T a`lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari.
Xolislik(obyektivlik)
Tizimlilik(sistemalilik)
Ko`rgazmalilik(oshkoralilik)
Xolislik (obyektivlik) tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagogning barcha ta`lim oluvchilarga do‘stona munosabati hamda bilim, ko‘nikma va malakalarni baholashning aniq ko'rinishda belgilangan mezonlaridan iborat.
Amalda tashxisning xolisligi qo‘yilgan baholar nazorat metodlari va vositalaridan,tashxis o‘tkazgan o ‘qituvchidan qat’iy nazar hamma
vaqt mos kelishini anglatadi.
Tizimlilik (sistemalilik) tamoyilining talabi shundan iboratki,tashxislash nazoratini ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida bilimlarni boshlang‘ich idrok etishdan to amalda qo‘llashgacha bo'lgan bosqichlarida olib borish kerak. Tizimlilik barcha ta’lim oluvchilar o‘quv muassasida bo‘lgan birinchi kundan boshlab oxirigacha muntazam tashxisga jalb etilishini anglatadi. Ta’lim
oluvchining bilimi va egallashi lozim bo ‘lgan barcha jihatlami ishonchli tekshirish uchun ta’lim nazoratini tez-tez o'tkazish kerak
Ko‘rgazmaliIik (oshkoralik) tamoyili avvalo barcha ta ’lim
oluvchilarni aynan bir xil mezonlar bo ‘yicha ochiq sinovdan o‘tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida belgilanadigan har bir o‘quvchi reytingi ko‘rgazmali, qiyosiy xarakterga ega. Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholami e ’lon qilish va motivatsiyalashni
talab etadi. Baho mo‘ljal (orientir) bo‘lib, ta’lim oluvchilar unga muvofiq o'zlariga qo‘yiladigan talablar va pedagogning xolisligi haqida fikr yuritadi.
Dostları ilə paylaş: |