Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 9 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 170 September, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal g‟oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona to‟xtamga kelinmagan.
Ta‟lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tatbiq etish yuqorida qayd
etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi. Ta‟lim tizimini
texnologiyalashtirish g‟oyasi o‟tgan asrning boshlarida G'arbiy Yevropa, AQSHda
ta‟lim tizimini isloh qilish, ta‟lim samaradorligini oshirish, shaxsning
ijtimoiylashuvini ta‟minlash uchun muayyan shart-sharoitni yaratish borasidagi
ijtimoiy harakat yuzaga kelgan davrda ilk bora o‟rtaga tashlandi. Mazkur g‟oya 30-
yillarda ta‟lim jarayoniga „„pedagogik texnika” (“ta‟lim texnikasi”) tushunchasining
olib kirilishi bilan asoslandi. Bu davrlarda yaratilgan maxsus adabiyotlarda
“pedagogik texnika” (yoki “ta‟lim texnikasi”) tushunchasi “o‟quv mashg‟ulotlarini
aniq va samarali tashkil etishga ко‟maklashuvchi usul va vositalar yig‟indisi” tarzida
talqin etildi hamda o'quv jarayoniga o‟quv va laboratoriya jihozlarining olib kirilishi,
ulardan samarali, unumli foydalanish, material mazmunini ko'rsatmali qurollar
yordamida tushuntirish kabi holatlar ta'lim samaradorligini oshirishga yordam
beruvchi yetakchi omillardir, deya baholandi.
XX asming 50-yillarida ta‟lim jarayonida texnik vositalami qo‟llash “ta‟lim
texnologiyasi” yo'nalishini belgilab beruvchi omil deya e‟tirof etildi, asosiy e‟tibor
magistrlar auditoriyasini kengavtirish texnik vositalardan foydalanish evaziga amalga
oshirilishi, texnik vositalarning imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, ulaming
axborot sig‟imini kengaytirish, axborotlarm uzatish xizmatini sifatli tashkil etish,
ta‟lim olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratildi. Bu borada olib borilgan
tadqiqotlarning ob‟ekti, tayanch nuqtasi sifatida texnik vositalar imkoniyatlari, ulami
takomillashtirish jarayoni qabul qilindi, shuningdek, o‟quv jarayonini
“texnologiyalashtirish”ning tashkiliy jihatlarini o‟rganishga alohida urg‟u berildi. 60-
yillarning boshlarida ta‟limni dasturlash asosida ta‟lim jarayonini tashkil etish
“texnologiya” tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida ko‟rila
boshlandi [
Ro'ziyeva D. 2019. – B.16.
].
Ta‟lim texnologiyalari umumiy asoslarining negizi bo‟lgan qonuniyatlardan
xabardor bo‟lish uchun “qonuniyat” tushunchasining mohiyatini yetarli darajada
anglab olish talab qilinadi. Shunga ko‟ra pedagogikada har qanday fanning
qonuniyatlarini yoritishda tizimli tarkibiy yondashuv uning metodologik asosi bo‟lib
xizmat qiladi. Binobarin, tizimli-tarkibiy yondashuv pedagogik-texnologik tizimda
kechadigan ketma-ket doimiy takrorlanib turuvchi, muhim, zarur, barqaror aloqalarini
yoritish imkonini beradi [
Shukruna B.2008.-B.332.].
“Pedagogik texnologiya” fani
tomonidan
o‟rganiladigan
yaxlit
pedagogik
jarayon
qonuniyatlarining namoyon bo‟lishi uchun quyidagi omillar
o‟rtasidagi aloqalarni tahlil qilish zarur: 1) pedagogik jarayon