Pedagogik akmeologiyada o’yin texnologiyalar



Yüklə 85,63 Kb.
tarix15.12.2022
ölçüsü85,63 Kb.
#74922
15-mustaqil ish


Pedagogik akmeologiyada o’yin texnologiyalar
O’qituvchi-pedagog avval talabalarni individual (yakka tartibdagi), so'ngra guruhli o'yinlarga tayyorlashi va uni o'tkazishi, o'yin muvaffaqiyatli chiqqandan so'ng esa, ularni ommaviy o'yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki talabalar didaktik o'yinli mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o'rtasida hamkorlik, o'zaro yordam vujudga kelishi lozim.
O'yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi.
O'yin olimlar tadqiqotlariga ko'ra mehnat va o’qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi.
Psixologlarning ta'kidlashlaricha, o'yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o'zini namoyon qilish, hayotda o'z o'rnini barqaror qilish, o'zini o'zi boshqarish, o'z imkoniyatlarini amalga oshirishning ftindamental ehtiyojlariga tayanadi.
O'yin ijtimoiy tajribalarni o'zlashtirish va qayta yaratishga yo'nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o'z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.
D.N. Uznadzening ta'rificha, o'yin shaxsga xos bo'lgan ichki immanent psixik (ruhiy) xulq shaklidir.
L.S. Vigodskiy o'yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o'zlashtirish vositasi sifatida ta'riflaydi.
A.N. Leontev o'yinga shaxsning xayolotdagi amalga oshirib bo'lmaydigan qiziqishlari (manfaatlari)ni xayolan amalga oshirishdagi erkinligi sifatida qaraydi.
Psixologlar ta'kidlaydilarki, o'yinga kirishib ketish qobiliyati kishi yoshiga bog’liq emas, lekin har bir yoshdagi shaxs uchun o'yin o'ziga xos bo'ladi.
O'yinli faoliyat muayyan funksiyalarni bajarishga bag’ishlangan bo'ladi.
Ular quyidagilar.
* maftunkorlik;
* kommunikativlik;
* o'z imkoniyatlarini amalga oshirish;
* davolovchilik;
* tashxis;
* millatlararo muloqot;
* ijtimoiylashuv.
Pedagogik o'yinlar
1. O'yin ijodiyligi bilan ajralib turadi. U mumkin qadar boy, faol xarakteriga — «ijod maydoni»ga ega bo'ladi.
O'yin uchun hissiy ko'tarinkilik xosdir. U o'zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo'ladi.O'yinning o'yin mazmunini aks ettiruvchi, uni rivojlantirishning mantiqiy va vaqtincha izchilligini ko'zda tutgan bevosita tegishli va unga nisbiy aloqador qoidalari bo'lishini ko'rsatadilar.Tadqiqotchilar nazariy aspektda o'yinga faoliyat, jarayon va o’qitish metodi sifatida qaraydilar.O'yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subekt sifatida o'z imkoniyatlarini to'la amalga oshiradi.O'yinli faoliyatni motivatsiyalash o'yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o'zini namoyon qila olishi, o'z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.
Jarayon sifatida o'yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta'biricha) quyidagilarni qamrab oladi:
* o'ynash uchun olingan rollar;
* bu rollarni ijro etish vositasi bo'lgan o'yin harakatlari;
* predmetlarni, ya'ni haqiqiy narsalarni shartli, o'yin narsalari o'rnida qo’llash;
* o'yinda ishtirok etuvchilarning real o'zaro munosabatlari;
* (o'yinda shartli ravishda yaratilgan syujet (mavnun) — ijro sohasi.
O'yindan tushunchalar, mavzu va hatto o’quv predmeti bo'limini o'zlashtirishda o’qitish metodi va mustaqil texnologiya sifatida foydalaniladi. O'yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi.O'yinlar turli maqsadlaiga yo'naltirilgan bo'ladi. Ular didaktik, taibiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarida qo’llaniladi.O'yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatda bilim, malaka va ko'nikmalarni qo’llash, umumta'lim malaka va ko'nikmalarini rivojlantirish, mehnat ko'nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo'ladi.O'yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma'naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo'ladi.Faoliyatni rivojlantiruvchi o'yinlar diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash malakasi, o'xshashini topish, faraz, xayol, ijodiy qobiliyat, empatiya, refleksiya, optimal yechimni topa olish, o’quv faoliyatmi motivatsiyalashni rivojlantirishga qaratilgan bo'ladi.Ijtimoiylashuv o'yinlari jamiyatning me'yorlari va qadriyatlariga jalb qilinish, muhit sharoitlariga ko'nikish, ehtiroslarni nazorat qilish, o'z-o'zini boshqarish, muloqotga o'rgatish hamda psixoterapiyani nazarda tutadi.Pedagogikaga oid adabiyotlarda pedagogik o'yin degan tushuncha mavjud. Pedagogik jarayonni tashkil etishning bir qator metodlari va usullari hamda turli shakldagi pedagogik o'yinlar «o'yinli pedagogik texnologiyalar»ni tashkil etadi. Pedagogik o'yinda ta'limning pedagogik maqsadlari aniq qilib qo'yiladi. Pedagogik o'yinlar asosida talabalarni o’quv faoliyatiga yo'llovchi o'yinli usullar va vaziyatlarni vujudga keltirish yotadi.
G.K. Selevko tomonidan pedagogik o'yinlar tasnifi va uni amalga pshirishning asosiy yo'nalishlari ishlab chiqilgan.
Pedagogik o'yinlar quyidagi asosiy yo'nalishlarda bo'ladi:
* didaktik maqsad o'yinli vazifa shaklida qo'yiladi;
* o’quv faoliyati o'yin qoidalariga bo'ysunadi;
* o’quv materialidan o'yin vositasi sifatida foydalaniladi;
* o’quv jarayoniga didaktik vazifa o'yinga aylantirilgan tarzda musobaqalashish unsurlari kiritiladi;
* didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi o'yin natijalari bilan boglanadi.

4.Didaktik o'yinlarni turlari (psixotexnik, rolli). Rolli va ishbilarmon o'yinlar.



Pedagogik o'yinlar faoliyat turlari, pedagogik jarayon xarakteri, o'yin metodikasi, soha xususiyati, o'yin muhiti bo'yicha tasnif qilingan.
Amaliy vazifa va muammolarni echishdagi talabalarning umumiy faoliyatini tashkil etishning samarali shakli tadbirkorlik o'yinlaridir. Ma'lumki, tadbirkorlik o'yinlari talabalarning kollektiv faoliyatini tashkil etishni bildiradi. Bu jarayonda uning bo'lg’usi kasbiy faoliyatining ashyoviy va ijtimoiy mazmuni yaratiladi.Tadbirkorlik o'yinlarining pedagogik samaradorligi natijasi ko'p jihatlardan o'yinning ssenariysini ishlab chiqish va uning tayyorlanish sifati bilan belgilanadi. Tadbirkorlik o'yinlari talabani amaliy tayyorlashning pedagogik vazifalari tizimini echishga qaratilgan bo'lishi lozim. Bularga birinchi navbatda: real kasbiy faoliyat sharoitida qo'llanadigan amaliy malaka va ko'nikmalarni shakllantirish; amaliy vaziyatlar va shunga mos harakat usullarini ishlab chiqishni tahlil qiladigan fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish guruh (jamoa) faoliyatida faol ishtirok etishini ta'minlaydigan qobiliyatlarni shakllantirish taalluqlidir.O'yinning mazmuni va tuzilmasi shunday shakllanishi va shunday ruzilishi kerakki, unda shunga mos malaka va qobiliyatlar har bir ishtirokchida butun o'yin davomida shakllansin. O'yinning pedagogik vazifalari ssenariyda aniq aks etishi shart.




Yüklə 85,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin