3
kelishikning vazifasi, qanday so‘zlar bilan, bo‘laklar bilan bog‘lanishi o‘rganiladi. Ammo
kelishikning vazifasi ham hisobga olinadi.Shuningdek, sintaksis kategoriyalari morfologik
kategoriyalarga teng emas. Masalan: Bizning oila - to`q oila.Bu jumladan, morfologik
jihatdan to‘rt so‘z, uch xil so‘z turkumi bor. (olmosh, ot, va sifat, ot). Sintaktik jihatdan esa
faqat bitta bo‘lak –ega va kesim mavjud xolos.Demak, sintaksisda so‘zlar kengroq
aspektda, ularning ma‘nosi va vazifasi hisobga olingan holda tekshiriladi.
2. Gap va uning asosiy belgilari.
Kishilar bir-birlari bilan fikr almashadilar. Bu fikr almashuv gap orqali bo‘ladi. Gap
uning
grammatik xususiyatlari, so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish yo‘llari sintaksisda
o‘rganiladi. Sintaksisning asosiy o‘rganish ob‘yekti gapdir.Voqelikni va unga bo‘lgan
munosabatni ifoda qilish uchun grammatik jihatdan shakllangan intonatsion hamda
mazmun jihatdan nisbatan mustaqillikka ega bo‘lgan so‘zlar bog‘lanmasi yoki yakka so‘z
gap deyiladi. Gap fikrni ifoda qiluvchi nutq birligidir. Gapning asosiy belgilari quyidagilar:
1.Fikr turli gap tiplari orqali ifodalanadi, fikr sodda yoki qo‘shma
gaplar orqali,
darak, so‘roq, undov gaplar orqali, ikki sostavli yoki bir sostavli gaplar orqali, to‘liq yoki
to‘liqsiz gaplar orqali ifodalanishi mumkin. Bu hol fikrning xarakteriga, ma‘lum maqsad
yoki niyatga qarab belgilanadi.
2. Gapning asosiy belgilari, uning so‘z yoki so‘z birikmalaridan farqi nimada?
Gapning asosiy belgilari, unda nisbiy fikr tugalligi predikativlikning mavjud bo‘lishi,
grammatik jihatdan ma‘lum qonun va qoidalar asosida shakillanishi,
tashqi tomondan
o‘ziga xos intonatsiyaga ega bo‘lishi shart. Gapning bu xususiyatlari ko‘pchilik tillar uchun
umumiydir. Ammo bu belgilarning turli tillarda nomoyon bo‘lishi va ularning ahamiyati,
o‘rni turlichadir har bir gapda ma‘lum maqsad yoki xis-hayajon ifodalanadi. Aks holda u
so‘z birikmasi bo‘lib qoladi.Masalan: Nodira o‘qidi va Nodiraning daftari.Bu misolda
birinchisi gap, ikkinchisi esa so‘z birikmasidir. Avvalgisida ma‘lum fikr almashyapti.
Keyingisida esa tushuncha aks etgan.Bu maqsad yoki xis-hayajon sodda yoki qo‘shma
gap
shaklida
ifodalanishi
ham
mumkin.Qo‘shma
gaplarda
komponentlar
birikkandagina ma‘lum maqsad anglashiladi.Masalan: Ko‘z qo‘rqoq-qo‘l botir – gapida
qo‘rqoqligi bilan qolning botirligi haqidagi fikrlar ifodalangan. Shuning uchun ham
qo‘shma gapga ikkita sodda gapning mexanik tarzda birikuvi holda emas,
balki gap
strukturasinig o‘ziga xos alohida bir tipi sifatida qaraladi. Ammo qo‘shma gaplarda fikr,
maqsad bitta bo‘sa ham, hukm birdan ortiq bo‘ladi. (yuqoridagi keltirilgan misolda
ikkita hukm ifodalangan, ko‘zning qo‘roqligi, qo‘lning botirligi) o‘zbek adabiy tilida
birdan ortiq hukm bir sodda gap orqali ifodalanishi ham mumkin.
Masalan: Kitob olganiga xursand bo‘ladi. Har bir brigada ekishga tayyor bo‘lib
turishi zarurligini qayta-qayta uqtirdi.
Bu sodda gaplarning har birida ikki xul ifodalangan.Gapning
asosiy belgilaridan
yana biri predikativlikdir. Predikativlik gap mazmunining borliqqa munosabatini
ifodalashdir. Gap orqali so‘zlovlovchi biror voqea-hodisa yoki xususiyatning mavjudligi
yoki biror zamonda ro‘y berishi, realligi yoki norealligi,
xohish yoki norozilik kabi
munosabatni ham ifodalaydi. Bu munosbatni ham ifodalaydi. Bu munosabat, ya‘ni
prediktivlik, modallik va zamon, shaxs-son kategoriyalari orqali ro‘yobga chiqadi, bu
kategoriyalar turli morfologik,
sintaktik, intonatsiya va boshqa yo‘llar bilan
ifodalanadi.Gapning o‘ziga xos belgilaridan yana biri unda maxsus intonatsiyaning
Dostları ilə paylaş: