Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlarPedagogicalEducationCluster:ProblemsandSolutions Кластерпедагогическогообразования:проблемыирешения
UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR VA INTEGATSIYAVIY YONDASHUV
BahodirSobirov Navoiy davlat pedagogika instituti rektori
O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bo‘lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Darhaqiqat, uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb- hunar ma`lumotlarini o’zlashtiradi, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi.
Ma‘lumki, ta`lim – tarbiya insonga borliqni anglash sir asrorlarini tushunish, tinimsiz rivojlanayotgan dunyoga moslashish, dunyoqarashini shakllantirish, nihoyat, jamiyatni insonparvarlantirishga hissa qo`shish imkonini yaratadi.Har qanday davlatning qudrati va rivojlanish darajasini aynan ta`lim tizimi aniqlab beradi.Davlatning ushbu tizimga munosabati, uning kelajagini belgilaydi.
Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi:
-maktabgacha ta’lim;
-umumiy o’rta, o’rta maxsus ta’limi;
-professional ta`lim
-oliy ta’lim;
-oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;
-kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
-maktabdan tashqari ta’lim.
O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimining bunday turlarining har bir bosqichida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday ishlarni tarixan qisqa davr uchun misli ko`rilmagan rivojlanish sifatida baholash mumkin.
Bunday shiddatli rivojlanish bugungi kun uchun yetarlidek ko`rinadi. Lekin, har qanday yangilik boshqa yangilikning kirib kelishiga turtki bo`ladi.
Respublikamizda 11 yillik umumiy o‘rta ta‘lim, akademik litsey va texnikumlar tizimini shakllanganligi, ularning kadrlar yetishtirib berishdagi o`rni beqiyos.
Bundan tashqari ta`lim tizimida uzviylik va uzluksizlik masalalarini yuqori darajada ko’rib chiqilishi yo’lga qo’yilgan bo’lib, tarkibiy qismlarining funksiyalari aniq belgilangan va o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni tizimli bajarilishini ta’minlashni talab etmoqda. Odatda, davlat talablarni bajarilishini statistik tizim orqali baholanib boriladi. Bunday statistik qarash va baholash o’zining qator ustunliklari bilan ajralib tursada, dinamik tizimlarda ro’y berishi mumkin bo’lgan ba’zi holatlarga e’tibor bilan qarash imkonini beramaydi.
Uzluksiz ta‘lim tizimi sifatini ta‘minlashda bir qancha muammoli masalalar mavjudligini ko’rish mumkin. Jumladan:
Nima uchun maktabning birinchi sinfiga borgan bola darslarga moslashish va fan dasturida berilgan mavzularni o’zlashtirishda qiynaladi?
Nega boshlang’ich ta‘limda yaxshi baholarga o’qigan bola yuqori sinflarda o’qishi pasayib ketadi?
Nima uchun o’quvchi kasb tanlashda mustaqil tanlovni amalga oshira olmaydi?
Nega oliy ta‘limni tugatganlar kasbiy faoliyatga tezkor kirishib keta olmaydi? Bu kabi savollarning javobi sifatida uzluksiz ta‘lim tizimida uzviylikning ta‘minlanmaganligini ko’rsatish mumkin.
Uzluksiz ta‘lim tizimida fan dasturlarining uzviyligi ta‘minlanmaganligi ta‘lim sifati va samaradorligiga salbiy ta‘sir ko’rsatmoqda. Jumladan, ta‘lim turlariaro mavzularning takrorlanishi, ayrim mavzularga haddan ziyod ko’p soatning ajratilgani, fan mazmuni deyarli nazariy ma‘lumotlarga asoslanganligi hamda xalqaro tadqiqotlar singdirilmaganligi kabi muammolar mavjud. Ta‘lim bosqichlari mazmuni tahlilida 10–15 foiz mavzularning takror berilayotganligi, 50–60 foiz mavzularda uzviylik ta‘minlanmaganligi tahlillarda ko’rindi.
Maktabgacha ta‘lim, Xalq ta‘limi hamda Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirliklari o’z ta‘lim obyektlari bo’yicha me‘yoriy hujjatlar tayyorlash jarayonida bir qancha ijobiy natijalarga erishgan bo’lsalar-da, ammo uzluksiz ta‘lim tizimida uzviylik yetarlicha ta‘minlanmay kelmoqda.
Oldimizda ta‘lim mazmunini belgilashga xizmat qiluvchi, uzluksiz ta‘lim tizimining me‘yoriy hujjatlari, o’quv dasturlarining uzviyligini tahlil qilish, ularning har bir fan bo’yicha bosqichlar orasida takroriyligining oldini olish bo’yicha ishlar hamda uzviyligi ta‘minlangan fan dasturlari asosida darsliklar mazmunini ham muvofiqlashtirish kabi dolzarb vazifalar turibdi.
Prezidentimiz ―Maktab o’quv dasturlarini ilg’or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o’quv yuklamalari va fanlarni qayta ko’rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarurligi‖ hamda ―Oliy ta‘lim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtirilishi, ta‘lim yo’nalishlari va o’qitiladigan fanlar qayta ko’rib chiqilishi zururligi hamda mutaxassislikka aloqasi bo’lmagan fanlar sonini 2 barobarga qisqartirish‖ to’g’risida aniq vazifalarni belgilab bergan edi. Ushbu topshiriqlar asosida Prezident Administratsiyasi tomonidan har bir ta‘lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan kelib chiqqan holda 2020-yilda ta‘lim sohasida islohotlarni jadallashtirish bo’yicha kompleks ―Yo’l xaritasi‖ ishlab chiqilgan. Mazkur ―Yo’l xaritasi‖ning 3-bandida ―Fan dasturlarining mazmun-mohiyati, mavzularning mantiqiy ketma-ketligi va uzviyligini ta‘minlash hamda o’quvchi va talabalarda shakllanishi zarur bo’ladigan bilim va ko’nikmalar darajasini aniq belgilash‖ vazifasi belgilanib, ma‘sul ijrochilar sifatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta‘lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta‘lim, Xalq ta‘limi, Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirliklari belgilangan. Idoralararo ushbu masala bo’yicha yig’ilish va seminarlar tashkil etilib, ishchi guruhlar shakllantirildi. O’rganishlar natijasida uzluksiz ta‘lim tizimida uzviylikni ta‘minlash borasida quyidagi muammolar borligi aniqlandi:
mavzular takrorlanishi — uzluksiz ta‘lim turlariaro bosqichlarida mavzularning aynan yoki mazmunan takrorlanishining mavjudligi;
ayrim mavzularga soat hajmining ko’pligi — ta‘lim bosqichlarida ayrim mavzularga ortiqcha vaqt ajratilganligi. Ayniqsa, nazariy mashg’ulotlarga ko’p vaqt ajratilgan;
vaqtning besamar sarflanishi — takrorlanish va ortiqcha vaqt evaziga o’qituvchi va o’quvchining vaqti besamar sarflanishi;
uzviylikning yo’qligi — uzluksiz ta‘lim turlariaro fan xususiyatidan kelib chiqqan holda obyekt va subyekt tanlovi va mazmunida nomutanosibliklar mavjud va h.k.
Pedagogik innovatsiya taʼlimning jamiyat barqaror rivojlanishidagi yuqori ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda zamonaviy talablar, tizimdagi muammolar va ularni hal qilishda fan va taʼlim boʻgʻinlari oʻrtasidagi aloqadorlikni taʼminlash uzluksiz pedagogik taʼlimni klaster rivojlanish tizimiga oʻtkazish zaruratini taqozo etmoqda.
Pedagogik taʼlim innovatsion klasteri uzluksiz taʼlim tizimidagi barcha taʼlim turlari, ilmiy tadqiqot institutlari va markazlari, amaliyot bazalari, ilmiy va ilmiy-metodik tuzilmalarning bir butunligi boʻlib, ularning birgalikdagi
vazifalar taqsimlangan faoliyati pedagogik taʼlim tizimini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish imkonini beradi. Binobarin, klasterning asosiy maqsadi oʻz tarkibiga kiruvchi taʼlimiy-ilmiy-innovatsion salohiyatni nafaqat yuqori fuqarolik va kasbiy layoqatlilik darajasi bilan, balki raqobatbardoshligi, yangiliklarni qabul qila olish qobiliyati, yangi taʼlim dastur va texnologiyalarini loyihalash hamda amalga oshira olish qobiliyatiga ega zamonaviy taʼlim mutaxassislarini tayyorlash uchun birlashtirishdir.
Pedagogik taʼlim rivojlanishining klaster tizimi taʼlim berish, oʻquv adabiyotlarini yaratish, pedagog kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, taʼlim va tarbiya uzviyligi bilan bogʻliq umumiy yoʻnalishlarda faoliyat olib boradi. Ayni paytda bu umumiy yoʻnalishlar taʼlimni boshqarish va tashkillashtirish, taʼlim turlari va yoʻnalishlari oʻrtasida uzviylik va integratsiyani taʼminlash, oʻqitish metodlari va vositalaridan foydalanish kabi yoʻnalishlarda xususiylashadi.
Quyidagilar klaster tizimining subyektlari sifatida ishtirok etadi:
talabalar, magistrantlar va doktorantlar pedagogik amaliyot oʻtaydigan, taʼlimiy, ilmiy tadqiqotchilik, innovatsion va loyihalashtirish faoliyatini olib boradigan oʻquv va tajriba eksperimental baza vazifasini oʻtaydigan maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, oliy va qoʻshimcha taʼlim muassasalari;
taʼlimning turli darajalaridagi yangilanishlarga muvofiq ravishda kattalarning qoʻshimcha taʼlimi tizimi muassasalari, bolalar va oʻsmirlarning maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalari;
hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan va uni belgilaydigan ilmiy va ilmiy-metodik tuzilmalar, markazlar, ilmiy tadqiqot institutlari;
pedagogik hamjamiyatlar, tashabbuskor jamoalar, jamoat birlashmalari, davlat va nodavlat tashkilotlari;
xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar.
Klaster tizimi har biri alohida faoliyat olib boradigan subyektlarni umumiy maqsad atrofida birlashtiradi va ayni paytda har bir subyekt umumiy maqsaddan kelib chiqqan holda xususiy manfaatdorlik asosida ish yuritadi. Klaster tizimi subyektlari bir-birini qoʻllab-quvvatlaydi va nazorat qiladi, har biri alohida klasterning maʼnaviy va intellektual maydonini yaratadi, ijtimoiy taʼsiri hamda ahamiyatini kengaytiradi.
Pedagogik taʼlim innovatsion klasteri aloqadorlik, uzviylik, izchillik, vorisiylik, zamonaviylik, yoʻnaltirilganlik, manfaatdorlik tamoyillariga asoslanadi.
Pedagogik taʼlim klasteri faoliyatining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
pedagogika sohasida samarali vorisiylikni taʼminlash va eng yaxshi oʻquvchilarni pedagog kasbiga targʻib qilish;
pedagoglarning kasbiy tayyorgarligini amaliyotga tayangan holda va manfaatdor subyektlar bilan samarali aloqasini intensiv taʼminlagan holda olib borish;
boʻlajak taʼlim mutaxassislarini innovatsion tajribaga ega boʻlgan amaliyotlar bazasida tayyorlash muhitini yaratish;
yosh mutaxassislarning kasbiy koʻnikmalarni egallash davrini qisqartirish;
talabalarni bugungi jadal rivojlanish jarayonlarida bevosita ishtirok etishini taʼminlash;
pedagogik taʼlimda yangi avlod oʻquv, oʻquv-metodik, ilmiy adabiyotlar, vositalar va didaktik materiallar majmuasini yaratish;
pedagogik taʼlim ilmiy, ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish;
pedagogik taʼlimni rivojlantirishning dolzarb masalalari atrofida intellektual resurslarni integratsiyalash;
taʼlim, fan va pedagogik amaliyotning turli shakl va turlarini izlab topish va taʼlimga tatbiq etish;
taʼlim va tarbiya uzviyligini taʼminlovchi mexanizmlarni takomillashtirish;
pedagog kadrlarni tayyorlashda maktabgacha, oʻrta taʼlim va OTM hamda boshqa talabgorlar bilan oʻzaro tezkor qayta bogʻlanish imkoniyatini yaratish;
pedagogik taʼlim boʻgʻinlari oʻrtasidagi aloqadorlik, bogʻliqlik va hamkorlik zaruriyatini ilmiy asoslash.
Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda pedagogik taʼlim innovatsion klasteri quyidagi vazifalarni bajaradi:
viloyatdagi taʼlim muassasalari uchun zamonaviy bilim va malakaga ega pedagog kadrlarni tayyorlash;
taʼlim sifatini oshirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish;
pedagogika sohasida ilmiy faoliyatni izchil yoʻlga qoʻyish;
taʼlimning asosiy (darslik) va yordamchi (lugʻatlar, qomuslar, elektron manbalar va b.) vositalari mazmun-mohiyatining taʼlim bosqichlari kesimidagi uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash;
viloyatdagi taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining bilim saviyasidagi boʻshliqlarni toʻldirish maqsadida viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda muddatli oʻquv kurslari tashkil qilish;
umumtaʼlim maktablarida fanlarni oʻqitish bilan bogʻliq muammolarni bartaraf qilish maqsadida viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy seminarlar tashkil qilish;
institutdagi professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar va tayanch oliy taʼlim muassasalari bilan ilmiy hamkorlikni kuchaytirish;
umumtaʼlim maktablarida ilmiy tadqiqot olib borish layoqatiga ega oʻqituvchilarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish;
pedagogika sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻzlashtirish maqsadida yetakchi xorijiy OTMlarga stajirovkalarni amalga oshirish.
Ayni paytda, pedagogik taʼlim innovatsion klasteri institutning asosiy ilmiy tadqiqot yoʻnalishi sifatida belgilangan boʻlib, hozirda oʻttizdan ortiq professor- oʻqituvchilar mazkur ilmiy tadqiqot yoʻnalishida izlanishlar olib borishmoqda. Barcha saʼy-harakatlarimiz muhtaram Prezidentimiz qarorida belgilangan vazifalar ijrosini toʻliq taʼminlash, viloyatning pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojini sifatli qondirish, sohaga ilgʻor xorijiy tajribalarni jalb qilgan holda zamonaviy raqobatbardosh pedagog kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Bu bilan institut jamoasi
―Harakatlar strategiyasi‖da belgilangan ustuvor yoʻnalish va vazifalarning ijrosini taʼminlash hamda hayotga tatbiq etilishida oʻzining kamtarona hissasini qoʻshgan boʻladi.
Zamonaviy intelektual insonni tarbiyalashda integrativ ta’limning barcha jixatlari(aqliy, axloqiy, iqtisodiy, mexnat, estetik, gigienik, xuquqiy, jismoniy tarbiya)ni kamrab oladi va ularning ozaro boglikligini ta’minlaydi. Integrativ ta’lim jarayonida oquvchi, olamning yaxlitligini, koinot, tabiat konunlarini, tabiat, jamiyat va insonlarning ozaro munosabatlari haqida xar tomonlama bilimlarga ega bolib kamol topadi. Tabiat gozalligini xis qila olish, undan zavqlanish, e’zozlash konikmalariga ega boladi. Ta’limning globallashuvi sharoitida fanlararo uzviylikni kengroq qollash ayni zaruriyatdir. Fanlararo uzviylik tamoyiliga tayanish ta’lim muassasalari oquv jarayoni uchun tatbiqiy tus olishi lozim. Fanlararo uzviylik tamoyili turdosh oquv predmetlararo munosabatlarning murakkab jihatlarini toliq ozlashtirilishini ta’minlab, bilimlarning ichki mohiyatiga kirib borishini ta’minlaydi, natijada turli tizimlar ichki aloqadorlik, integirativ yaxlitlik vujudga keladi.
Xulosa oʻrnida shuni alohida taʼkidlash lozimki, jamiyatimizning bugungi rivojlanish bosqichida uzluksiz ta‘lim tizmini pedagogik taʼlim innovatsion klasteri taʼlimda ichki va tarmoqlararo aloqadorlikni taʼminlaydigan, ilmiy tadqiqot, ilmiy- metodik muassasalarda toʻplangan tajriba va erishilgan ilmiy yutuqlarni taʼlim
hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalariga yetib borishini samarali amalga oshiradigan yaqin kelajakdagi eng muhim tizim sifatida taqdim etilmoqda. Bunda taʼlim muassasalari va jamiyat boshqa manfaatdor tomonlarining oʻzaro uzviy va uzluksiz aloqasini taʼminlash, taʼlim jarayonining pirovard mahsuli – har tomonlama yetuk pedagog kadrlarni yetishtirish va jamiyatga naf keltirishi uchun ilmiy, ijodiy, maʼnaviy, iqtisodiy imkoniyatlar yaratish maqsadga muvofiqdir. Chunki kadrlar bilim saviyasi va raqobatbardoshligi iqtisodiy ishlab chiqarish, sanoat, qishloq xoʻjaligi va jamiyatning boshqa sohalari taraqqiyoti va raqobatbardoshligining asosidir. Boshlagan har bir ishimizdagi sifat va samara aynan shu masala bilan chambarchas bogʻliqligini rivojlangan mamlakatlar tajribasi va qolaversa hayotning oʻzi yaqqol koʻrsatib turibdi.