Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyоrlash va ularning malakasini


O‘qitish rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə34/144
tarix03.12.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#172028
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   144
41010107 - Tashishni tashkil etish

O‘qitish rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi

Mehnat muhofazasi va havfsizlik texnikasi, Yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi

O‘qitishning tashkiliy shakli

N-nazariy ta’lim;
A-amaliy ta’lim
NA-nazriy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi;
MX-maxsus xonada o‘tkaziladigan mashg‘ulot

Dasturga qo‘yilgan talab

Majburiy

O‘qitish tili

Guruhda belgilangan o‘qitish tili asosida

Baholash tartibi

Baholash bo‘yicha amaldagi tartib bo‘yicha

O‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini baholash

Yozma, og‘zaki, savol-javob,test, mustaqil ish

2. O‘quv dasturi mazmuni





Mavzuning nomi

Mavzunin qisqacha mazmuni

Jami


Oqitishni
tashkiliy shakli

Mustaqil talim

1

Avtotrasport huquqi to‘grisida tushuncha

Transport huquqining mavzusi transport (predmeti) transport vositalaridan foydalanish tufayli paydo bo1ladigan, transport korxonalari va transportning mijozlari o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlardan tashkil topadi.

2

N/A MX

1

2

Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qaroriga asosan 1998-yil 29-avgustda amalga kiritilgan “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni transport huquqining asosiy bosh manbalaridan biri deb hisoblanadi. Mazkur qonunning maqsadi . O‘zbekiston Respublikasi avtomobil transporti faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirishdan iborat deb belgilab qo‘yilgan (1-modda). “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 31ta moddadan iborat. Ushbu qonunnig maqsadi O‘zbekiston Respublikasida shahar yo‘lovchilar transporti faoliyatining huquqiy asoslarini shakillantirishdan iborat bo‘lib, qonun 1997-yil 25-aprelda kuchga kirgan hamda 27-ta moddadan iborat. “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 1999-yil 19-avgustda kuchga kirgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi yo‘l harakati xavfsizligi sohasida yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga solish hamda fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘I va mol-mulkini muhofaza etishni ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini belgilab berishdan iborat.

1

N/A MX

1

3

Avtomobil yo‘llari turlari va yo‘llarda harakatni tashkil etish

O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonunning “Avtomobil yo‘llarini tasniflash” nomli 3- moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llari quyidagicha tasniflanadi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari; shaharlar va boshqa aholi punktlarining kuchalari; xo‘jalik avtomobil yo‘llari.

1

N/A MX

1

4

Yuk tashish shartnomasi.Yuk tasshish shartnomasining taraflari va ishtirokchilari

Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi. Shartnomalarga O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksining 9 bobi “Bitimlar”da nazarda tutilgan ikki va ko‘p taraflaama qoidalar qo‘llaniladi.

2

N/A MX

1

5

Tashiliyotgan yukka zarar yetkazilgandagi javobgarlik zararni qoplash tartibi va miqdori

Tashilayotgan yukka zarar yetkazilgandagi javobgarlik, zararni qoplash tartibi va miqdori O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 1993-yil 3-iyundagi 17-sonli “Mahsulotlar, tovarlar yetkazib berishda kamomad chiqishi bilan bog‘liq nizolarni hal etish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori asosida belgilangan.

2

N/A MX

1

6

Yo‘lovchi tashish shartnomasi tushunchasi.Shahar ichi yo‘nalishlarida yo‘lovchilar va bagaj tashish.

Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4-noyabr 482-sonli qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalari asosida tashkil etiladi.

2

N/A MX

1

7

Shahar atrofi shharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchilar va bagaj tashish

Ahologa xozmat ko‘rsatish xususiyatiga muvofiq shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bir necha ish rejimiga ega bo‘lishi mumkin. Sutka, haftakunlari, oylarning belgilangan davrimobaynida amal qiladigan doimiy yo‘nalishlar

2

N/A MX

1

8

Jismoniy va yuridik shaxslarning buyrtnomalari yoki boshqa tashish shartnomalari bo‘yicha ularga beriladigan avtobuslar va yengil avtomobillarda yo‘lovchilar tashish

Tashuvchi jismoniy va yuridik shaxslarga ularning buyurtnomalari yoki boshqa tashish shartnomalari bo‘yicha avtobuslar va yengil avtomobillar beradi.Avtobuslar va yengil avtomobillar shahar tashqarasiga buyurtnomalar yoki boshqa tashish shartnomalari bo‘yicha tashuvchilarning amaldagi yo‘nalishlar tarmog‘i yo‘nalishi bo‘yicha beradi. Avtomobil transporti to‘g‘ri va aralash usulda yuk tashish jarayonini amalga oshirishda boshqa turdagi transport vositalari-temiryo‘l, havo, daryo va dengiz transportlari bilan uzviy aloqadorlikda faoliyat ko‘rsatadi.

2

N/A MX

1

9

Avtomobil transportida boshqa trasportlarga yukni topshirish yoki qabul qilish tartibi

Yuk yukni qabul qilib oluvchiga Tovar- transport nakladnoyida belgilangan punktda topshiriladi. Yukni qabul qilib oluvchi yukni yuk jo‘natuvchidan qabul qilib olish va belgilangan manzilga yetkazib yetkazib borilgandan so‘ng yukni avtomobildan tushirish majburiyatini oladi.

2

N/A MX

1

10

Korxona va tashkilotlarga transport –ekspeditsiya xizmatli ko‘rsatish. Trasport –ekspeditsiya xizmati ko‘rsatish shartnomasi

Yuk jo‘natuvchining omborxonasidan qabul qilib olib yukni qabul qiluvchining omborxonasiga yetkazib berishda yukni siljitish va siljitishni tashkil etish bilan bog‘liq bajariladigan barcha operatsiyalar majmuasi transport-ekspeditsiya xizmati ko‘rsatish deyiladi. Transport-ekspeditsiya xizmati ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikaning Fuqarolik kodeksining 40-bob “Transport ekspeditsiya “(O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 726-731-moddalar) qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi

2

N/A MX

1

11

Yuk kuzatib borish, yukni avtomobillardan boshqa transport turiga topshirish yoki qabul qilish.

Tashishni amalga oshirish yuk jo‘natuvchidan yukni qabul qilish va yuk qabul qiluvchilarga topshirish bo‘yicha bajariladigan operatsiyalar bilan bog‘liq.

2

N/A MX

1

12

Avtotransport korxonalari va fuqarolarning huquq va majburiyatlari

Avtotransport korxonalari tomonidan ko‘rsatiladigan Transport-ekspeditsiya xizmati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 9-sentabrdagi 348-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport-ekspeditorlik korxonalari to‘g‘risida”gi Nizom hamda Transport-ekspeditorlik xizmatlari ko‘rsatish tartibi” va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

2

N/A MX

1

13

Trasport –ekspeditsiya xizmatining Avtotransport korxonalari bilan munosabati

Respublikamizda hozirgi kunda avtomobil transporti bilan temir yo‘l transportida juda katta miqdorda yuk tashiladi. Bu bilan bog‘liq bo‘lgan yordamchi transport operatsiyalarining asosiy qismini ko‘p hollarda yuk oluvchilar yoki yuk yuboruvchilar bajaradi. Axborot ishlari, hujjatlarni rasmiylashtirish, yuk tashishni rejalashtirish, yuklarni komplektlash, hisoblashlar va boshqa yordamchi operatsiyalar ham ko‘pincha markazlashtirilgan tartibda bajarilmaydi. Bunda yuk tashishning yagona transport jarayoni 2-3 mustaqil qismga bo‘linib ketadi.

2

N/A MX

1

14

Avtobus mashrutlarini tashkil qilishning huquqiy asoslari.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482 son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida avtobuslarda yo‘lovchilarni tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablar” avtobuslarda yo‘lovchilarni tashishda harakatlanish xavfsizligini ta’minlasAvtobus yo‘nalishlari o‘tadigan avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, sun‘iy inshootlar, temir yo‘aldab o‘tish joylari, parom orqali o‘tish joylarining texnik holati, ularning muhandislik jihozlanishi qurilish normalari va qoidalari, avtomobil yo‘llarini tuzatish va saqlashning texnik qoidalari, boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan harakat xavfsizligi talablarini qanoatlantirishi kerak.

2

N/A MX

1

15

Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash

Avtomobil transportida yo‘lovchi va yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14-iyuldagi 138-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda,shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risadagi ” Nizom asosida amalga oshiriladi.

2

N/A MX

1

16

Xalqaro tashishning o‘ziga xos xususiyatlari. Avtomobil tranaportida xalqaro tashish bo‘yisha bitimlar.

Xalqaro yuklarni avtomobillarda tashish yuk tashishga qiziqishi bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasida tuziladigan tegishli shartnomalar asosida amalga oshiriladi.Shartnomada yo‘l harakati qoidalarini, yo‘l belgilari va signallarining bir xil bo‘lishi, davlat chegaralarini kesib o‘tish va xorijiy davlat hududi bo‘ylab yuk tashishga ruxsatnoma borligi, bojxona va soliq to‘lashdagi muammolarni bartaraf etilishi, xorijiy transport vositasiga texnika xizmati ko‘rsatish bo‘yicha yordam berish tartibi va boshqalar yoritilgan bo‘ladi.

2

N/A MX

1

17

Avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan avtotransport vositalarini raqamli nazorat qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 22-dekabrdagi 340-sonli “Avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan avtotransport vositalariga raqamli nazorat qurilmalarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan “Avtomobilda xalqaro tashishda mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalanadigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari to‘g‘risida”gi Nizom ishlab chiqildi.

2

N/A MX

1

18

Zarar yetkazilganda kelib chiqadigan majburiyatlarning umumiy asoslari.

Zarar deganda huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan harajatlari, uning mol-mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishi, shuningdek, bu shaxs o‘z huquqlarini buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlari tushuniladi. Avtotransport korxonasining o‘z xodimlari tomonidan yetkazilgan zarari uchun javobgarligi “O‘zbekiston Respublikasining Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida “ gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida“ gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida javobgarlikka tortiladi

2

N/A MX

1

19

D’avo tushunchasi va da’vo bildirish tartibi.

Da’vo-huquqni tiklash yoki bekor qilish haqida sud tartibida ko‘riladigan talab.Da’vo sudga kiritilgach, jarayon ishtirokchilari vujudga keladi. Bu talab qiluvchi- da’vogar, da’voni bajaruvchi –javobgar hisoblanadi.

2

N/A MX

1

20

Avtotransport korxonalaridan shikoyat qilish tartibi. Xo‘jalik sudlarida nizolarni ko‘rib chiqish tartibi

Ariza berilayotgan Xo‘jalik sudining nomi;Kreditlarning, qarzdorning nomi va ularning manzili; Kreditorning qonun hujjatlariga asoslangan talabi;Talabga asos bo‘lgan holatlar va ularni tasdiqlovchi dalillar. Ariza Xo‘jalik sudiga yozma shaklda sudlovga tegishlikning umumiy qoidalari bo‘yicha beriladi. U kreditor yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan izmozalanadigan arizaga ishonchnoma ilova qilinadi.

2

N/A MX

1

21

Davlat boji

Davlat boji-davlatning maxsus vakolatli idoralari tomonidan fuqarolar ,korxonalar, tashkilot va muassasalar manfaatlari yo‘lida xizmat ko‘rsatganlik hamda yuridik ahamiyatga molik hujjatlar berganlik uchun undiriladigan pul yig‘imlari.

2

N/A MX

1




Jami.





Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin