Pedagogic konfliktologiya


Didaktik xarakterdagi konfliktlar



Yüklə 27,52 Kb.
səhifə2/4
tarix21.06.2023
ölçüsü27,52 Kb.
#133385
1   2   3   4
2-amaliy ped konflikt

1. Didaktik xarakterdagi konfliktlar
Asabiylashtiruvchi voqea – hodisalar kichik maktab yoshidagi bolalarni o’qitishda mohiyat jihatdan unchalik ko’p emas. O’qituvchi – o’quvchi munosabatida 3 guruh o’zaro munosabat yetakchi o’rin tutadi, qaysikim bu holda o’quvchilar ruhiy shikastlanishi mumkin. Ular darsda emas, balki o’qituvchining o’quvchi bilan qiladigan muomalasi, taktikasi, uslubi, o’quvchi qilmishidan g’azablanishi kabilarda aks etadi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga intizomiy usullar eng kuchli ravishda ta’sir ko’rsatadi. Bunday usullarning qo’llanishiga doir o’ziga xos misollarni keltirsh mumkin.
Hamma o’quvchilar shovqin ko’tarmoqda, sinfdan esa faqat bir o’quvchi chiqarib yuborildi.
O’quvchilarning ota – onasi bilan o’zlashtirish yuzasidan suhbat o’tkazish maqsadida o’qituvchi ularning bosh kiyimi yoki portfelini olib qo’yadi.
Parta orqasida tik turishga arzimagan aybi uchun majbur qiladi.
Sababini so’ramasdan qiz bolani kechikkani uchun qizartiradi, uyaltiradi.
Sinfda tartibni ikki o’quvchi buzsa, ularning faqat biri jazolanadi, o’qituvchiga yoqmagani uchun.
Yangi kelgan o’quvchi ehtiyotsizlik qilib deraza oynasini sindiradi, buning uchun bir o’qituvchi unga intizomsizlik tamg’asini bosadi.
Sinfda o’qituvchi sumkasidan pul yo’qoladi, yoppasiga tintuv o’tkaziladi, vaholanki pulni hech kim o’g’irlagan emas.
O’quvchini nazorat ishidan sababsiz (yoningdagiga aytib turding deb) haydab yuboradi. O’quvchini haydar ekan, orqasidan portfelini otib yuboradi.
Amaliyotdan olinadigan har bir voqyeada konfliktda bo’lganlar hamda bunday konflikt guvohlari mavjud. O’ylash mumkinki, bolalar va ular ustozlari orasida yuz beruvchi to’qnashuvlar asabiylashuv natijasi bo’lib, bular bir xil oqibatlar bilan tugamaydi. To’qnashuvchi tomonlar o’ta asabiylashadilar, ayniqsa maktab o’quvchilari ko’proq iztirob chekishadi. Guvohlarga kelganda esa ularning munosabatlari har xil bo’lishi mumkin.
Konfliktogen vaziyatlarning ikkinchi guruhini boshlang’ich sinflarda o’qituvchilar qilmishi tashkil etadi, buni o’quvchilarga nisbatan “diskriminasiya” deb atash mumkin. Ularning shakli ko’p emas. Shuning uchun ham boshlovchi o’qituvchi o’z kasbiy faoliyatida o’ziga – o’zi man qilish kabi himoya to’sig’idan foydalanishi mumkin. Kuzatishlar natijasida o’qituvchilar tomonidan o’quvchilarni “ezish”ga asoslangan muloqot shakli yashovchandir. Buni bilish ayniqsa bolalar ruhiyatini jarohatlardan saqlamoqchi bo’lgan o’qituvchilar uchun juda muhimdir. Quyida amaliyotdan olingan ayrim misollarni keltiramiz:
A’lochilarga topshiriq berishadi. Boshqalar esa ularning muvaffaqiyatli faoliyatini kuzatuvchilardir.
Bolalarni qobiliyatli va qobiliyatsizlarga bo’lishadi. Bu haqda butun o’quvchilarga ochiq aytishadi. Qobiliyatsizlarga ikkinchi yilga qoldirish bilan tahdid qilishadi.
O’quvchilarning bir qismini ismi bilan atashadi, boshqalarni esa familiyasi bilan, bu bilan o’zining mazkur bolalarni yoqtirmasliklarini ta’kidlamoqchi bo’lishadi.
A’lochi va intizomli o’quvchilarni haddan tashqari maqtab yuborishadi.
A’lochi bilan oddiy o’quvchi janjallashib qolgudek bo’lsa, a’lochini emas, oddiy o’quvchini jazolashadi.
Darsdan tashqari paytlarda ko’proq a’lochi va yaxshi o’quvchilar bilan suhbatlashishadi.
Ko’rish qobiliyati kuchsiz bo’lgan o’quvchini oldingi partaga o’tqazishdi, bu o’quvchini sezilarli darajada tutaqtiradi. Ko’rinadiki, u bu o’quvchi bilan ishlamoqchi emas. O’qituvchining simpatiyasi va antisimpatiyasiga sazovor bo’lgan o’quvchilar bilan munosabatda o’rta yo’l topish juda qiyin.
Konfliktlarning uchinchi guruhiga kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning o’zlashtirishini baholash natijasida paydo bo’ladigan nizolarni kiritish mumkin.
Talaba bu haqda maktab amaliyotiga tayyorlanayotgan paytdayoq o’ylab ko’rishi, bu haqda o’z taktikasini ishlab chiqishi lozim.
Darsda o’qituvchi tomonidan baho qo’yilganda qanday sabablar o’quvchilarning asabiylashuvi, noroziligiga sabab bo’ladi?
Baholashda ikki yuzlamachilik sodir bo’lsa: daftarda baho “3”, jurnalda esa “4”.
Og’zaki va yozma ishlar adolatsizlarcha baholanadi.
Ota – onalar iltimosi, tanish – bilishchilik sababli baholar ko’tarilib qo’yiladi.
Yangi kelgan o’quvchilarga o’zining talabchanligini namoyish etish maqsadida ataylab past baho qo’yiladi.
Javoblarga talablar ham bir xil emas. Ko’pincha bu o’qituvchining kayfiyatiga bog’liq bo’ladi.
Oldin qo’yilgan “5” baho keyingi baho qo’yilishiga ta’sir etadi.
Uy vazifasini bajarishdagi tirishqoqlik hisobga olinmaydi.
Hali o’rgatilmagan narsani chiza olmaganligi uchun “2” qo’yiladi.
Yozuvning iflosligi uchun yaxshi yozilgan nazorat ishining bahosini tushirishadi. O’quvchi hayron: nega to’g’ri bajargan ishiga past baho qo’yishdi?



Yüklə 27,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin