PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 6 –TOM 2 – SON / 2023 - YIL / 15 - FEVRAL
www.bestpublication.org 510
gapda so'zlarning tartibiga, ularning bir-biriga bog'lanishiga, so'zlar o'rnini almashtirib,
gapni qayta tuzib o'qishda, izchillikka rioya qilish mashqlarini o'tkazishga e'tibor
beriladi.
Boshlang‟ich sinf o‟quvchilari “Ona tili va o‟qish savodxonligi” darslarida hikoya,
ertaklar matnini so'zlab berishda qahramonlar ovoziga taqlid qila bilish; rasm va
narsalarni taqqoslab tasvirlash, sayr, tomosha, o'yin, mehnat haqida hikoya qilish,
misollar keltirish, matnda tasvirlangan voqealar haqida xulosalar chiqarish, badiiy
matn ustida ishlashga o'rgatish, matnni qismlarga bolib, ular mazmuniga mos
sarlavhalar topish, ijodiy rasmlar ishlash kabi jarayonlarda bolalar tafakkur qilishga
o'rganadilar.
Bolalarda nutq madaniyatini tarbiyalash uchun og'zaki nutq namunalaridan
foydalanish, ularga taqlid qilish, ko'proq yod olishga e'tibor berish mashqlarini o'tkazish
tavsiya etiladi. Bolalarga hamisha o'z nutqiga e'tiborli bo'lish, o'rtoqlarining nutqiga
odilona baho berishga o‟rgatiladi. Kichik yoshdagi maktab o'quvchilarining yod olish
qobiliyatlarini rivojlantirish borasida o'tmishdagi maktablar tarjibasi juda qo'l keladi.
Qadimda maktablarda bolalar o'qiganlarini yod olish usullarini o'zlashtirib olganliklari
uchun ularning xotiralari yaxshi bo'lganligi ma'lumdir. Shularni hisobga olib, o'quv
dasturida yodlash uchun 12-14 ta she'r namunalari berildi. Ular ham ta'limiy, ham
tarbiyaviy ahamiyatga egadir. She'rni yoddan aytishda ifodalilikka, nutq odobiga rioya
qilish, shoshilmay, yoqimli ovozda o'qish talab etiladi.
O'qituvchi “Ona tili va o‟qish savodxonligi” darslarida o'z nutqining bolalarga
qanday ta'sir etayotganini kuzatishi, tushunarli va qiziqarli bo'lganini hisobga olishi
kerak. Agar bolalar darsda e'tiborsiz o'tirsalar, demak, o'qituvchi nutqining ta'sir kuchi
sust. U o'z nutqini hamma bolalarga, goho ayrim bolalarning xulq-atvoriga qaratgan
holda boshqarishi, qiziqarli misollar aytishi, o'quvchilar e'tiborini tortib, o'rinli imo-
ishoralar ishlatishi, qo'lni besabab harakatlantirmasligi, bir nuqtaga qarab emas, balki
sinf jamoasining diqqatini tortgan holda gapirishi kerak.
“Ona tili va o‟qish savodxonligi” darslarida ko'pincha obrazli nutq asosidagi
suhbat, savol-javob kabi usullardan foydalaniladi. Tilimizning lug
‟
at boyligi tarkibida
yorqin, ifodali nutqni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan hamma vositalar mavjud.
So'zlarni ko'chma ma'noda ishlatish imkoniyati va buning natijasida so'zlarning ko'p
ma'no kasb etishi lug'atimizning yanada boyishiga imkon beradi.
Bola nutqining taraqqiyotini aniqlash yuzasidan o'tkazilgan tajribalar dastlab
so'zlarning vujudga kelishi va shu asosda dastlabki umumiy tushunchalarning paydo
bo'lib, shakllanishini ko'rsatadi.
“Ona tili va o‟qish savodxonligi” darslarida xilma-xil usullarni qo'llash bola uchun
qiziqarlidir. Jumladan, ovozni saqlay bilish. O'qituvchi bu ishga jiddiy e'tibor berishi,
bunda o'zi namuma bo'lishi zarur.
Bolalarning nutqini o'stirishda ikki asosiy talabni hisobga olish lozim: og'zaki
nutqdagi izchillik, fikrlash, ifodalilik, pauza (to'xtam), temp (sur'at). Yozma nutqda