Pedagogic konfliktologiya



Yüklə 27,52 Kb.
səhifə1/4
tarix21.06.2023
ölçüsü27,52 Kb.
#133385
  1   2   3   4
2-amaliy ped konflikt


2-amaliy
Pedagogic konfliktologiya
Pedagogik oliy ta`lim va pedagogik ilmiy tadqiqotlar sohasida Sharq va evropa mamlakatlari bilan aloqa o`rnatish Xorijiy mamalakatlari bilan hamkorlik kontsentsiyasiga quyidagilar keradi:
- xorijiy mamlakatlardagi pedagogik o`quv va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa o`rnatish.
- pedagogik muommolarni tadqiq qilishda hamkorlikni yo`lga qo`yish.
- o`qituvchilar aspirantlar, doktoratlarni ilmiy va pedagogik faoliyatga tayyorlash sohasida hamkorlik qilish.
- pedagogik muammolar bo`yicha halqalararo seminarlar, konferintsiyalar o`tkazish.
- pedagogik ta`lim va pedagogika fni sohasida informatsiyalar almashshish, maktablar, pedagogika o`quv yurtlarining o`quv rejalari, o`quv dasturlari, darsliklar metodik qo`llanmalarni o`zaro almashishi. Pedagogik konfliktologiya metodikasi o`qituvchi madaniyatini rivojlantiradi. Metodika o`qituvchi va o`quvchi o`rtasidagi ziddiyatlarni hal etishda foydalaniladi.
Ta`limni insonparvarlashtirishning asosiy yo`nalishlari ta`lim oluvchilarning qobiliyat va ite`dodlarini har tomonlama ochmi va milliy umumbashariy g`oyalar hamda qadriyatlarni singdirish shaxs jamiyat va atrof munosabatlarini yo`g`unlashtirish, o`quvchi va o`qituvchi o`rtasidagi aloqa sermazmun an`ana “ustoz-shogird” munosabatlarini yaxshilashdan iboratdir.
Demokratlashtirish jarayoni ta`lim muassasalarida o`zini-o`zi boshqarish shaklida o`tishini faollashtirishni o`quv yurtlarini va ta`lim tarbiya uslublarini toplashda mumtaqillikni kengaytirishni taqozo qiladi. Bu yo`nalishda jamoatchilik tashkilotlarniayniqsa,yoshlar va bolalar tarbiyasi bilan bog`liq muassasalarni roli ko`chaytirib borish talab qilinadi. Maktablar, litseylar va oliy ta`lim muassalaridagi ta`lim jarayonni tashkil etishga ilg`or o`quv dasturlari marosimlar, bayram tadbirlarini urf odatlarini pedagoglar yangi munosabatlarni singdirib borishi lozim bo`ladi.
Bolalarga oliy janob munosabat.
Insondagi eng yaxshi, olijanob fazilatlarni biri samimiylikdir.deyarli kun ora ishlatiladigan bu so`zning ma`nosiga ko`pincha e`tibor bermaymiz. Aslida arab tilida o`zlashtirilgan samimiyat, samimiy so`zlarini o`zbekchaga o`chirganimizda “boshqalar gapini tinglaydigan hamfikr bo`la oladigan, xabardor” degan ma`nolar chiqadi. Odob axloqning yaxshilik deb nomlanuvchi biri bo`lgan samimiylik katta tushancha.
Samimiyat kishilarning o`zaro munosabat va muloqatida yuza chiqadi. Har kuni qanchadan qancha odamlar bir-birlari bilan muloqatda bo`ladilar.
Ochiq ko`ngililik bilan beg`araz chin yurakdan moomolalikka nima etsin. Oliy janob insonlar kattayu-kichikka barobar, ular kunglini olishga intiladi., haqiqatni yoqlaydi, ma`rifatga intiladi, o`zini xurmat qiladi. Bolalar bilan munosabat jarayonida biz to`g`ri so`zlik, oq ko`ngillilik, bag`rikenglik, bilimlilik, beg`arazliliklaridan foydalansak biz tarbiya berayotgan yosh avlodda oliy fazilatlar shakllanib boradi. Bolalarga yaxshilik qilish,fazilatini,salomlashni, kattalarga xurmatni, kichiklarga izzitni, mehr-muhabbat tuyg`ularini shakllatirib borishimiz lozim.
Ota-bobolarimiz doimo yaxshi niyat, yaxshi orzu-istaklar bilan yashaganlar o`zlaridan yaxshi farzandlar, yaxshi shogirdlar, yaxshi shoirlar, yaxshi nom qoldirishga harakat qilganlar. Yaxshi xulqqa ega bo`lgan kishilirgina odamlarga yaxshilik qila oladilar. Bolalarga oliy janob munosabatlarni: vatanni sevmoq, diyonat, matonat,savob, shijoat, sabr, vijdon, hayo, iffat, sadoqat, do`stlik, kamtarlik, lafz, mardlik, odamiylik, mehnat sevarlik, rostgapirish, to`g`ri so`zlik kabi fazilatlarni ta`lim-tarbiya jarayonida ularni ongiga singdirib borishimiz biz pedagog va ota-onalarini burchimizdir.
Majburlamagan holda o`qish bizga ma`lumki, ta`lim albatta ta`limni muassasalaridaolibboriladi. Ta`lim muassasalariga:
-maktabgachcha ta`lim muassasalari
- umumiy o`rta ta`lim maktablari
- kasb-hunar kolleji va akademik litseylar
-oliy o`quv yurtlari
-maktabdan tashqari ta`lim muassasalari.
Majburlanmagan holda o`qitishi o`quvchi ixtiyori bilan o`qituvchi hamkorligida olib boriladi. Majburlanmagan holda o`qitish iqtidorli, talantli o`quvchilar o`z hohlagan fanlarini yanada yaxshi o`zlashtirishi uchun, kasb yo`nalishlariga qarab fanlarni to`garaklarda darsdan keiyngi amaliy mashg`ulotlarda davom ettiradilar.
Hozirgi kunda yoshda ko`proq ta`lim muassasalaridagi dars mashg`ulotlari to`gaganidan so`ng o`zlari qiziqchan mashg`ulotlar bilan shug`ullanadilar. Bularga: kompyuter mashg`ulotlari, o`g`il bolalar ko`proq sport to`garaklariga, duradgorlik, qiz bolalar pazandachilik, zardo`stlik, tikuvchilik, mashg`ulotlariga ixtiyoriy ravishda qatnashadilar.
Auditoriya mashg`ulotlarida dars o`qituvchi tomonidan talabalarga mukammal tarzda etkazib berilsa, o`qituvchi talabalarni o`ziga jalb qilolsa, o`quvchilarda fanga nisbatan qiziqio` vujudga keladi. Va o`quvchilar fanni ixtiyoriy tarzda o`zlashtiradi.
O`quvchilar o`zlari qiziqqan fanlari yuzasida to`garak mashg`ulotlariga qatnashib, fanni yanada chuqurroq o`rganib o`z sohasining etuk mutaxassisi bo`lishiga intiladilar
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning yosh xususiyatlari oliy maktab pedagogika kursi hamda, asosan, yosh va pedagogik-psixologiya kursida bayon etib berilgan. Shuning uchun ham biz faqatgina kichik maktab yoshidagi o’quvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida yuz beruvchi konfliktli vaziyatlar haqidagina so’z yuritamiz. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga emotsional holatlarning uzoq muddatli bo’lmagan, qisqa muddatli kechishi bizga ma`lumdir. Agar, albatta, emotsional holat chuqur, zulmkorona, qaqshatuvchi bo’lmasa emosional holatning tez o’zgaruvchanligi va yuksak darajadagi moslashuvi kichik maktab yoshidagi o’quvchi psixikasining himoya to’sig’i vazifasini o’taydi. Biroq ruhiy zo’riqishlarning qisqa muddat davom etishi bu yoshdagi o’quvchilarga nisbatan o’qituvchiga ehtiyotsizlarcha bosim o’tkazish huquqini bermaydi (hammasini osongina unutadi-ku, qabilida). Yana bir psixologik haqiqat shu bilan izohlanadiki, kichik boshlang’ich maktab yoshidagi bolalarga o’zidan kattalar himoyasiga muhtojlik, ayniqsa, o’qituvchining qo’llab – quvvatlashiga xosdir. Har qanday asabiylik vaziyatida u o’qituvchiga yordamga muhtoj bo’lib termulib turadi, undan yordam qo’llab – quvvatlashini kutadi. Agar uning kutgani yuz bermasa, u qayg’u bilan yakkama – yakka qoldirilsa ruhiy qo’zg’alish ham shunchalik kuchli bo’ladi. Agar o’qituvchi tomonidan yordam o’rniga dakki eshitsa, uning ruhiyati shunchalik kuchli jarohatlanadi.
Konfliktologiya fani bo’yicha nazariy qoidalarga asoslangan holda bir necha pedagogik jihatdan ahamiyatli tushuntirishlarni keltiramiz. Konfliktda qatnashuvchi tomonlar safida ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilarining barchasi ishtirok etishi mumkin. Shu jumladan, o’quvchilarning ota-onalari, metodik xizmat rahbarlari, boshqaruv apparati xodimlari hamdir. Yuzaga kelishi jihatidan boshlang’ich sinflarda konfliktlar kutilmaganda, oldindan rejalashtirilmagan holatda sodir bo’ladi. Bu konfliktning eng xavfli variantidir, chunki bunday paytda vaqt yetishmasligi tufayli o’qituvchi xato harakatlarga yo’l qo’yishi ehtimoli bor. Xuddi ana shunday paytda taqlidiylik o’qituvchini yo’ldan urishi, kutilmagan to’qnashuv nihoyatda og’riqli, jarohatli bo’lishi mumkin.
To’satdan yuz beruvchi konfliktlardan tashqari xarakteri va kechishi jihatidan tipik bo’lgan ziddiyatlar ham mavjud. Bunda o’qituvchi o’z tajribasiga tayangan holda u yoki bu qadar ilgari ishlab chiqilgan senariy asosida ish ko’radi. Ularni yuz bergan vaziyatga bir qadar moslashtirishga to’g’ri keladi, xolos.
Nihoyat, o’qituvchi ko’z oldida shunday vaziyatlar mavjud bo’lishi kerakki, bunga asosan ziddiyatli holatni yaratish va uning yordamida ta’lim-tarbiyaning olg’a siljishiga sharoit yaratish mumkin bo’lsin. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ta’lim-tarbiyasi jarayonida sodir bo’luvchi konfliktli – ziddiyatli vaziyatlarni tavsiflashdan oldin asosiy bloklar mazmuni bilan tanishtiramiz. Buning uchun bir necha savollarga javob beramiz:
a) kichik maktab yoshidagi o’quvchilar bilan ishlashda o’qituvchi faoliyatida uchraydigan konfliktlar chastotasi qanday?
b) kimlar orasida ziddiyatlar yuz beradi?
c) ziddiyatli vaziyatlar qanday mazmunga ega?
d) umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’quvchilari ta’lim-tarbiyasida uchraydigan konfliktli vaziyatlar oqibatlaridan ijodiy foydalanish qay ahvolda?
Kichik, o’smir, katta yoshdagi o’quvchilar ta’lim-tarbiyasida yuz beruvchi stressogen konfliktlarning chastotalarini taqqoslash shuni ko’rsatadiki, kichik yoshdagi o’quvchilar katta yoshdagilarga nisbatan ancha kamroq bunday vaziyatlarga tushadilar.
Boshlang’ich sinfni bitirgan o’quvchilarni ommaviy so’rovnomaga tortish natijasida barcha o’quvchilar uchun doimiy bo’lgan statistik raqamlarni keltirishimiz mumkin.
So’rovnoma to’ldirganlarning qarib yarmi o’qituvchilari bilan oralarida dog’ bo’lib qolgan birorta ham konfliktli vaziyatni eslay olishmadi.
Studentlar esa sobiq o’qituvchilaridan o’rnak bo’ladigan biror bir vaziyat haqida javob berisha olmadi.
Konfliktga yo’l qo’ymasdan ishlayotgan o’qituvchilarning retrobahosi:
- birinchi o’qituvchi ideal – o’qituvchi, pedagog namunasi, unga o’xshashni butun hayotlari davomida istashadi;
- hech qanday nuqsonga ega emas, namunali o’qituvchi;
- so’zsiz namuna sifatida qabul qilishdi;
- kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga dars bergan o’qituvchi haqida faqat yaxshi fikr bildirishdi;
- mutlaq tajribali, o’z ishining ustasi;
- eng yorqin va quvonchli xotira saqlanib qolgan;
- to’rt yil davomida yetti o’qituvchi almashdi, hammasi ajoyib kishilar edi;
- men o’qituvchimning biror marta chegaradan chiqqanligini ko’rmadim;
- o’qituvchimizni sevamiz va hozirgacha eslaymiz;
- o’qituvchi onamizdek edi, uni juda sevardik;
- konfliktlar yuz bergani yo’q, o’qituvchining obro’si shu darajada yuksak ediki, uning har bir so’zi biz uchun qonun edi;
- nizolar yo’q edi, o’qituvchi o’quvchilar va ota – onalar orasida so’zsiz obro’ga ega edi;
- u farishta edi, har qanday nuqsonlardan xoli...
Ko’ramizki, boshlang’ich sinf o’qituvchilarini retrobaholash maqsadsiz kishi qiyofasini asoslaydi, go’yoki bunday shaxs maktabda birinchi marta paydo bo’lgani kabi. Shu bilan birga baholashning asosga ega qismi diqqatni tortadi. O’qituvchilarga berilgan a’lo baho ularning jarohat yetkazmasdan, ziddiyatsiz kasbiy faoliyatiga tegishli bo’lib, ular sirasiga ajoyib inson, yaxshi pedagog, bolalarga mehribon, onalardek mehribon, qoloq o’quvchilarni e’tiborsiz qoldirmaydi, o’quvchilarni do’stlashtira olgan, talabchan va adolatli, nazokatli kabi sifatlashlar mavjud. Ideal o’qituvchidan o’quvchilar ayrim hollarda nuqson ham topishdi: ko’p diqqatini o’z ust – boshiga qaratadi; uning kiyim – boshiga maftun bo’lgan ayrim o’quvchilar mashg’ulotga yaxshi diqqat qilishmasdi; ko’pincha faqat a’lochilarni maqtab, qoloq o’quvchilarga ko’pincha tutaqib, baqirar edi.
Taxmin qilish mumkinki, ko’pgina nizoli to’qnashuvlar kuzatuvdan chetda qoldi. Nimadir o’quvchilar xotirasidan o’chib ketgan bo’lishi mumkin. Biroq bo’lajak o’qituvchining kasbiy fikrlashi uchun maktabda kichkintoylar bilan olib boriladigan pedagogik muloqotning ruhiy muvozanatli, prinsip jihatdan ular ruhiyatiga jarohat yetkazmaslik muhimdir. Bunga qo’shimcha ravishda o’qituvchining kichik maktab o’quvchilari bilan bo’ladigan muloqotida o’zaro ziddiyatsiz munosabatga oid yana bir xulosani qo’shish joizdir. Bu har bir o’qituvchining bo’lajak muloqotda o’z oldiga maqsad qo’ya bilishi va o’z kasbiy pedagogik faoliyati modelini yuqorida tilga olingan o’qituvchilar namunasida qura bilishi bilan bog’liq xulosadir.
Maktab o’quvchilari xotirasida uzoq muddat hattoki butun umr davomida saqlanib qoluvchi nizoli vaziyatlarni yoritishga urinib ko’ramiz. Konfliktlarga oid faktografik ma’lumotlarni ilmiy qayta ishlash natijasida umumiy ta’limning birinchi bosqichida yuz beruvchi konfliktli vaziyatlarga bir necha tomondan yondashish mumkin bo’ladi. Konfliktli – nizoli hodisalarning butun manzarasini ko’z oldimizga keltirishimiz uchun quyidagi bir guruh faktlarga murojaat qilishga to’g’ri keladi:
Konfliktda qatnashuvchilar haqida ma’lumot, konfliktli vaziyatlar, ularning senariysi mohiyati haqidagi ma’lumotlar. Uning oqibatlari haqidagi ma’lumotlar ham shunga mansubdir.
Boshlang’ich sinflarda nizolashuvchilar tarkibi turg’un va asosiy tomonlar sifatida o’quvchilar va o’qituvchilar ishtirok etadi.
Konfliktlarning quyidagi turlari qo’shilib ketadi: bir tomondan qoloq o’quvchilar bilan yaxshi o’zlashtiruvchi o’quvchilar, obro’li va obro’siz o’quvchilar, o’g’il va qiz bolalar, o’g’il bolalar guruhi bilan qiz bolalar o’rtasida nizolashuv mavjud bo’ladi. Ikkinchi tomondan – har xil malaka va mahoratga ega bo’lgan o’qituvchilar o’rtasida nizolashuv yuz beradi. Ular orasida – juda obro’li, o’ta talabchanlar, o’quvchilar nazarida o’rtacha reytingga ega bo’lganlar hamda yuksak pedagogik mahoratga ega bo’lgan o’qituvchilar ham mavjud.
Nizolashuvchi tomonlar orasida oldingi o’rinni kuchli o’qituvchilar egallaydi. O’qituvchilar bilan nizolashuvchi o’quvchilar soni o’zlashtirish va davomat bo’yicha teng sonlidir. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, o’quvchilar bilan ishlashda nizolashuvchi o’qituvchilar (eslatamiz, ular nizolashuvchilarning yarmini tashkil etadi) reyting bo’yicha barcha kasbiy darajalarni o’z ichiga oladi.
Boshlang’ich sinflarda yuz beradigan nizoli mojarolarni mazmun va ssenariya bo’yicha uch guruhga ajratish mumkin:

  1. Didaktik

  1. Axloqiy (Estetik)

  1. Va boshqa nizolar

Nizoli to’qnashuvlarning real manzarasini to’g’ri tasavvur etish uchun ularning qisqacha tavsifiga murojaat qilamiz.



Yüklə 27,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin