligi).

3. Hiqildoq tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari) mustaqil nafas olish funksiyasi buzilishi bilan.

4. Hiqildoq va kekirdak yuqori qismining orttirilgan chandiqli torayishi, 2-3-darajali nafas yetishmovchiligi bilan.

5. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining granulyoma va granulamasimon shikastlanishlari.

16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish haqida tibbiy xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


2-ILOVA


Yüklə 100 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin