Pedagogik amaliyotdan kundalik hisobot



Yüklə 64,2 Kb.
səhifə1/8
tarix07.06.2023
ölçüsü64,2 Kb.
#126411
  1   2   3   4   5   6   7   8
Пед дневник ЧХТ1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT VILOYATI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
______________________________________________________________fakulteti
_______________________________________________________________kafedrasi

PEDAGOGIK AMALIYOTDAN




KUNDALIK - HISOBOT
_________________________________________________________
(talabaning familiyasi, ismi, otasining ismi)
_______________________________________________yo‘nalishi

________kurs ___________________bo‘lim ____________ guruhi talabasi







PEDAGOGIK AMALIYOTGA OID


KO‘RSATMALAR



  1. Pedagogik amaliyot yuqori malakali mutaxassis – o‘rta maxsus va umumiy o‘rta ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashga oid o‘quv jarayonining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.

  2. Pedagogik amaliyotning asosiy vazifasi oliy ta’lim tizimida dars jarayonida olingan nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash hamda talabalarda pedagogik mahorat va amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishdan iborat.

  3. Talaba pedagogik amaliyot oldidan fakultet tomonidan biriktirilgan rahbardan amaliyot rejasi va kundaligini oladi, o‘tiladigan dars mashg‘ulotlari mavzulari va bajariladigan ishlar mazmuni bilan tanishadi. Tavsiya etilgan adabiyotlar va qo‘llanmalarni o‘rganadi hamda tegishli maslahatlar oladi.

  4. Talaba amaliyot davrida quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim:

  • amaliyot dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarni to‘la bajarishi;

  • amaliyot joyi (kasb-hunar kolejlari, litseylar, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va boshqalar) ichki tartib qoidalariga hamda direktor, direktor muovinlari, bo‘lim boshliqlari topshiriqlariga, shuningdek o‘qituvchilar, uslubiyatchilar va amaliyot rahbari ko‘rsatmalarini bajarishi;

  • o‘quv xonalari va laboratoriyalarga ruxsatsiz kirmasligi, o‘quv dastgohlariga tegmasligi hamda atrof muhit sanitariya qoidalariga rioya qilishi;

  • amaliyotga yuborilgan muassasaning o‘quv-tarbiyaviy hujjatlari (umumiy o‘quv reja, bo‘lim mudiri hamda sinf rahbarining rejalari, o‘qituvchining ish rejasi, ichki tartib qoidalar va kun tartibi)ni o‘rganishi;

  • mutaxassisligi (yo‘nalishi) doirasidan kelib chiqqan holda 5 tadan 10 tagacha sinov darsi o‘tkazishi;

  • o‘qituvchilar va amaliyotchi talabalar darsiga kirishi va darslarni tahlil qilishi;

  • sinfdan tashqari ishlar (daftar va kundalik daftarlarni tekshirish)ni olib borishi, o‘quvchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazishi, fan oyliklari va ota-onalar majlislarida ishtirok etishi, devoriy gazetalar chiqarishda hamda madaniy-ommaviy tadbirlarida faol ishtirok etishi;

  • amaliyot kundaligini puxta yuritib borishi;

  • amaliyot davrida olib boriladigan ishlarning barchasi talab darajasida amalga oshirilishi va o‘quv-tarbiyaviy ishlarning taqvim mavzu rejasida o‘z aksini topishi;

  • talaba amaliyot tugagach uch kun muddat ichida kafedra tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbariga pedagogik amaliyotga oid kundalik hisobotini ta’lim muassasa (maktab, kollej, AL) tomonidan biriktirilgan o‘qituvchi tavsiyanomasi bilan birgalikda topshirishi.

5. YUqoridagilarga qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar ham topshiriladi:

  • bir o‘quvchi va butun sinf (guruh)ga nisbatan kengaytirilgan psixologik-pedagogik tavsifnoma;

  • sinf (guruh) bilan ishlashga oid darslar rejasi;

  • ikkita sinf (guruh) darsining qisqacha mazmunlari va ota-onalar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarning qisqacha mazmuni;

  • uslubiyatchi (o‘qituvchi)ning boshqa ko‘rsatmalari.

6. Amaliyot rejasini bajarmagan yoki ta’lim muassasasi hodimlarida salbiy fikr uyg‘otgan shu bilan birga amaliyotdan qoniqarsiz baho olgan talabalar institut rektori buyrug‘i asosida ta’til vaqtida ikkinchi marta qayta amaliyot o‘tashga yuborilishi yoki talabalar safidan chetlashtirilishi mumkin.
7. Ta’lim muassasasi ichki tartib qoidalarini buzgan talaba-amaliyotchi haqida muassasa direktori tomonidan institut rektoriga ma’lum qilinadi va u talabaning institut talabalar safida qolish yoki qolmasligi ko‘rib chiqiladi.



  1. Yüklə 64,2 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin