O’quvchilarning o’zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:
o’quv dasturi asosida mavzu va bo`limni o’rganishda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish;
har bir yakunlangan mavzu bo’yicha o’quvchilarning faoliyati to’g’risida xulosa chiqarish;
o’rtacha arifmetik ma’lumotlarga tayanibgina o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini baholamaslik;
o’quvchilarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma’lumot (tavsif) berish uchun ularning bir necha o’quv yilidagi statistik o’zlashtirish ma’lumotlarga asoslanib tahlil etish.