Reja: 1. Aksiologiya kategoriyasi, uning asosiy shakllari.
2. Aksiologiya mavzusining tarixiy ildizlari.
3. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida qadriyatlarga munosabat.
4. Qadriyatlarning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati.
Jamiyatda sodir bo’layotgan o’zgarishlar ta’limning o’zgarishiga muhim ta’sir ko’rsatmoqda. Ta’lim bugungi kunda qadriyatli paradigmaga o’tish davrida. Bu ta’limning qadriyat sifatida baholanishibilan bog’liqdir.
Aksiologiya (axio — qadriyat, logos - fan, ta`limot) qadriyatlar haqidagi fan. U XIX asrning 2-yarmida nemis faylasufi E.Gartman va fransuz P.Lapi tomonidan ilmiy iste’molga kiritilgan. Aksiologiya aksiologik ong, qadrlash tuyg’usi, aksiologik bilish, qadrlash tamoyiliga tayanib to’plangan qadriyatlar to’g’risidagi bilimlar tizimidir. Zamonaviy aksiologiyada obyektiv subyektiv va pluralistic oqim hamda yo’nalishlar mavjud. Aksiologiya “qadr”, “qadrlash”, “qadriyatlar”, “qadriyatlar tizimi” kabi aksiologik kategoriyalarni, ularning turli shakllarini o’rganadi. [1]
Qadriyat (arab. - qiymat) - voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ko’rsatuvchi tushuncha. Qadriyatlar komil insonni tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi. [1]
O’zbekistonda mustaqillik davrida qadriyatlarga e`tibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutahassislar tomonidan tahlil etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi — Aksiologiyaning ko’pdan-ko’p mavzulari mutahassislarimizning ilmiy izlanishlarida o’ziga xos o’rin tutmoqda.
Qadriyat kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qiymatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega bo‘lgan voqelikning shakllarini, narsalar, voqea hodisalar, talab va tartiblarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi.
Qadriyatlar ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar ijtimoiy guruhlar harakatini tartibga soladigan ma’naviy hodisaga aylanadi.
Muayyan bir elat, milat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, an’analari o‘tmishi va kelajagi bilan bog‘liq qadriyatlar milliy qadriyatlar hisoblanadi.