Nomonjonova shohizar U.psixologiya Mustaqil ta\'lim
V.Pedagog o’z ilmiy o’quv uslubiy salohiyatini oshirishning psixologik muammolarini hal etish usullari.
O‘qituvchining mustaqil bilim egallashi deganda, uning o‘z bilimlarini doimiy ravishda kasbiy va umummadaniy axborotlar bilan to‘ldirib, o‘zining individual ijtimoiy tajribasini keng mikyosda doimo yangilab borishi tushuniladi.
Odatda aksariyat o‘qituvchilar mustaqil bilim egallash zarurligini tushungan holda, undan muvaffaqiyatli foydalanadilar.Buning motivlari odatda pedagogik faoliyat jarayonida o‘qituvchi oldida yuzaga keladigan muammolarni anglab olish natijasida shakllanadi. Ko‘p hollarda bunday motivlar o‘qituvchilarni qanday o‘qitib va qanday tarbiyalash kerak, degan xohish-istaklar tariqasida, fanning oxirgi yutuqlari, o‘zining pedagogik mahoratini takomillashtirish ehtiyoji tug‘ilishi munosabati bilan shakllana boradi.